O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Davlat Agrar universiteti Nukus filiali “ Agrobiologiya” fakulteti” «Agrokimyo o’simliklarni himoya qilish va karantin»



Download 158,89 Kb.
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi158,89 Kb.
#746816
1   2   3
Bog'liq
TEMUR KURS ISHI

Parazitiform (Parasitiformes) turkumiga mansub o'rgimchaksimonlar turli xiI o'lchamdagi (0,2-7 mm) kanalar bo'lib, ikkala tomonida ikki juftdan nafas olish teshikchalari, to'rt juft oyog'i mavjud bo'lib, og'iz apparati kalta naychasimon sanchuvchi-so'ruvchi tipdadir. O'rgimchaksimon yirtqichlaming oilalaridan biri fitoseyidlardir. Fitoseyidlar (Phytoseiidae) oi/asi. Ular uncha yirik bo'lmagan (0,25-0,6 mm) o'lchamdagi, ovalsimon, rangsiz yoki sariq tusli yirtqichlardir. Tanasining yelka qismi bitta yirik qalqon bilan qoplangan Fitoseyidlar biotsenozda eng ko'p tarqalgan kanalar bo'lib, o'rgimchakkana uchragan barcha statsiyalarda ko'payadigan va turli xildagi tetranix kanalar bilan oziqlanadigan fakultativ yirtqichlar hisoblanadi. Tabiatda tarqalgan fitoseyidlaming kanaxo'r hasharotlardan farqi shundaki, ular o'simlik o'sadigan va oddiy o'rgimchakkana, qizil meva kanasi va boshqa turdagi o'rgimchakkanalar ko'payadigan davrdagina rivojlanmasdan. balki qishda g'o'za va boshqa ekinlar vegetatsiyasidan keyin to'kilgan barglarda rivojlanadigan zamburug'lar sporalari. o'simlik gullari changi va bitlari bilan ham oziqlanadi, shuning uchun ham fitoseyidlami hammaxo'r yirtqich deyish mumkin. O'simlik gulining changi bilan oziqlanadigan fitoseyid turi noqulay sharoitda nafaqat yashay oladi, balki bu sharoitda ko'payish xususiyatiga ham ega, bularga Amblyseius avlodining bir qancha vakillarini misol tariqasida ko'rsatib o'tish kifoya: Amblyseius swirskii. A. subsolidus, A. reductus, A. finlandicus, A. andersoni va h. Fitoseyidlar o'rgimchakkanadan tashqari mayda turdagi hasharotlar bilan ham oziqlanadi
Fitoseyidlaming ayrim turlari o'simlik bitlarini so'rib oziqlanadigan kanalardan tashqari mayda hasharotlar va ularning tuxumlari bilan ham oziqlanadi. Bularga Amblyseius mckenziei, A. cucumeris va boshqalar kiradi (17-rasm). Bu kanalar tamaki tripsi Iichinkasi va ayrim oqqanotlar tuxumlari bilan oziqlanib hayot kechirishi mumkin. O'zbekiston sharoitida quyidagi turlar biologik kurashda amaliy ahamiyatga ega bo'lib, ulami g'o'za ekiniga mavsumiy tarqatish mumkin. Phytoseiu/us corniger kanasi tut daraxtida, olma, qayrag'och, tokda, g'o'za dalalari uvatlaridagi 'o'tsimon o'simliklarda uchraydi. Qalin bargli o'simliklarni afzal ko'radi. Bu yirtqich hayoti davomida barcha fazaJardagi o'rgimchakkanalarning 200 tadan ortiqrog'ini yo'qotadi. Harorat 2SoC gacha ko'tarilganda va ayni vaqtda namlik 50% gacha pasayganda xo'raligi yana ham oshadiYirtqichning ko'payish xususiyati o'rgimchakkanadan farqli o'laroq tor gidrotermal sharoitlarda - 17-20 o C harorat va 60-80% havo nisbiy namligida - ko'paya olishidir. Olmada yirtqichning tuxumlari dastlab mart oxiri-aprel boshlarida paydo bo'ladi. O'rtacha sutkalik harorat 8,50C gacha pasayganda va yorug'lik 10 soatgacha kamayganda firtqich kanalar qishlovga kiradi. Urug'langan urg'ochilar xazon hamda :Jaraxt po'stloqlari ostida qishlab chiqadi. Toshkent viloyatida yirtqich kana 12-17 avlod berib ko'payadi. I.Yu.Sizova (1 983) aniqlashich;'l, yirtqich:o'lja (o'rgimchakkana) nisbati I: IO bo'lganda Ph. corniger zararkunanda miqdorini zararsiz darajada ushlab turadi. Akariform (Acariformes) tar turkumi ikkita - qizil tanlilar (Trombidiformes) va sarkoptoidlar (Sarcoptiformes) - kenja turkumlariga bo'linadi. Qizil tanlilar kenja turkumi tarkibiga 50 dan ortiq oilaga mansub yirtqich kanalar kiradi. Sarkoptoidlar (Sarcoptiformes) kenja turkumiga mansub bo'lgan yirtqich kanalaming qizil tanlilardan farqi, ularda nafas olish a'zolari yaxshi taraqqiy etgan, qizil tanlilarda esa nafas olish a'zolari yax.shi taraqqiy topmagan. Bu turdagi yirtqich kanalar vakillariga gemisarkoptid va kanestmiid oilasiga mansub bo'lgan kanaxo'r yirtqichlar kiradi. Qizil tanlilar (frombidiidae) oilasi. Yirik va o'rta o'1chamdagi (1,5-4 mm) kanalar bo'lib, odatda qizil rangli, tanasi keng oval shaklli, parsimon yoki shoxlangan, tukchalar bilan qoplangan. Bu unga baxmalsimon tus beradi. Stigmalari xelitseraning asosida joylashgan. Ayrim turlari umurtqalilar qoni bilan oziqlanadi, boshqalari esa bo'g'imoyoqlilar hisobiga yashaydi. Ular orasida ko'pincha lichinkalari hasharotlarda parazitlik qiluvchi, voyaga yetganlari esa hasharotlar tuxum va lichinkalari bilan oziqlanadiganlari mavjud. Jumladan, Eutrombium trigonum chigirtkalaming tabiiy kushandasi hisoblanadi va hokazo. Anistidlar (Anys/idae) oilasi. Vakillari o'rtacha o'lchamli (0,5-1,3 mm), qizil, sariq, gunafsha tusli. Oila vakillari orasida kanalar va hasharotlaming yirtqichlari uchraydi.


Keng tarqalgan tur sifatida reza meva anistisi (Anystis baccarum) ni ko'rsatish mumkin. Laboratoriya sharoitida bu yirtqich, qizil meva, oddiy o'rgimchakkana, qo'ng'ir meva V8 boshqa bir qancha kana va hasharotlaming turli .iivojlanish stadiyalari bilan · oziqlanjshi qayd qilingan. Buyuk Britaniya va K/lnadada olingan ma'lumotlarga ko'ra A. agilis tUfi ham tur'i kanalar,o'simlik bitlari, mayda qurtlar, arrakashlarning kichik yoshdagi soxta qurtlari bilan oziqlanadi. Xeyletidlar (Cheyletidae; oilasi. Mayda va o'rta o'lchamli (0,2-1 ,6 mm), oval, kamdan kam cho'zinchoq shaklda, sarg'ish yoki qizg'ish rangli kanl\!ardir. Ko'pchilik turlarida jinsiy polimorfizm yaxshi rivojlangan. Xeyletidlar oilasiga mansub bo'lgan yirtqich kanalar asosan zararli kanalar va mayda hasharotlar bilan oziqlanadi, ko'p hollarda un kanasida yirtqichlik qiladi. Ayniqsa, keng tarqalgan yirtqich kana Cheyletus eruditus ma' lum sharoitlarda don saqlanadigan binolarda ombor kanalari sonini tartibga solib turadi. Hindistonda Acaropsis docta kanasi don zaxirasi zararkunanda hasharotlarining tuxumlari bilan oziqlanadi. U ayniqsa, kapr qo'ng'izi tuxumini xush ko'radi. Bitta urg'ochi 10 kun davomida o'rtacha 19,2, erkagi esa 10,2 dona tuxum bilan bilan oziqlanadi (Kepel, Benot, 1973). Stigmeidlar (Stigmaeidae) oilasiga mansub bo'lgan yirtqich kanalaming o'lchami 0,3-0,6 mm, tanasining shakli oval yoki uzunchoq oval, rangi sariq yoki qizg'ishroq. Ular o'rgimchakkanalar va mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Stigmeidlar oilasiga mansub bo'lgan Agislemus herbarius turini 1980-1983-yillarda l.Yu.Sizova (1983) O'zbekiston sharoitida g'o'zaga zaharli kimyoviy preparatlar qo'llanilmagan dalalarda tarqatgan. Bu yirtqich g'o'zada may oxirida uchraydi. Uning miqdori va samarali faoliyati g'o'zani insektoakaritsidlar bilan dorilashning intensivligiga bog'liqdir. Agistemus asosan o'rgimchakkana tuxumlari bilan oziqlanadi. Bitta yirtqich hayoti davomida 33 tagacha zararkunanda tuxumini va 24 taga qadar o'rgimchakkanani yo'qotishi mumkin. Beda, olma, olxo'ri, o\Cha, oshqovoq, bodring, g'o'za dalalarida va g'o'za ekini atrofidagi o't1arda Pronematus rapidus yirtqich kanasi ko'p uchrasada, u oldingi turga nisbatan kampoq samarali. Pronematus miqdori apreldan sentabrga qadar oshib boradi. Bu yirtqich hayoti davomida 13 tagacha o'rgimchakkanani yo'qotishi mumkin. Biroq pronematusning o'zi ham undan yirik fitoseyid va