437
KIRISH
Pandemiya sharoitida dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga qo‗ygan jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bir qator mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta‗siri
byudjet-soliq siyosatining imkoniyatlariga kompleks baho berish,
barcha turdagi
resurslardan samarali foydalanish va o‗rta muddatli kelajakda ularning
samaradorligiga erishish maqsadida davlat byudjetining imkoniyatlaridan to‗gri
foydalanish, uning iqtisodiyot taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan, oshkoralik,
barqarorlik va unumdorlik
tamoyillariga asoslangan, xalqaro amaliyotning eng sara
andozalariga mos keladigan ishonchli usullarini ishlab chiqish va ulardan maqsadli
foydalanish vazifalarini hal qilishni talab etadi.
Ushbu dasturda ―Davlat byudjeti‖ faniga kirish, davlat
byudjetining mohiyati
va ahamiyati, byudjet tuzilishi va byudjet tizimi, davlat byudjetininghuquqiy asoslari,
davlatning byudjet siyosati, davlat byudjetini boshqarish, byudjetlararo munosabatlar,
byudjet tasnifi, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tizimi, davlat byudjetining
holati, byudjet jarayoni, davlat byudjeti g‗azna
ijrosini tashkil qilish, byudjet
tashkilotlarini moliyalashtirish asoslari, davlat byudjetidan ta‘lim tizimi xarajatlarini
moliyalashtirish, davlat byudjetining sog‗liqni
saqlash xarajatlari, byudjetning
madaniyat va sport xarajatlari, davlat byudjetining ijtimoiy ta‘minot xarajatlari, davlat
byudjetining aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari, davlat byudjetining
iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investitsiyalar,
davlat byudjetining davlat
hokimiyati, boshqaruvi, sud, prokuratura organlarini saqlash xarajatlari, byudjet
nazoratini tashkil qilishkabi mavzular uzviylik va uzluksizlik
nuqtai-nazaridan
mantiqiy ketma-ketlikda o‗zaksini topgan. ―Davlat byudjeti‖ fanini chuqur o‗rganish
davlat moliya tizimida mavjud muammolarni hal qilishda muhim rol o‗ynaydi.
Ushbu ishchi o‗quv dasturiO‗zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil 7
fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar
strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi ―Oliy ta‘lim
tizimini
yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PQ-2909-sonli
Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi ―Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini
oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ PQ-3151-son Qarori hamda 2018 yil 5 iyundagi ―Oliy
ta‘lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirish va
ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo‗yicha
qo‗shimcha chora-tadbirlarto‗g‗risida‖gi
PQ-3775-
sonli
Qarorlarining
asosiy
qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda ―Davlat byudjeti‖ fanini o‗qitishda
zarur bo`lgan asosiy jihatlar yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: