Quvurning diametrini bо‘linmalari 0,01 mm bо‘lgan shtangali sirkul yordamida о‘lchanadi. Manfiy ruxsat etilishi 5% nominal qalinlikdan katta bо‘lmasligi kerak. Quvur devorining qalinligi quvurlarning standart о‘lchamidan chetga chiqmasligi kerak.
Mustaqil tekshirish savollari:
Neftgaz konlarini quvur uzatmalarini tayyorlashda qо‘llaniladigan materiallar haqida ma’lumotlar beriladi.
Tashqi va shartli diametrlarni farqini kо‘rsating.
Quvurlardan qanday maqsadlarda qо‘llaniladi.
2- AMALIY MASHG‘ULOT. QUVURLARNING VA SIG‘IMLARNING HISOBI
Ishning maqsadi: neftgaz jihozlarining sig‘imlarini mustahkamlikka hisobi va metodlari bilan tanishish; gaz ajratgichlarni, quvur uzatmalarni va rezervuarlarni.
Nazariy qism 2.1. Gaz ajratgichlari Neftni gazsizlantirishda neftning tarkibidan gaz ajratib olinadi. Ajratib olishda qо‘llaniladigan apparatga ajratgich (separator) , ajralib chiqish jarayoniga –ajralish (separatsiya) deyiladi.
Neftgaz sanoatida tik va gorizontal ajratgichlar kо‘proq qо‘llaniladi (2.1 va 2.2 –rasmlar)..
Ishlatish tartibi. Gazneft aralashmasi quvurcha (1) orqali qobul qiluvchi A seksiyaga tо‘planadi va oshib oqib о‘tuvchi (2) tо‘siq orqali avval kupik sundiruvchi B –seksiyasiga sundiruvchi (3) orqali о‘tadi va undan keyin esa ajratuvchi seksiya V ga tо‘planadi. Ajratuvchi seksiyaning yuqori qismida shtuser joylashtirilgan va u orqali gazning tarkibidan suv tomchilarini ushlab qolish uchun tо‘r bilan (6) ta’minlangan. Ajratish seksiyasi 4 ta teshilgan qiya shakldagi polkalar (4) bilan ta’minlangan va teshiklar (5) orqali gaz kirib keladi va u likopcha kо‘rinishida joylashtirilgan. Suyuqlik ajratish seksiyasidan tо‘siqning (7) tagi orqali suyuqlikni olish seksiyasiga oqib о‘tadi va u suyuqlik sathini rostlovchi (8) pukkak bilan ta’minlangan. Erkin suvlarni chiqarib yuborish uchun har bir seksiyada drenaj quvurlari о‘rnatilgan.
Tik ajratgich – yarim sferik shakldagi tubga ega bо‘lgan tik holda о‘rnatilgan silindrik korpusdan iborat bо‘lib, gazsuyuqlik aralashmasini kiritish quvuri, suyuq va gazli fazani chiqarish chizig‘i, oldindan himoyalovchi va rostlovchi armatura hamda suyuqlik va gazni ajralishini ta’minlovchi maxsus qurilmadan tashkil topgan.
Tik ajratgichning afzalliklari: suyuqlik sathini rostlashni, parafin yotqiziqlarini va mexanik aralashmalarni tozalashni nisbatan soddaligi; katta bо‘lmagan maydon egallaydi.
Kamchiligi: apparatning bir xil kattalikdagi diametrida gorizontal ajratgichga taqqoslanganda ish unumdorligining kichikligi; ajralishnish samaradorligigi kichikligi.