anistidlar uchun ozuqa hisoblanadi. O'rtacha sutkalik harorat 26°C bo'lganda avlodining rivojlanishi 78 sutkada. jumladan, embrional davri 1,6 undan keyingisi esa 5,3 sutkada rivojlanishni tugatadi. Urg'ochilari 13-15 sutka yashaydi. Har sutkada bitta-ikkitadan tuxum qo'yadi. Urg'ochilari o'simlik qoldiqlarida, to'shamada, gumusda, ya'ni aksari o'simlikxo'r kanalar qishlay digan joylarda qishlab chiqadi. O'rtacha sutkalik harorat wOe dan oshganda urg'ochilar qishlov joylaridan chiqadi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, o'rgimchaksimonlar parazitlik, yirtqichlik yo'li bilan hayot kechiruvchi jonivorlar hisoblanib, ularning ko'pchiligi, ayniqsa, fitoseyidlar va stigmeidlar oilasiga mansub bo'lganlari, g'o'za va boshqa ekinlarda tarqalgan zararkunandalaming tabiatdagi sonini ekinlar hosiliga iqtisodiy zarar keltirmaydigan darajada saqlab, tabiiy muvozanatni boshqarib turishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fitoseyidlar oilasiga mansub ayrim o'rgimchaksimon yirtqichlar, ya'ni fitoseyulyus laboratoriya sharoitida ko'paytirilib, issiqxonalarda o'stiriladigan sabzavot va poliz ekinlarida ko'plab tarqalgan oddiy o'rgimchakkanaga qarshi kurashda keng qo'lIanilgan. Shu bilan bir qatorda hozirgi davrda mevali bog'larda, ayniqsa, olmazorlarda tarqalgan o'rgimchakkanaga qarshi kurashda qo'l1aniladigan metaseyulyusni laboratoriya sharoitida ko'paytirish va undan foydalanish yuzasidan ayrim ilmiy yechimlar ishlab chiqilgan va bu sohada yanada keng ko'lamdagi tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. G'o'zada o'rgimchakkanaga qarshi 'kurashda mahalliy kana Ph, corniger ni hamda Kanadadan keltirilgan Metaseiulus occidentalis ni qo'l1ash borasida I.Yu.Sizova o'tkazgan dala tajribalari kO'rsatishicha, uning o'ljalarga nisbati 1:8 bo'lganda, tajriba uchastkasida zararkunandani batamom yo'qotishi qayd qilingan. Har tup o'simlikka 10-60 ta yirtqich chiqarib turilganda akaritsid qo'lIashdan butunlay voz kechish mumkin bo'lib, bu esa, o'z navbatida, xarajatlami tejash va dala fitosanitariya holatini yaxshilash imkonini bergan. Bunda har gektar yerdan olinadigan hosil nazoratga nisbatan 4,6 sentnerga oshgan (Sizova, 1983). Baqaloq kanalar Pyemotidae (Pygmephoridae) oilasi. Mayda kanalar (0,1-0,4 mm), cho'zinchoq, oval yoki yumaloqlangan tanasi nursiz-oqish, sarg'ishroq yoki qo'ng'ir rangli. Ko'p turlari tirik tug'ish xususiyatiga ega. Oila tarkibida fitofaglar bilan bir qatorda entomofaglar ham uchraydi. Jumladan, Pyemotes ventricosus New. baqaloq kanasi don kuyasi va boshqa tangachaqanotlilar lichinka va g'umbaklarining ektoparaziti hisoblanadi. Bdellidlar (Bdellidae) oilasi. O'rta va yirik o'lchamli kanalar (0,4>3,5 mm), cho'zinchoq nok shaklli, qizil, ba'zan qo'ng'ir yoki yashil rangda tovlanib turadi. Ko'pchilik bdellidlar yirtqichlar hisoblanib, kanalar va mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Jumladan, Bdella depressa AQSH da mevali bog'larda o'rgimchakkananing tabiiy kushandasi hisoblanadi. Avstraliyada Yevropadan olib kelib, iqlimlashtirilgan Bdellodes lapidaria hamda Marokashdan Fransiyaning janubiga olib kelingan . va iqlimlashtirilgan Neomolgus capillatus zararkunandalarga qarshi kurashda ijobiy natija bergan. Bu oilaga fitofaglardan tashqari entomofaglar ham kiradi, qorindor yirtqichlar asosan don kuyasi kapalagi qurtining g'umbagida parazitlik qiladi. Gemisarkoptid (Hemisarcoptidae) lar oilasi. Kichik o'lchamdagi kanalar (0,23-0,36 mm) bo' lib, tanasi tuxumsimon, mayin tuklar bilan qoplangan. Bu oila vakillari yirtqichlar hisoblanadi.




Download 158,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish