9.2-chizma. O„zaro bog„langan sanoat tarmoqlari
Nisbiy muvozanat tahlili kompleks muammoni biror sektorni
iqtisodiyotning boshqa sohalaridan ajratib (misol uchun biror sanoat
turini, boshqalarining ta‘sirini inkor qilish orqali) yechimli shaklga
keltirish mumkin. Yuqorida tahlil qilganimiz kabi uni muhokama va
munozara qilish osonroq bo‗ladi. Ochiqlik va aniqlik nazariy to‗liqlikda
foydalidir.
Agarda biz ikkinchi va uchinchi sanoat tarmoqlarini qo‗shib,
umumiyroq muvozanatga harakat qilganimizda, tahlil shu darajada
murakkab shakl olgan bo‗lardiki, uning chizmasi ochiqlikdan ko‗ra
chalg‗itadigan darajada chalkash bo‗lar edi. Valrasning sanoat
tarmoqlarining o‗ziga xos mustaqilligidan foydalanib tushuntirishi uning
fanga qo‗shgan katta hissasi bo‗ldi. Bu oson tushuniladi va matematik
bog‗lanadi. Uning umumiy muvozanat tahlili matndan tashqari
muhokamalar uchun qo‗l keladi.
210
Do'stlaringiz bilan baham: |