O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 

 
 


315 
 
 
 
XV BOB. IQTISODIY O„SISH TO„G„RISIDAGI NAZARIYALAR 
15.1.Iqtisodiy o„sish to„g„risidagi dastlabki nazariyalar 
 
Makroiqtisodiyotga  berilgan  e‘tibor  va  taqsimot  masalalari 
Rikardoning  19-asrning  1  choragida  olib  borilgan  ta‘limotlaridan  tortib 
to 1930-yillarigacha, ya‘ni sanoatlashgan dunyoni larzaga solgan Buyuk 
depressiya sharoitlarigacha o‗z ustunligiga ega bo‗lib keldi.  
Josef  Shumpeter  iqtisodiy  ta‘limotlar  tarixi  bo‗yicha  o‗zining 
mashhur  kitobida  (iqtisodiy  o‗sishga  oid  g‗oyalari)  iqtisodiy  o‗sishga 
doir  fikr  bildiruvchi  iqtisodchilarning  ikki  turi:  optimistlar  hamda 
pessimistlar mavjudligini aytib o‗tadi. U bozor iqtisodiyoti iqtisodchilari 
Maltus,  Rikardo  va  Jeyms  Mill  singari  kuchli  pessimist  guruhlari 
o‗rtasiga  tushib  qolishini  nazarda  tutadi.  Shu  kabi  bozor  iqtisodiyoti 
olimlari  hattoki,  ijara  haqi  oshayotganda  ham  tushum  miqdorining 
kamaytirilishini  va  iqtisodiyot  gullab-yashnayotgan  statsionar  holat 
tomon  borishini  yoqlashadi.  Shuningdek,  ular  iqtisodiyot  o‗tgan 
davrlarga  qaraganda  yuqori  sur‘atlarda  o‗sayotgan  sharoitlarda  ham 
ushbu  fikrlarida  turib  olishadi.  Shumpeter  ta‘kidlab  o‗tganidek,  ular 
―Texnologik  yangilanish  va  kapital  darajasidagi  o‗sish  kabi  jarayonlar 
oxir-oqibat  tushumlar  miqdoridagi kamayishlarni aks  ettiruvchi  adolatli 
qonun ustidan murosaga kelishini ta‘kidlab o‗tadilar‖
74

Asosiy  bozor  iqtisodiyoti  olimlari  ichida  bunga  istisno  tariqasida 
J.S.Mill  maydonga  chiqdi,  u  Maltus  va  Rikardo  qarashlarida  aks  etgan 
iqtisodiy  o‗sish  va  texnologik  jarayonlar  haqida  ko‗proq  fikr  bildirib, 
davomiy  iqtisodiy  o‗sish  nazariyasi  to‗g‗risida  o‗zining  optimistik 
fikrlarini  keltirdi.  Ammo  Mill  qarashlarini  yaqindan  o‗rganish  u 
texnologiya  va  kapitalning  davomiy  sur‘atlarda  rivojlanishi  to‗g‗risida, 
ya‘ni  har  qanday  jamiyatlar  o‗zining  tug‗ilish  darajalarini  cheklab 
borishini  hamda  shundan  kelib  chiqqan  holda  marjinal  daromadlar 
miqdorining  muqarrar  tarzda  kamayib  borishining  sekinlashishi 
kerakligini asoslab bera olmaganligini tasdiqlaydi.  
Mill umrining oxirlariga kelib, pessimistik g‗oya vakiliga aylandi. U 
statsionar  holat  yaqin  kelganligiga  ishonch  hosil  qilgandek  bo‗lib 
ko‗rindi. Ammo ushbu holat yetarlicha yomon natijaga yetaklaganligini 
                                                             
74
 
J. A. Schumpeter, History of Economic Analysis (New York: Oxford University Press, 1954), p. 571.
 


316 
 
ko‗ra  olmadi.  U  statsionar  holatni  ijtimoiy  tenglik  hamda  o‗rtacha 
rivojlanish  darajasiga  ega  bo‗lgan  qulay  holat  sifatida  ko‗rdi.  Bu  kabi 
holatni  keltirib  o‗tishi  aniq  bir  hol  edi,  chunki  u  daromadlar 
taqsimlanishi  ijtimoiy  hamda  iqtisodiy  kuchlar  tomonidan  aniqlanishi 
shartligini ifodalab o‗tgan edi.  
Bu  Genri  Kerri  (1793-1879)  va  Fridrix  List  singari  noortodoks 
iqtisodchilarning  optimistik  qarashlarini  qo‗llab-quvvatlashga  bo‗lgan 
nazariyalariga  teskari  holat  edi.  12-bobda  ta‘kidlab  o‗tilganidek, 
iqtisodchi  List  o‗z  nazariyasi  orqali  empirik  kuzatuv  va  tarixiylik 
metodini  qo‗llagan  nemis  tarixiy  maktabi  namoyondalaridan  biri  edi. 
Iqtisodiyot  o‗zining  o‗tgan  davriga  qaraganda  yuqori  sur‘atlarda 
rivojlanayotganligini seza olganligi sababli ham iqtisodiy o‗sish cheksiz 
tarzda  davom  etib  borishiga  ishonch  hosil  qilish  unga  hech  qanday 
qiyinchilik  tug‗dirmagan.  Karri  yuqoridagi  nazariyani  rad  etgan  hamda 
tarixiylik  va  empirik  kuzatuv  metodlarini  yoqlab  chiqqan  Amerika 
iqtisodchisi hisoblanadi. 
Optimist  iqtisodchilar  List  va  Barey  savdo  tariflarining  joriy 
etilishi  kerakligini  bildirishganida  pessimist  iqtisodchi  Rikardo 
tomonidan erkin savdoning qo‗llab-quvvatlanishi qiziq bir holat edi. Bu 
farq  esa  nazariyaning  amaliyotdan  yiroqligini  va  farazdan  foydalanish 
zarurligini  nazarda  tutdi.  Rikardoning  nazariy  asoslangan  ―qiyosiy 
ustunlik  modeli‖  erkin  savdo  siyosatining  ustunlik  tomonlarini  aks 
ettirdi. Ammo modelning statik ko‗rinishi savdo tushumlariga erishilgan 
bir  paytda,  iqtisodiy  o‗sish  to‗xtab  qolishi  mumkinligini  ifodalar  edi. 
List va Kerri nazariyaga kamroq, lekin kuzatish va tarixiylik metodlariga 
ko‗proq  e‘tibor  qaratdilar.  Iqtisodiyotning  bevosita  kuzatuvlari 
texnologiyaning  muhimliligini  va  uzluksiz  iqtisodiy  o‗sish  ehtimoli 
bo‗lishligini  aniqlab  berdi.  Mazkur  texnologiyalarni  tariflar  orqali 
tartibga  solish  muhim  ekanligi  taklif  etildi.  Smitning  savdo  mehnat 
taqsimotini  yo‗lga  qo‗yish  orqali  texnologiyalarni  takomillashtirishi, 
shuningdek, hamma uchun foydali bo‗la olishligi to‗g‗risidagi qarashlari 
ustida bahs olib borish ancha qiyin masala hisoblanadi; Ushbu davrning 
bozor  iqtisodchilari  List  va  Kerrining  fikrlariga  qarshi  hujum  qilishdi 
hamda  iqtisodchilar  nazariy  xatolarga  yo‗l  qo‗yganliklarini  ko‗rsatib 
o‗tishdi.  Ammo  bozor  iqtisodchilari  List  va  Kerri  qarashlarining  asl 
mohiyatini,  ya‘ni  kamayib  boruvchi  marjinal  daromadlar  texnologik 
jarayonlar  orqali  butunlay  ustunlikka  ega  bo‗lishini  tushuna  olishmadi. 
Zamonaviy iqtisodiyot namoyondalari ham Marksning iqtisodiy o‗sishni 
o‗zida ifodalagan qarashlariga e‘tibor berishmadi.  


317 
 
Yangi  klassik  iqtisodiyot  shakllanib  borishi  natijasida  iqtisodiy 
o‗sishga  qaratilgan  e‘tibordan  chetlanishlar  tezlasha  bordi.  Alfred 
Marshalldan  istisno  tariqasida,  yangi  klassik  iqtisodchilari  Millning 
iqtisodiy  o‗sish  qarashlarini  e‘tirof  etdilar  hamda  statik  tenglik 
tushunchasiga alohida e‘tibor qaratib o‗tdilar. Mill va Marshall fikrlariga 
ko‗ra  texnologik  jarayonlar  takomillashuvi  iqtisodiy  o‗sish  holatini 
vaqtinchalik  keltirib  chiqarishi,  ammo  qishloq  xo‗jaligi  va  xomashyo 
materiallari  misolida  olib  qaralganda  kamayib  boruvchi  daromadlar 
qonuni oxir-oqibat ustun kelishi aks ettirilgan.  

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish