O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/247
Sana16.07.2021
Hajmi4,73 Mb.
#120893
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   247
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

ijtimoiy  zarur  mehnat  miqdori  bilangina,  ya‘ni  ijtimoiy  zarur  ish  vaqti 
bilangina  belgilanadi.  Har  bir  ayrim  tovar  o‗z  jinsidan  bo‗lgan 
tovarlarning faqat o‗rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga egadir». Ijtimoiy 
zarur  ish  vaqti  me‘yoriy  ishlab  chiqarish  sharoitida  va  muayyan 
jamiyatdagi  mehnat  malakasi  va  intensivligining  darajasi  o„rtacha 
bo„lgan  sharoitda  biron-bir  tovar  tayyorlash  uchun  sarflanadigan 
vaqtdir.  Ushbu  tushunchalar  yordamida  qiymat  qonuni  shakllanadi: 
almashuv  jarayonida  (ekvivalent  ekvivalentga  singari)  tovarlar  o‗zining 
qiymati bo‗yicha ayirboshlanadi (ularda mujassamlashgan ijtimoiy zarur 
ish  vaqti  bo‗yicha).  K.Marksning  tasdiqlashicha,  har  qanday  jamiyatda 
qiymat  qonuniga  amal  qilmagan  ayirboshlashning  bo‗lishi  mumkin 
emas.  Qiymat  esa,  yuqorida  qayd  qilib  o‗tganimizdek,  ayni  jamiyatda 
o‗rtacha  mehnat  sarflari  bilan  o‗lchanadi.  Bu  ayirboshlanadigan 


159 
 
tovarlarni  taqqoslashning  yagona  o‗lchovi  mehnat  ekanligini  bildiradi. 
Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy o‗lchov bo‗la olmaydi, negaki, 
ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi. 
K.Marksning  qiymat  nazariyasining  D.Rikardoning  qiymat 
nazariyasidan  farqlanishiga  e‘tibor  berish  zarur.  D.Rikardo  tovarlarning 
nisbiy  qiymati  to‗g‗risida  so‗z  yuritadi:  A  va  B  tovarlar  bir-biriga 
ayirboshlanadi,  chunki  ularni  ishlab  chiqarish  taxminan  bir  xil  mehnat 
sarflarini  taqozo  etadi.  K.Marksda  esa  qiymat  tovarga  xos    obyektiv 
xususiyatdir. 
Qo„shimcha  qiymat  nazariyasi.  Qiymatni  aniqlab  va  qiymat 
qonunini ta‘riflab bergach, K.Marks qo‗shimcha qiymatni tahlil qilishga 
o‗tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda 
asosiy  savol  tug‗iladi:  agar  «ekvivalentli  ayirboshlash»  tamoyili 
bo‗yicha  barcha  mahsulotlar  o‗z  qiymatiga  olinsa  va  sotilsa,  unda 
qo‗shimcha  qiymat  qanday  hosil  bo‗ladi?  Marks  ta‘limoti  bo‗yicha,  u 
quyidagicha ishlab chiqariladi. 
Tovar  ishlab  chiqarish  taraqqiyotining  ma‘lum  bosqichida  pul 
kapitalga  aylanadi.  Tovar  muomalasining  formulasi  T-P-T  (tovar-pul-
tovar),  ya‘ni  boshqa  bir  tovarni  sotib  olish  uchun  tovar  sotishdir. 
Kapitalning  umumiy  formulasi  P-T-P,  ya‘ni  sotish  uchun  tovarni  sotib 
olishdir.  T-P-T  mazmuni:  odamlar  o‗rtasida  har  xil  foydalilik 
ayirboshlanadi.  P-T-P  doiraviy  aylanishda  maqsad  foyda  olish 
hisoblanadi.  Demak,  P>P  bo‗lishi  kerak.  Bu  o‗sish  qayerdan  keladi? 
(Marks  uni  «qo„shimcha  qiymat»  deb  ataydi).  Qo‗shimcha  qiymat 
tovarlar  muomalasida  paydo  bo‗lmaydi,  chunki  tovar  ekvivalentli 
ayirboshlanadi,  qo‗shimcha  qiymat  bahoning  ustiga  qo‗shib  sotishdan 
ham  kelib  chiqmaydi,  chunki  bunday  bo‗lganda  xaridor  va 
sotuvchilarning  o‗zaro  yutuq  va  yutqiziqlari  bir-birini  qoplagan  bo‗lar 
edi,  holbuki,  gap  ayrim  hodisa  ustida  emas,  balki  ommaviy,  o‗rtacha, 
ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‗shimcha qiymat olish uchun «pul egasi 
bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog‗i kerakki, bu tovar 
iste‘mol  qiymatining  o‗zi  qiymat  manbayi  bo‗lishdek  original  bir 
xususiyatga  ega  bo‗lsin»,  u  shunday  tovar  bo‗lishi  kerakki,  bu  tovarni 
iste‘mol  qilish  jarayoni  ayni  paytda  qiymat  yaratish  jarayoni  ham 
bo‗lsin.  Bunday  tovar  –  ishchi  kuchidir.  Ishchi  kuchining  iste‘mol 
qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini 
uning  o‗z  qiymati  bo‗yicha sotib  oladi.  Ishchi  kuchi  tovarining  qiymati 
ishchining  va  uning  oilasining  yashashi  uchun  zarur  bo‗lgan  tirikchilik 
vositalari  qiymati  bilan  belgilanadi.  Ishchi  o‗z  ishchi  kuchi  qiymatidan 


160 
 
ortiqcha  qiymat  yaratish  xususiyatiga  ega.  Faraz  qilaylik,  ishchi  kun 
bo‗yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi 
bo‗yicha  «zarur  ish  vaqtida»)  o‗z  qiymatiga  teng  qiymat  yaratadi, 
keyingi  5  soat  mobaynida  («qo„shimcha  ish  vaqtida»)  esa  qo‗shimcha 
mahsulot  yoki  qo‗shimcha  qiymat  yaratiladi.  Kapitalist  bu  qo‗shimcha 
qiymatni  haq  to‗lamasdan  o‗zlashtirib  oladi.  K.Marks  bo‗yicha, 
kapitalist  tomonidan  qo‗shimcha  qiymatning  o‗zlashtirib  olinishi 
mehnatning  ekspluatatsiya  qilinishidir.  K.Marks  o‗zi  ishlab  chiqqan 
«formula»  yordamida  ushbu  ekspluatatsiya  darajasini,  ya‘ni 
ekspluatatsiya me‘yorini ko‗rsatib berdi. Qo‗shimcha qiymatning ishchi 
kuchi qiymatiga - o‗zgaruvchi kapitalga bo‗lgan nisbatini (mashinalar va 
xomashyoda  ifodalangan  doimiy  kapital  esa  o‗z  qiymatini  faqat  yangi 
mahsulotga o‗tkazishi mumkin, lekin qo‗shimcha qiymat yaratmaydi) u 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish