O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-BOB.  ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

5
-BOB.  ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI 
5.1. Asosiy vositalar to’g’risida tushuncha 
 
5-son  BHMSga  muvofiq, asosiy  vositalar  korxonalar  mahsulot  ishlab  chiqarish 
jarayonida  foydalanish,  ishlarni  bajarish  yoki  xizmat  ko‘rsatish  maqsadida  yoxud 
xo‘jalik  faoliyati  olib  borishda  uzoq  vaqt  davomida  ma‘muriy  va  ijtimoiy-madaniy 
vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir. 
Asosiy  vositalar  ba‘zan  korxona  barcha  aktivlarining  asosiy  qismini  tashkil 
etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko‘rsatish uchun 
katta ahamiyatga ega. 
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar: 
a)  korxonada  kelgusida  aktiv  bilan  bog‘liq  iqtisodiy  foyda  tushishiga  ishonch 
bo‘lsa; 
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi. 
Korxona  asosiy  vositalar  obekti  etirof  etishning  birinchi  shartiga  mos  kelishini 
belgilashda  dastlabki  etirof  etish  paytigacha  mavjud  dalillar  asosida  kelgusida 
iqtisodiy  foyda  olish  ehtimoli  darajasini  baholashi  kerak.  Bu  korxona  kelgusida 
olingan  aktivga  ega  bo‘lish,  foydalanish  va  boshqarish  bilan  bog‘liq  barcha  haqlar 
unga  tegishli  bulishiga  ishonch  hosil  qilishi  va  mazkur  obyektga  ega  bo‘lish  bilan 
bog‘liq barcha tavakkallikni o‘z zimmasiga olishni bildirali. Ushbu iqtisodiy foydani 
olishning  yetarlicha yuqori  ehtimoli korxonaning  aktiv  bilan bog‘liq iqtisodiy  foyda 
ko‘rishi va o‘z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo‘yicha aniqlikni taqazo 
etadi.  Bunday  aniqlik  odatda  iqtisodiy  foyda  va  tavakkalchilik  butunlay  korxonaga 
o‘tgandagina  mavjud  bo‘ladi.  Ungacha  aktivni  sotib  olish  operatsiyasi  odatda 
muayyan  yo‘qotishlarsiz  bekor  qilinishi  mumkin,  shuning  uchun  aktiv  etirof 
etilmaydi.  Asosiy  vositalarni  etirof  egishning  ikkinchi  sharti,  odatda,  buxgalteriya 
hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan 
almashtirish  opera  iiyasi  natijasida  uning  qiymati  aniqlanadi.  Shu  bilan  birga,  agar 
aktiv xo‘jalik subyektining o‘z kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli 
baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani 
barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin. 
5-BHMSning  4-bandida  quyidagi  mezonlarga  javob  beruvchi  moddiy  akgivlar 
asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan: 
a) bir yildan ko‘proq xizmat muddati; 
b) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari 
miqdoridan ko‘proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun. 
Korxona  rahbari  hisobot  yilida  asosiy  vositalar  tarkibidagi  jihozlarning  hisobi 
uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega. 
Asosiy  vositalar  tarkibidagi  jihozlarning  hisobi  uchun  ular  qiymatining  kam 
miqdorini  belgilashda  xo‘jalik  subyekti  rahbari  sohaning  xususiyatlariga,  korxona 
ko‘lami hamda korxonaning xo‘jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi mumkin. 
Shu  5-BHMSda xizmat  muldash va  qiymatidan  qat‘iy  nazar quyidagilar  asosiy 
vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilgan: a) maxsus asbob va qurilmalar; b) 
maxsus  va  sanitar  kiyim,  maxsus  poyabzal;  va  yotar  joy  buyumlari;  I)  kanselariya 
buyumlari;  d)  oshxona  anjomlari,  shuningdek,  oshxona  sochiq-dasturxonlari;) 


 
91 
qurilish  bo‘yicha  sarflar  qurishmontaj  ishlari  qiymatiga  kiritiladigan  vaqtinchalik 
moslama  va  qurilmalar;  j)  foydalanish  muddati  bir  yildan  kam  bo‘lgan 
almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari. 
Shuni  qayd  etish  kerakki,  bozor  iqtisodi  sharoitidagi  buxgalteriya  hisobida 
markazlashgan  rejali  iqtisodiyot  shartsharoitidan  farqli  o‘laroq,  asosiy  vositalarning 
yangi obektlari paydo bo‘ladi va hisobga olinadi. Ularga qono‘n hujjatlariga muvofiq 
korxonaga mulk sifatida beriladigan yer uchastkasi ham kiradi. 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  BHMSning  5-bandiga  muvofiq  asosiy  vositalarning 
yagona  buxgalteriya  hisobi  inventar  obektdir.  Malum  mustaqil  vazifalarni  bajarish 
uchun  mo‘ljallangan  barcha  moslamalar  va  ashyolar  yoki  alohida  konstro‘ktiv 
jihozlangan o‘sko‘nalari bo‘lgan obyekt inventar obyekti, deb e‘tirof etiladi. Masalan, 
ishlab  chiqarish  binosini  ishga  tushirishda  unga,  odatda,  yong‘indan  saqlash, 
ventilyatsion  va  isitish  tizimlari  biriktiriladi.  Buxgalter  hisobida  bunday  qurilmalar 
bino  bilan  birga  bir  inventar  obyekt  sifatida  qaraladi.  Ammo  asosiy  binoga 
biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat  pechlari, odatda, 
alohida inventar obektlar  sifatida  qaraladi. Malum  ishni bajarishga  mo‘ljallangan va 
o‘zida  bir  butunlikni  ifodalovchi  konstruktiv  birikkan  predmetlarning  alohida 
kompleksi  ham  o‘z  navbatida invetar obekti bo‘lishi  mumkin.  Konstruktiv birikkan 
predmetlar kompleksi deganda kompleksga kiruvchi har bir predmet  mustaqil emas, 
balki faqat o‘z vazifasini kompleks tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va 
xususiyatga  ega  bo‘lgan  bitta  yoki  turli  vazifaga  ega  bo‘lgan  bitta  yoki  bir  necha 
predmet tushuniladi. Biroq bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir 
nechta  mustaqil  obekti  bo‘lsa,  har  bir  bunday  obekt  buxgalteriya  hisobida  alohida 
mustaqil inventar obekti sifatida e‘tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan -misolga qaytsak
faraz  qilaylik,  foydali  xizmat  muddati  40  yilga  m  o‘ljallangan  ishlab  chiqarish 
binosiga ega bo‘lgan korxonada foydali xizmat muddati yetkazib beruvchi tomonidan 
kafolatlangan  va  25  yilni  tashkil  etadigan  zamonaviy  yong‘indan  saqlash  tizimi 
montaj  qilindi.  Mazkur  holatda  binoning  yong‘indan  saqlash  tizimi  asosiy 
vositalarning alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinishi kerak. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish