O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

      
14.2. Qiyosiy ustunlik nazariyasi 
 
A.Smitdan  farqli  o‗laroq,  David  Rikardo  mamlakatlar  o‗rtasidagi 
tovar  ayirboshlashda  mutlaq  xarajatlardagi  farq  muhim  emas,  deb 
hisobladi.  Yuqorida  qayd  qilib  o‗tganimizdek  xarajatlarda  mutlaq 
ustunlikka  ega  bo‗lmagan  mamlakatlar  nima  qilishlari  kerak?  Bir  qator 
misollar  bilan  D.Rikardo  ―xarajatlardagi  mutlaq  ustunlik‖  mamlakatlar 
o‗rtasidagi tovar ayirboshlashning zarur sharti emasligini isbotlab berdi. 
Savdo  qilayotgan  mamlakatlar  o‗rtasida  qiyosli  xarajatlar  farq  qilishi 
kifoya. 
Shu  asosda  D.Rikardo  qiyosiy  ustunlik  nazariyasini  yaratdi.  Bu 
nazariya  butun  dunyo  ilm-fani  va  savdosida  hamma  tan  olgan  nazariya 
hisoblanadi.  Mazkur  nazariyaning  asosiy  qoidasi  shundan  iboratki,  har 
bir  mamlakat  o‗zining  muayyan  tovarni  ishlab  chiqarishga  ketadigan 
xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o‗rtasidagi farqni 
qiyoslab  ko‗rgan  holda  tashqi  savdoda  ishtirok  etadi.  Muayyan  tovarni 
ishlab  chiqarish  bir  mamlakat  uchun  boshqa  mamlakatlarga  nisbatan 
qulayroq  bo‗lishi  mumkin.  Shu  bois,  qiyosiy  ustunlik  nazariyasiga 
binoan  mamlakatlar  xarajatlarni  hisobga  olgan  holda  u  yoki  bu 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak. 
D.Rikardo  shunday  misol  keltiradi.  Portugaliyada  muayyan 
miqdordagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab 
chiqarish  uchun  esa  90  kishilik  mehnat  talab  qilinadi  (bir  yilga). 
Angliyada  shu  miqdordagi  vinoni  ishlab  chiqarish  uchun  120  kishilik 
mehnat,  gazlamani  ishlab  chiqarish  uchun  100  kishilik  mehnat  sarflash 
zarur.  Garchi  olib  kelingan  gazlama  Portugaliyaning  o‗zida  Angliyaga 
nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo‗lsa ham, bu 
sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap 
shundaki,  resurslarni  gazlama  ishlab  chiqarishdan  Angliyaga  nisbatan 
katta  qiyosiy  ustunlikka  ega  bo‗lgan  vino  tayyorlash  tarmog‗iga 
                                                             
72
 
―History of Economic Thought‖ Harry Landreth, David C. Colander. 108 б. 


291 
 
o‗tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo‗li bilan 80 kishilik mehnat 
sarflari  hisobiga,  ya‘ni  10  kishilik  mehnatni  tejash  evaziga  gazlama 
olishi  mumkin.  Bunday  ayirboshlash  Angliya  uchun  ham  foydali, 
negaki,  u  o‗z  kuchini  gazlama  ishlab  chiqarishga  sarflab,  gazlamani 
sotish  yo‗li  bilan  muayyan  miqdordagi  vinoni  120  kishining  mehnati 
hisobiga  emas,  balki  faqat  100  kishilik  mehnat  evaziga  olishi  mumkin 
(ya‘ni  20  kishilik  mehnatni  tejash  hisobiga).  Bu  misoldan  shu  narsa 
ko‗rinadiki,  qiyosiy  ustunlik  mavjud  bo‗lsa,  ixtisoslashuv  va 
ayirboshlash  ikkala  mamlakat  uchun  ham  foydalidir.  Bundan 
mamlakatlar  o‗rtasida  mehnat  taqsimoti  va  ishlab  chiqarishning 
ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.  
Qiyosiy  xarajatlar  g‗oyasi  –  bu  o‗zaro  foyda  ko‗rish  g‗oyasidir. 
Unga  ko‗ra  ―...  Fransiya  va  Portugaliyada  vino  tayyorlanishi,  Amerika 
va  Polshada  don  yetishtirilishi,  Angliyada  metall  buyumlari  va  boshqa 
tovarlar ishlab chiqarilishi kerak‖. Lekin qiyosiy xarajatlar nazariyasida 
bir  qator  soddalashtirishlar  mavjud  bo‗lib,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarda 
bo‗ladigan  qiyinchiliklar  aks  ettirilmagan.  D.  Rikardo  modeli  –bu  ikki 
mamlakat  o‗rtasidagi  savdo  modelidir.  Mazkur  model  qiyosiy 
xarajatlarning 
o‗zgarishini,  savdo  qilayotgan  mamlakatlarning 
unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlarni ham hisobga olmaydi.  

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish