4.5. Ishlab chiqarish sexlarini shamollatish.
Chang tozalagichlar va filtrlarning asosiy turlari:
Havoni changdan tozalaydigan uskunalar chang tutgichlar va filtrlar deb ataladi.
Temir yo’l, paxta tozalash va engil sanoat korxonalarida turli xil changdan tozalovchilar; quruq usul, ho‘l usul, moyli va elektr usullar qo‘llaniladi.
Havoni quruq usulda tozalashda: chang o‘tiradigan kameralar, siklonlar, turli matoli va rulon filtrlardan foydalaniladi.
Chang o‘tiradigan kameralar. Bular eng sodda tuzilishdagi chang o‘tirgichlardir. Ularning ishlashi chang zarrachalarining o‘z og‘irligi ta’sirida o‘tirishga asoslangan.
4.10-rasmda. Chang o‘tiradigan xona ko‘rsatilgan
Kamerada havo tozalangandan so‘ng hajm, havoda 30-40% chang miqdori qoladi. Bu dastlabki va dag‘al tozalash bo‘lib, tozalangan havo orqali chang , mayda paxta tolalari ham tashqariga chirarib yuboriladi. SHu sababli chang o‘tiradigan kameralarda to‘r va mato filtrlar ko‘rinishdagi ikkinchi bosqich tozalagichlar o‘rnatiladi, ular havoni qo‘shimcha ravishda tozalaydi.
Siklonlar- markazdan qochma kuchlar ta’sirida ishlaydigan chang ajratgichlarga kiradi. CHangli havo siklon ichida aylanma harakatda bo‘ladi. Eng samaradorli siklonlar bu konusli siklonlardir [6]
4.11-rasm.
Konusli siklon quyidagilardan tuzilgan: 1-silindrik qismi, 3- changli havoni kirish yo‘li, 4- siklonnning konusli qismi, 2- toza havo chiqib ketadigan ichki silindr, 5- changning o‘tiradigan joyi.
4.12-rasm. Markazdan qochma kuch.
Chang bo‘lakchasi A, siklonga changli havo 3-yo‘l orqali kirib havo oqimi ta’sirida V-siklon tezlikda ma’lum kuch orqali harakatda bo‘ladi va unga markazdan qochma kuch –S ta’sir qiladi. bu ikki kuchning yig‘indisi-P kuchi chang bo‘lakchasini siklonning ichki devoriga siqadi va u K nuqtaga borganda havo oqimining tezligi tezda kamayadi va chang bo‘lakchasi spiral holatda harakat qilib, chang yig‘iladigan joyga boradi. Havo oqimi pastki qismidan ichki silindr orqali atmosferaga chiqib ketadi. (17-rasm).
S= ,(4.6)
Bunda: m- chang bo‘lakchasining massasi,
V- havoning tezligi,
r- siklonning radiusi,
Siklonnning asosiy o‘lchamlari quyidagicha topiladi (4.4-rasm).
D= 13,8 Q (4.7)
Q siklonning ish unumdorligi siklonning m3/soat;
Siklon UC-1,5-samaradorligi 96%, aerodinamik qarshiligi 110 kg/m2/1100 Pa/, ish unumdorligi Q=1,5 m3/sek.
Siklon UVC-3-samaradorligi =88 %, aerodinamik qarshiligi 67 kg/m2/670 Pa/, Q=3 m3/sek.
Siklonlarning ish samaradorligi yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan changning konsentratsiyasiga (normaga) to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun siklonlar 1 bosqichli chang ushlagichlarga ishlatiladi. Ish samaradorligini oshirish uchun ikki bosqichli chang ushlagichlar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |