O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
2.5. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy 
qarashlar 
 
Rimning  yirik  siyosiy  arbobi  va 
yozuvchisi  Katta  Mark  Porsiy  Katon 
(m.av.  234–149)  o‗zining  «Dehqonchilik 
to‗g‗risida»gi  asarida  qishloq  xo‗jaligini 
xalq  xo‗jaligidagi  asosiy  tarmoq,  deb 
hisoblaydi.  Katon  dehqonchilikni  tashkil 
qilishning  eng  qulay  usulini  qo‗llashga, 
 
Mark Portsiy Katon (m.av. 234–149)
 


39 
 
qishloq  xo‗jaligi  mahsulotlarini  sotishni  tashkil  qilishga  katta  e‘tibor 
berdi.  U  faqat  ortiqcha  mahsulotni  sotish,  xo‗jalikda  ishlab  chiqarish 
mumkin  bo‗lmagan  narsalarni  esa  sotib  olish  zarurligi  to‗g‗risida  fikr 
yuritdi.  Eng  foydali  mahsulot,  deb  zaytun  yog‗ini  hisoblagan.  Katon 
savdogarlar va sudxo‗rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo‗lgan.  
Katon  tovar  qiymatidan  ortiqchasini 
foyda, deb bilgan va qiymatni to‗la ravishda 
ishlab  chiqarish  xarajatlariga  kiritgan. 
Masalan,  uningcha,  barcha  «qiymat  o‗za-
gini»  material  sarflari,  usta  va  yordam-
chilarga to‗lanadigan haq tashkil etadi. 
Atoqli  Rim  yozuvchisi  va  olim  Mark 
Terensiy  Varron  (m.av.  116–27)  xalq 
xo‗jaligida  dehqonchilik  va  chorvachilikni 
asosiy  tarmoq  hisobladi.  U  «Qishloq 
xo‗jaligi to‗g‗risida» degan asarida o‗zining 
iqtisodiy 
qarashlarini 
bayon 
etdi. 
Chorvachilikka  katta  e‘tibor  berib,  bozor 
sharoitida uni eng foydali tarmoq, deb bildi. 
Bunday xulosa qilishning asosiy sababi shundaki, o‗sha davrda Italiyada 
don arzon bo‗lgan, chunki u chet o‗lkalardan ancha ko‗p miqdorda olib 
kelinar  edi,  chorvachilik  daromadi  esa  yuqori  bo‗lgan.  Shu  bilan  birga 
Varron har bir xo‗jalikning o‗zini o‗zi ta‘minlashining tarafdori bo‗lgan, 
bozor  uchun  qishloq  xo‗jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni 
rivojlantirishga esa uncha e‘tibor bermagan.  
Rim  yozuvchisi  Yuniy  Moderat  Kolumella  (m.av.  I  asr)  «Qishloq 
xo‗jaligi  to‗g‗risida»  degan  kitobida  inqiroz  va  kolonatning  (yirik  yer 
egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar – kolonlar o‗rtasidagi ishlab 
chiqarish  munosabatlari  shakli)  rivojlanishi  davridagi  Rim  qishloq 
xo‗jaligiga  tavsif  beradi.  Uning  fikricha,  qullar  yerni  yaxshi 
ishlatmaydilar,  yerdan  yuqori  hosil  olish  uchun  qayg‗urmaydilar. 
Kolumella  urug‗ni  sepishdan  boshlab  to  hosilni  yig‗ib  olishgacha 
bo‗lgan  davrda  qullar  isrofgarchilik  qilishini,  yaxshi  ishlamasligini, 
o‗g‗rilik  qilishini  va  pirovard  natijada  donni  qabul  qilishda  uning 
miqdorini  hisob  daftarida  noto‗g‗ri  ko‗rsatishini  aytib  berdi.  U  qullar 
mehnatidan  ko‗ra  erkin  mayda  ishlab  chiqaruvchilar  mehnatining 
afzalligini isbotlab berdi. Qullarning imkon boricha yerni ishlamaslikka 
intilishini  ko‗rgan  Kolumella  bunday  yerlarni  erkin  kolonlarga  bo‗lib 
berish,  mayda  tovar  ishlab  chiqarishga  o‗tish  zarurligi  to‗g‗risida  fikr 
Mark Terensiy Varron
  
(m.av. 116–27)
 


40 
 
yuritadi.  Bunday  fikrning  yuritilishi  Kolumellaning  ishlab  chiqarishni 
rivojlantirish  masalalarini  nisbatan  to‗g‗ri  tushunganligidan  dalolat 
beradi. 
Qadimgi  Rimning  jiddiy  iqtisodiy  muammolaridan  biri  yerga 
bo‗lgan  mulkchilikning  oqsuyak  patritsiylar  qo‗lida  to‗planishi  va 
italiyalik ko‗pchilik dehqonlarning yerdan mahrum bo‗lishi hisoblanadi. 
Xonavayron  bo‗lgan  mayda  dehqonlarni  aka-uka  Tiberiy  (m.av.  162-
133-y.)  va  Gay  (m.av.  153–121-y.)  Grakxlar  himoya  qilib  chiqishdi. 
Patritsiylarning  yer  mulkini cheklash  va 
agrar  masalalarni  hal  qilish  maqsadida 
Tiberiy  Grakx  m.av.  133-yilda  qonun 
qabul  qilishni  taklif  qilib  chiqdi.  Bu 
qonunga  muvofiq  rimlik  fuqarolarga 
davlatning  haydaladigan  yeridan  500 
yuger  (125  gektar)gacha  ijaraga  olish 
ruxsat  etilgan.  Bundan  tashqari  bir  oila 
1000 yugerdan ziyod yerga egalik qilishi 
man  etilgan.  Barcha  ortiqcha  yerlar 
davlat  ixtiyorida  bo‗lgan  va  yerga 
muhtojlarga  avlodlariga  qoldirish  va 
uncha  ko‗p  bo‗lmagan  soliq  to‗lash 
sharti bilan 30 yugerdan bo‗lib berilgan. 
Tiberiy  Grakxning  agrar  loyihasi  qisman  amalga  oshirildi  va 
natijada  o‗n  minglab  dehqonlar  yer 
olishga  muvaffaq  bo‗ldilar.  Tiberiy 
Grakx  ataylab  o‗ldirilgandan  keyin, 
uning  ishini  ukasi  Gay  Grakx  davom 
ettirdi. Dehqonlarga yer berish qaytadan 
bosh-landi  hamda  shaharlik  kambag‗al-
larga  davlat  xazinasidan  past  bahoda 
don  sotish  to‗g‗risida  qonun  qabul 
qilindi.  Grakx-larning  islohoti  mayda 
dehqon  yer  egaligi  mavqeyini  kuchay-
tirish  va  aholi  kamba-g‗allashu-vining 
oldini  olishga  qaratilgan  edi.  Islohot 
ancha  muvaffaqiyatli  bo‗ldi  va  hatto 
Gay  Grakx  o‗limidan  keyin  ham 
konservatorlar  muhtojlarni  yer  bilan  ta‘minlash  to‗g‗risidagi  qonunni 
bekor qila olmadilar. 
 
Mark Tulliy Sitseron  
(m.av.106–43) Ggakx
 
aka-uka Tiberiy (m.av. 162-
133) va Gay (m.av. 153–121.) 
Grakxlar
 


41 
 
Mark  Tulliy  Sitseron  (m.av.106–43-y.)  taniqli  davlat  arbobi  va 
mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha markaz-lashgan bo‗lib, 
savdo-sotiq  rivojlandi,  sudxo‗rlik  boylik  manbayiga  aylandi.  Qadimgi 
Yunoniston  iqtisodiy  fikrlaridan  farqli  ravishda,  Sitseron  yirik  savdoni 
qo‗llab-quvvatlab,  mayda  savdoga  esa  e‘tibor  qaratmadi.  Sisteronning 
sudxo‗rlikka  bo‗lgan  munosabati  ziddiyatli  bo‗lgan.  Bir  joyda 
sudxo‗rlikni  ma‘qullasa,  ikkinchi  bir  joyda  uni  qoralaydi.  Sitseronning 
savdo 
va 
sudxo‗rlikka 
bo‗lgan 
qarashlarida 
Qadimgi 
Rim 
iqtisodiyotidagi natural va tovar xo‗jaligi o‗rtasidagi ziddiyat o‗z aksini 
to‗gan. 
Sitseron  xususiy  mulkchilik,  yirik  yer  egaligi  va  mustamlaka 
mamlakatlarda ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo‗lgan. Dehqon-
chilikni  ancha  samarali  ish  turi,  u  bozorni  tovar  bilan  ta‘minlashda 
muhim o‗rin tutadi, deb hisoblagan. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish