O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

Masalan:  kompyuterning  boshlang‘ich  qiymati  1100000  so‘m,  uning 
foydalanish  muddati  oxiridagi  qoldiq  (tugatish)  qiymati  100000  so‘m,  xizmat 
muddati 5 yil, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bo‘yicha yillik amortizatsiya 
meyori  amortizatsiyalanadigan  qiymatdan  20  %ni  yoki  200000  so‘m  ((1100000-
100000)/5=200000 so‘m)ni tashkil etadi. 
Hisobot  yili  davomida,  qo‘llanilayotgan  amortizatsiya  hisoblashning  usulidan 
qatiy  nazar  (ishlab  chiqarish  usuli  bundan  mustasno),  asosiy  vositalar  obyektlari 
bo‘yicha  amortizatsiya  ajratmasi  har  oyda,  yillik  summaning  1/12  miqdorida 
hisoblanib boriladi. 
Mavsumiy  xarakterli  ishlab  chiqarishga  ega  korxonalarda  foydalanilayotgan 
asosiy  vositalar  bo‘yicha  yillik  amortizatsiya  ajratmalari  summasi  bir  tekisda, 
korxona  tomonidan  hisobot  yilida  asosiy  vositalardan  foydalanish  mobaynida, 
hisoblab boriladi. 
Asosiy  vositalarning  turli  guruhlariga  nisbatan  amortizatsiyani  hisoblashning 
turli  usullarining  qo‘llanilishiga  yo‘l  qo‘yilali.  Bunda,  asosiy  vositalarning  bir 
toifadagi obyektlari faqatgina bir usul qo‘llaniladi. 
Foydalanilayotgan  amortizatsiya  hisoblash  usuli  majburiy  tartibda  korxonaning 
hisob  siyosatila  aks  ettirilishi  kerak.  Kalendar  yil  davomida  hisob  siyosatini 
o‘zgartirish mumkin emas. Хo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini quyidagi 
hollarda  o‘zgartirishga  yo‘l  qo‘yiladi:  subekt  qayta  tashkil  etilganda;  mulk  egalari 
almashganda; 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
qonunlarida 
yoki 
O‘zbekiston 
Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me‘yoriy tizimda o‘zgarishlar 
bo‘lganda; buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda. 
Agar  asosiy  vositalardan  foydalanishdan  kutilayotgan  iqtisodiy  manfaatlarda 
muhim  o‘zgarish  sodir  bo‘lsa,  u  holda  amortizatsiya  hisoblash  usuli  o‘zgarayotgan 
tendeniiyani to‘la aks ettira oladigan tartibda o‘zgartirilishi mumkin, qachonki kelib 
chiqqan bunday holat amortizatsiya usulining o‘zgarishini oqlasa. 
Bunday  o‘zgartirish  albatta  hisob  siyosatida  aks  ettirilishi  kerak.  Bunda, 
moliyaviy  hisobotning  tushuntirish  xatida  ushbu  o‘zgarishning  sabablarini  va 
ularning iqtisoliy samarasini ochib berish zarur bo‘ladi. 
Foydali  xizmat  muddati  korxona  tomonidan  aktivning  foydalanilishi 
kutalayotgan  vaqt  davri  yoki  korxona  tomonidan  ushbu  aktivni  ishlatishdan 
kutilayotgan  mahsulot  (ish  va  xizmatlar)  miqdori.  Asosiy  vositalarning  foydali 
xizmat  muddati,  korxona  tomonidan  asosiy  vositalarning  holatini  yaxshilash 
maqsadida  va  shuningdek  foydali  xizmat  muddatini  oshirilishiga  yoki  texnologik 
o‘zgartirishlar  hisobiga  ushbu  muddatni  qisqartirilishiga  olib  keladigan  amalga 
oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Тugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muldati oxirida asosiy vositalarni 
tugatishda  olinadigan  aktivlarning  taxminiy  baholangan  summasidan  asosiy 


 
102 
vositaning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ayirib tashlash natijasidagi 
qiymatdir. 
Asosiy  vositalarning  amortizatsiyalanidigan  qiymatini  hisoblashda  tugatish 
qiymati  muhim  tarkibiy  qism  hisoblanadi.  Тugatish  qiymatining  miqdori  jiddiy 
summani  tashkil  etmaydigan  bo‘lsa,  bunday  holatda,  amortizatsiyalanadigan 
qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin. 
Agar  tugatish  qiymati  muhim  summani  tashkil  etsa,  bunday  holda,  u  asosiy 
vositalar  sotib  olingan  sanada  yoki  qayta  baholangan  sanada  belgilanishi  shart. 
Тugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat  muddati oxirida tugatish bilan bog‘liq 
kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak. 
 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish