Milton Fridmen
(1912-2006)
244
Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilardan ko‗ra
davlat amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen.
Davlatning xo‗jalik jarayonlariga aralashuvi iqtisodiyotning o‗zini o‗zi
tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va
ishlab chiqarish barqarorligini ta‘minlagan holda pul muomalasini
nazorat qilish bilan cheklanmog‗i lozim.
Monetarizmning asosiy qoidalari. M. Fridmen konsepsiyasini
tasavvur qilish uchun uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo‗llab-
quvvatlagan asosiy qoidalarni ko‗rib chiqamiz.
Monetaristlar
fikricha,
bozor
iqtisodiyoti
o‗zining ichki
xususiyatiga ko‗ra barqarorlikka, o‗zini o‗zi tartiblashga intiladi. Bozor
raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta‘minlaydi. Mabodo
muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo‗lib xizmat
qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar
natijasida emas, balki tashqaridan bo‗ladigan arashuvlar, davlat
tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi.
Bozor xo‗jaligining barqarorligi to‗g‗risidagi ushbu qoida J.M.
Keynsning iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi to‗g‗risidagi
tasdig‗iga qarshi qaratilgandir. Aynan ular (ma‘muriy, baholar dastak-
lari, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a‘lo darajada barqarorlashtirishga
qodir. Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini
oldindan bilish mumkin bo‗lgan dastaklar sifatida baholagan bo‗lsa,
M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday
tavsiflaydi. Uningcha (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati iqtisodiy
faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik
va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda
almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. M. Fridmen
pul harakati (pul massasining o‗sish sur‘ati) va yalpi ichki mahsulot
o‗rtasida o‗zaro chambarchas bog‗liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul
massasining o‗sish sur‘atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish
yuritishda, ishlab chiqarishning siklik tebranishida aks etadi. Gap
shundaki, pul massasidagi o‗zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy
parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta‘siri
bilinadi. Odatda, vaqtincha uzilish bir necha oyni tashkil etadi. U shu
narsani bildiradiki, pul massasidagi o‗zgarishlar yalpi ichki mahsulotga
birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta‘sir ko‗rsatadi.
Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli
245
o‗zgarishlarga mo‗ljallangan bo‗lmay, balki uzoq muddatli xarakterga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |