O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

  
Nizomulmulk (1017,  
Tus - 1092, Nahovand)
 


56 
 
sulolaning  siyosiy  dasturi  bo‗lib,  unda  O‗rta  asrlarda  O‗rta  Osiyo  va 
Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo‗lgan muhim siyosiy voqealar 
bayoni 
va 
g‗oyaviy-mafkuraviy  jarayonlar  yuzasidan  tarixiy 
ma‘lumotlar  keltiriladi.  Asarda  uchraydigan  tarixiy-falsafiy  va  davlat 
boshqaruviga oid ma‘lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
 - siyosiy tarixga oid ma‘lumotlar  
- ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma‘lumotlar;  
- ma‘naviy hayotga tegishli ma‘lumotlar;  
- islom mazhablari o‗rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma‘lumotlar;  
- boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari;  
 - siyosat falsafasi, o‗zini o‗zi boshqaruv institutlari. 
 Qonun  ustuvorligining  siyosiy-amaliy  jihatlari  qonunlarning 
podshoh  va  sultonlar  tomonidan  qabul  qilinishi  siyosiy  faoliyat  bo‗lib, 
ular xalq (raiyat) hayoti bilan bog‗liq. 
Birinchidan,  podshoh  tomonidan  farmonlar  yozilib,  xalqqa 
tanishtirib  boriladi.  Bu  oddiy  hol  bo‗lib  ko‗rinsada,  hozirgi 
siyosatshunoslik  uchun  ham  qo‗l  keladi.  Biroq  u  jamiyat  hayotiga 
monand  tarzda  mudom  ishlab  turishi  shart.  Ana  shunda  siyosiy 
institutlar,  shu  jumladan,  ularning  ijrosini  ta‘minlovchi  idoralar  ham 
hayot talablaridan orqada qolmaydi.  
Ikkinchidan,  agarda  farmonga  salbiy  munosabat  bildirilsa  yoki 
uning ijrosi cho‗zilib ketganligi to‗g‗risida xabar yetsa, podshoh mas‗ul 
va  mutasaddi  shaxslar  uchun  jazo  belgilagan  (ular  o‗z  yaqinlari  bo‗lsa 
ham).  Chunki  markazlashgan  davlat  siyosati  shoh  farmoniga  so‗zsiz 
itoat etishni talab qiladi. Bu o‗sha davrning eng oliy siyosati edi, albatta. 
Uchinchidan,  shoh,  sulton  farmonlari  barchaga  taalluqlidir,  uni 
hatto  hukmdorga  yaqin  odamlar  ham  buzishi  mumkin  emas.  Shuning 
uchun  ham  Nizomulmulk  qonun  va  siyosat  oldida  hammani  teng,  deb 
qaragan.  "Siyosatnoma"  asarida  davlat  boshqaruvi  haqida  keng  fikr 
yuritilgan,  undagi  rivoyatlar,  hikoyatlar,  aforizmlar  Nizomulmulkning 
jamiyat  va  davlatni  boshqarish,  falsafa,  axloq  masalalariga  oid 
javoblaridir.  Asarda  jamiyat  va  davlatni  boshqarish  masalalari  falsafiy-
axloqiy  yondashuv  orqali  ochib  berilgan.  Donishmandning  siyosiy-
falsafiy  qarashlarida  podshoh  (sulton),  xalq  (raiyat)  va  shaxs  (fuqaro) 
o‗rtasidagi munosabatlarda uyg‗unlikni ta‘minlash asosiy o‗rinda turgan. 
Nizomulmulk markazlashgan davlat qurish tarafdori edi. To‗g‗ri, u 
markazlashgan  davlat  barpo  etish  uchun  ijtimoiy-siyosiy  loyihalar, 
istiqbolli  dasturlarni  tavsiya  qilmaydi,  ammo  islohotlar  o‗tkazishni 
o‗rtaga  tashlaydi.  Uning  mushohadalari  podshoh  (sulton)  bilan  xalq 


57 
 
(avom),  amaldor  (xizmatchi)lar  bilan  kishi  (fuqaro)lar  o‗rtasida  murosa 
munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan.  
Insonparvar  podshoh  davlatni  uzoq  boshqaradi,  xalq  farovonligini 
o‗ylaydi,  zo‗rlik  ishlatmaydi.  «Kim  insonparvarlikka  chindan  intilsa,  u 
hech  qachon  yomon  ishlar  qilmaydi...  Kim  insoniylikni  sevsa,  undan 
yuqori  narsa  yo‗q,  deb  hisoblaydi»,  degan  g‗oyani  o‗z  davrida  alloma 
Konfutsiy  ilgari  surgan  edi.  Bunday  g‗oyalarni  Nizomulmulkda  ham 
kuzatish  mumkin.  Demak,  insonparvarlik  shaxslararo  munosabatlar-
dangina  iborat  emas,  u  jamiyat  va  davlatni  boshqarishga  ham  taalluqli 
voqelikdir.  To‗g‗ri,  ba‗zan  Nizomulmulk  insoniylikni  kichiklarning 
kattalarga  hurmat  ko‗rsatishi,  deb  ham  talqin  qiladi.  Keyin  ushbu 
talqinni podshoh (sulton) va xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va fuqaro 
(inson), davlat va shaxs munosabatlariga ko‗chiradi. Qanday bo‗lmasin, 
jamiyat 
va 
davlatni 
boshqarishda 
insoniylik, 
insonparvarlik 
tamoyillariga  tayanishga  da‗vat  -  Nizomulmulk  ijodidagi  olijanob 
jihatdir.  Xalq,  odamlar,  amaldorlarning  qanday  sifatlarni  o‗zida 
shakllantirishi yoki ulug‗lashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita 
bog‗liqdir.  Bu  o‗rinda  Sharq  xalqlariga  xos  bo‗lgan  «aravaning  katta 
g‗ildiragi  qayerdan  yursa,  kichik  g‗ildirak  ham  shu  yerdan  yuradi», 
degan  maqol  esga  tushadi.  «Xalqni  o‗z  ketidan  ergashishga  majbur 
qilish  mumkin,  lekin  u  nima  uchun  majbur  qilinayotganini  bilmasa, 
davlat  uchun  yomondir».  «Hukmdor  o‗z  axloqini  tuzatmasa,  u  kichik 
odam,  xalq  axloqini  ham  tuzatolmaydi»,  "badaxloqlik  oxir-oqibatda 
davlatni,  boshqaruvni  tanazzulga  olib  keladi..."1  Bunday  siyosiy 
qarashlar Nizomulmulk asarining maqsadini ifoda qiladi.  

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish