O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.av. XVIII asr.)



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.av. XVIII asr.) ancha diqqatga 
sazovor. 
Eshnun  qonunlari  matni  asosiy  mahsulotlarga  qat‘iy  baho 
o‗rnatishdan  boshlanadi:  ―1  gur  (o‗lchov  birligi,  ba‘zi  ma‘lumotlarda 
300, ba‘zilarda esa – 252,6 l. ga teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g) 
kumushga  …,  3  ka  (1  ka  0,84  l.  ga  teng)  birinchi  sortli  yog‗  (sotilishi 
kerak) 1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba‘zi ma‘lumotlarda – 8,4 l.) va 2 ka 
kunjut  yog‗i  (sotilishi  kerak)  1  sikl  kumushga  …‖  va  boshqalar 
ko‗rsatilgan.  Birinchi  paragrafda  arpa,  yog‗,  teri,  tuz,  mis  va 
boshqalarning  kumushdagi  o‗rnatilgan  narxi  (mahsulotlar  shunday 
miqdorda  olinishi  kerakki,  ularning  qiymati  1  siklga  teng  bo‗lsin); 
ikkinchi paragrafda har xil turdagi yog‗ning arpadagi narxi ko‗rsatilgan. 
Demak,  asosiy  umumekvivalent  sifatida  arpa  bo‗lgan.  Buning  ustiga 
ushbu  ekvivalentlar  o‗rtasida  qat‘iy  muvofiqlik  o‗rnatilgan.  Birinchi 
navbatda,  arpaning  kumushda  ifodalangan  narxining  ko‗rsatilishi 
tasodifiy  emas.  Qat‘iy  narxning  o‗rnatilishi  qonun  tuzuvchilarga 
yollanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdori, foiz me‘yorini, tarbiya 
uchun  to‗lov  va  boshqalarni  aniqlash  imkonini  beradi.  Yillik  foiz 
Me‘yori  kumushda  20 %  va donda 33  % ni  tashkil  etgan.  Shu narsani 
qayd  qilib  o‗tish  kerakki,  Qadimgi  Misrda  hatto  keyingi  davrlarda  (X–
VIII  asr  m.av.)  sudxo‗rlik  foiz  me‘yori  tez-tez  100  %  gacha  ko‗tarilib 
turgan.  Eski  Bobildagi  uncha  ko‗p  bo‗lmagan  foiz  me‘yori  davlatning 
nafaqat  mamlakat  xo‗jaligi  hayotiga  aralashuvidan  dalolat  beradi,  balki 
tovar-pul  munosabatlarining  ancha  rivojlanganligini  ham  aks  ettiradi. 
Qadimgi  Misr  iqtisodiyoti  Yaqin  Sharqdagiga  nisbatan  ancha  natural 
bo‗lgan.  Demak,  podsho  qonunlari  tovar-pul  munosabatlarining 
rivojlanishida ijobiy rol o‗ynagan.  
Qonun  matni  kirish  qismdan,  hozirgi  tasniflash  bo‗yicha  282 
moddani  o‗z  ichiga  olgan  asosiy  qismdan  va  xulosadan  iborat.  Unda 
xo‗jalik  hayotiga  oid  iqtisodiy  fikrlar  ham  aks  ettirilgan.  Shu  narsa 
diqqatga  sazovorki,  bir  guruh  moddalarda  Bobil  fuqarolarining  mulkini 
himoya  qilish,  ijara,  sudxo‗rlik  va  ishga  yollash  masalalari  ko‗rib 
chiqilgan. 
Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish 
yoki  shunday  sharoit  yaratishdan iboratki, unda  “kuchlilar  kuchsizlarni 
surib  chiqarmasinlar”.  Bunda  asosiy  e‘tibor  saroy,  ibodatxona  mulkini 
hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda, 
harbiylarning  mulkini  himoya  qilishga  qaratilgan.  Xammurapi 
qonunlarida  ularning  ulushi  (yerlari)  sotilishi  man  etiladi.  “Sipoh  yoki 


21 
 
soliq to„lovchiga  tegishli bo„lgan dala, uy, bog„, – deyiladi  qonunda, – 
kumushga  sotilishi  mumkin  emas”.  Bundan  tashqari  qonunda  o‗z 
mamlakati  tashqarisida  qul  sifatida  sotib  olingan  bobillik  fuqarolar  o‗z 
vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi zikr etilgan.  
Qonunda sudxo‗rlar zo‗ravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham 
mavjud.  Hosil  kam  bo‗lgan  paytlarda  qarzlarni  to‗lash  muddatini  bir 
yilga  cho‗zishga  ruxsat  berilgan  (qo‗shimcha  foiz  to‗lovisiz). 
Xammurapi  qonunlarida  sudxo‗rlar  o‗z  holicha,  qarzdorlarning 
ruxsatisiz  qarz  evaziga  ularning  hosilini  tortib  olishi  man  etilgan.  Ular 
qat‘iy  ravishda  puldagi  (20%)  va  natural  shakldagi  (33%  )  foiz 
Me‘yorini aniq belgilab bergan. 
Xammurapi  kodeksida  tutqunlarga  nisbatan  yomon  munosabatda 
bo‗lgani uchun  sudxo‗rlarni hatto  jazolash  (shu jumladan, qonuniy  yo‗l 
bilan ham) ko‗zda tutilgan. Sudxo‗rlikning keng rivojlanishiga to‗sqinlik 
qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining uch 
yil  bilan  cheklanishidir  (to‗rtinchi  yili  unga  erkinlik  berilishi  lozim 
bo‗lgan).  Biroq  sudxo‗rlikka  qarshi  qonunchilikda  izchillik  bo‗lmagan. 
Xususan,  qarzdorni  ozod  etishda  uni  ishlab  chiqarish  yoki  yashash 
vositalari  bilan  ta‘minlash  nazarda  tutilmagan.  Hech  qanday  vositasi 
bo‗lmagach,  ozod  etilgan  qarzdor  yana  qaytib  sudxo‗rga  murojaat 
qilishga majbur bo‗lgan. 
Xammurapi qonunlarida  yollanma  munosabatlarni tartibga  solishga 
katta e‘tibor berilgan. Uning juda ko‗p turdagi shakllari ko‗rib chiqilgan 
bo‗lib,  hatto  yollanma  mehnat  uchun  to‗lov  miqdori  ham  aniq  qilib 
ko‗rsatib berilgan.  
Asosiy  maqsad  ishlab  chiqarishni,  birinchi  navbatda,  qishloq 
xo‗jaligini  rivojlantirishni  qo‗llab-quvvatlash,  mehnatsiz  daromad 
topishga  qarshi  kurashish  bo‗lgan.  Umuman,  xususiy  mulkchilik,  shu 
jumladan,  yerga  bo‗lgan  xususiy  mulkchilik  tan  olingan.  Birovning 
xususiy  mulkiga  ko‗z  olaytirgan,  unga  zarar  yetkazganlar  iqtisodiy 
jihatdan jazolangan.  
Shunday  qilib,  eski  Bobil  podsholigi  qonunlarida  davlat 
tartiblashining  va  aholi  iqtisodiy  faoliyatini  nazorat  qilishning  turli 
shakllari  ko‗zda  tutilgan.  Ular  real  iqtisodiy  jarayonlarga,  tovar-pul 
munosabatlarining  rivojlanishiga,  fuqarolar  mulkini  himoya  qilishga 
o‗zining ijobiy ta‘sirini ko‗rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar Osiyodagi 
boshqa  mamlakatlarda  iqtisodiy  fikrlarning  rivojlanishida  katta  rol 
o‗ynadi. 


22 
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish