L.minor dunyo bo‘ylab tarqalishi. L.minor turli xil geografik regionlar tropik o‘rmonlardan tortib o‘ta issiq o‘lkalar, toza suvdan to balchiq suvlarigacha, keng tarqalgan (1-rasm) (Hillman va Culley, 1978). U Osiyo, Afrika, Evropa va SHimoliy Amerikaga xos bo‘lib lekin Avstraliya va Janubiy Amerikada uni uchratsaa boladi(Appenroth 2015). Qushlar ryaskaning yangi erlarga tarqalishida muxum ro‘l o‘ynaydi. Ryaskalarning yopishqoq ildizlari suv qushlarining shilimshiq eri va oyoqlariga yopishishni taminlaydi. Bu esa o‘z navbatida turli xil suv eko sistemalariga tarqalishi uchun yordam beradi (Mbagwu va Adeniji,1988).
L.minor ning iqtisodiy ahamiyati. Baqatonlarning sporadik o‘sishi bir necha iqtisodiy oqibatlar bilan birga suv resurslariga sezilarli zarar etkazadi. Suv yuzasida o‘simlik tomonidan yaratilgan zich va keng qatlam suv kanalarini to‘sadi va suv oqimi, kemachilik, qayiqchilik, suzish va baliqchilik kabi faoliyatlarni imkonsiz qilib qo‘yadi. SHu bilan bira bu irigatsiya, toshqin kanallari, truba gidro elektrik turbinalariga (Sculthorpe 1967, Bruner 1982, Sharma 1984, Dray 2002) ta’sir ko‘rsatadi va guruch dalalarini buzadi(Holm 1977, Waterhouse 1993). Ryaskaning qalin qatlami suv ostida qolgan raqobatchi hisoblangan suv o‘tlarini quyosh nuridan to‘sadi va shu orqali nobud qiladi(Sculthorpe 1967, Sharma 1984).
1-rasm. L.minor tarqalishining geografik xaritasi (Landolt 1986)
Ilmiy rahbar b.f.d., profXo‘jamshukurov N.A.
Magistr Yulchiyeva M.A.lahatchi:
O‘zR FA Mikrobiologiya instituti
YO‘LCHIEVA MA’MURA ANVARJON QIZI
BALIQCHILIK OZUQA BAZASINI BOYITISHDA LEMNA MINOR L. MAKROSUVO‘TIDAN FOYDALANISH MAVZUSIDAGI DISSERTATSIYA ISHINING 2020-yil yanvar oyi uchun hisoboti
1.2. RYASKA ASOSIDA DUNYO HAMJAMIYATIDA O‘ZLASHTIRILGAN TEXNOLOGIYALAR.
Lemna minor (L.minor) biomassasi asosida mineral ozuqa qo‘shimchalari texnologiyasini ishlab chiqish ko‘p elementli analizning qo‘llanilishi. So‘nggi vaqtlarda chorva mollarining tabiiy ozuqalariga mikroelementlarni kiritish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mikroelementlar mineral ozuqa qo‘shimchalari shaklida, eng ko‘p anorganik tuzlar shaklida beriladi. Biroq, bu shakl hayvonlarga past biomahsullik bilan tavsiflanadi va shuning uchun mikroelementlar tranzit xarakterga ega. Bundan tashqari, hayvonlar tomonidan is’temol qilinadigan noorganik tuzlar ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
SHuning uchun minerallarni salbiy ta’sirga ega bo‘lmagan va hayvonlarga asosan biomahsullik bilan ta’minlaydigan bunday mineral ozuqa qo‘shimchalarini ishlab chiqish kerak. Bunga minerallar tabiiy shaklga o‘xshash shaklda etkazib berilganda erishish mumkin. Agar bu mahsulotlar ozuqaviy qiymatga ega bo‘lsa, foydali bo‘ladi. YAqinda aminokislotalar chorvachilik hayvonlarida kunlik ozuqa sifatida qo‘llanildi. Biomahsullik va zaharlilik muammosi juda kamaydi, ammo bu mahsulotlar hali ham qimmat (narx noorganik tuzlardan 10 marta yuqori). YUqori narx muammosini mikroelementlarni mavjud biomassa bilan bog‘lash bilan bartaraf qilinishi mumkin, misol uchun suv o‘tlari (M.J. Apines-Amar va boshqalar 2004).
Ma’lumki, turli xil biomateriallar metallga bog‘lanish xususiyatlariga ega. Bu mavzu adabiyotlarda keng muhokama qilingan (A. Kapoor 1995, F. Veglio 1997, H. Bag 2000, U.R. Malik 2005). Biroq, bu imkoniyatlar biomassa asosan og‘ir metall ionlarini eritmalardan olib tashlash uchun ishlatiladigan sanoat chiqindi suvlarini tozalash jarayonlarida qo‘llaniladi. Bioajratish usullarda ikkita o‘ziga xos jarayonni ajratish mumkin: biosorbsiya (tirik bo‘lmagan biomassa tomonidan amalga oshiriladigan jarayon) va bioakumulyasiya (tirik hujayralar tomonidan amalga oshiriladigan jarayon). Bir xil jarayonlar, turli jarayon sharoitida metallarni bog‘lash uchun ishlatilishi mumkin. Maqsad kationlarni olib tashlash emas, balki ularni biologik materialga kiritish hisoblanadi. SHuning uchun, bioajratish jarayonlardan maqsad, past muvozanat metall ionlari konsentratsiyasiga erishish va "biobog‘lash" jarayonlaridan maqsad, yuqori muvozanat metallga bog‘lanish qobiliyatiga erishish bo‘ladi (2-rasm).
CHorva hayvolarini oziqlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mikroelementlar dunyoning deyarli ko‘p joylarida mavjud bo‘lgan chuchuk suvda suzuvchi suv o‘ti L.minor (ryaska) biomassasiga bog‘lash mumkin (R.A. Wahaab 1995). L.minor sovuq bardoshli hisoblanadi, u tez o‘sadi va hosil olish oson. O‘simlikdan foydali ozuqa sifatida foydalaniladi (S. Korner 1998). CHunki L.minor bu juda ifloslangan muhitda o‘sishi mumkin bo‘lgan organizm bo‘lib, u chiqindi suvlarni tozalash jarayonlarida, shahar chiqindilaridan oziq moddalarni olib tashlash uchun qo‘llanilgan (O. Hammouda 1995, N. Ran 2004, M. Nelson 1999, P. van der Steen 1998) yoki sanoat chiqindilaridan og‘ir metallarni bog‘lash uchun, chunki u eritmalardan metall ionlarini to‘plash qobiliyatiga ega, bir necha barobar (1000-100,000 marta) (G.N.H. Rahmani 1999, M. Kruatrachue 2002, L. Drinovec 2004, Y. Kara 2004, N.R. Axtell 2003).
Do'stlaringiz bilan baham: |