O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,89 Mb.
bet18/21
Sana07.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#753998
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
KURS ISHIGA NAMUNA 5

Darslar tizimi deyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rejali taqsimlangan, darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bog’langan, dars turlari va unda o’qituvchi bilan o’quvchilar foydalanadigan asosiy metodik vositalar xilma-xil bo’lgan izchillik nazarda tutiladi30.Savod o’rgatish davridagi darslarda ham interfaol usullar qo’llaniladigan darslardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
_________________________________
29Safarova R., G`ulomov M., Inoyatova M. Savod o`rgatish darslari.- Toshkent, “Tafakkur”, 2012.
30Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.


Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining xususiyatlari
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatishni tashkil etishda o’qituvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi.Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi mumkin. Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinflarda olib boriladigan matematika, tabiatshunoslik va ba’zan o’qish darslari bilan birga olib borish maqsadga muvofiqdir. Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi, chunki o’qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. SHuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun “Alifbe”ga qo’shimcha, ishni jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega.Mustaqil ish savod o’rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarlik qilishini talab etadi: o’qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tekshiradi31. Boshqa sinflar bilan ishlash jarayonida ham u 1-sinf o’quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini kuzatib boradi.Savod o’rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predmetlar shaklini chizish, bir xil oraliqni mo’ljallab nuqtalar qo’yish, yotiq to’g’ri chiziqlar chizish, ayrim harflar elementlarini yozish, rasmga qarab savollarga javob berishga tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin32.
_______________________________
31Safarova R., G`ulomov M., Inoyatova M. Savod o`rgatish darslari.- Toshkent, “Tafakkur”, 2012.
32Internet ma’lumotlari: www. savod o’rgatish.uz

Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o’qish, qayta hikoya qilishga tayyorlanish, berilgan bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish, gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, tushirib qoldirilgan harf yoki so’zni o’rniga qo’yib yozish, berilgan predmetlarni ma’lum belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu jarayonda texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida tarqatma materialda berilgan so’zni o’qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so’zni bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi. Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi. Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni mohirlik bilan uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko’rgazmali vositalardan unumli foydalanish yo’li bilan oz komplektli sinf o’quvchilarining bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin.


Bob bo’yicha xulosa
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgust oyida, hatto undan oldin bahordan boshlanadi. Bunda 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi. O’qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o’quvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o’quv materiali “Alifbe” hisoblanadi, unga qo’shimcha tarzda tarqatma materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin.
_________________________________
331-2-sinf Husnixat darsligi.-Toshket, 2000yil.
34 3-4-sinf Husnixat darsligi.-Toshket, 1997yil

Analitik- sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi 5:


a) alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);
b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bo’lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi o’rin tutadi. O’quvchi so’zni analiz qilish bilan uni leksik ma’noga ega bo’lgan bir butunlik sifatida anglaydi, bu sintezdir; so’z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir. Yozuv darslarida ham o’quvchilar nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’quvchilar gap yoki hikoyani og’zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin ammo yozish uchun o’rganilmagan harf bo’lmagan so’zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o’qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim. Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o’tkazib, asta-sekin yorlaydi, o’z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o’rgamurakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o’quvchilarni insho va bayon yozishga taytadi.Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o’quvchilarning yozma nutqini og’zaki nutqi bilan bog’liq holda o’stirishni ta’minlaydi35
__________________________________
35G`ulomov M. Husnixat (2-sinf uchun – usuliy qo`llanma) –Tosh: “O’qituvchi”.1997 y


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish