Fiskalfederalizm – federal hukumat
va hududiy hokimiyatlarning moliya
sohasidagi
vakolatlarining
o‟zaro
taqsimlanishi.
Manba: Экономикаиправо:словарь-
справочник. - М.:Вузишкола.Л. П.Кураков и
др. 2004.
322
o‘xshash cheklovlar ikki xil usulda: ayrim davlatlarda (Braziliya, Meksika, Kanada)
federal markaz va sub‘ektlar cheklangan kompetentlik orqali biriktirilsa, boshqa
davlatlarda (Rossiya, Hindiston, Germaniya) cheklangan kompetentlik bilan bir
qatorda birgalikdagi markaz va regionlar kompetentsiyalari ham biriktiriladi. Bundan
tashqari, ba‘zi bir davlatlarda, xususan Rossiya Federatsiyasida markaz va aniq
federatsiya sub‘ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy vazifalarni chekloviga doir ikki
tomonlama shartnoma mavjud. Turli xil Federatsiya sub‘ektlari vazifalari hajmiga
bog‘liq ravishda simmetrik va asimmetrik turlarga bo‘linadi. Simmetrik
federatsiyalarda sub‘ektlar teng huquqli, asimmetrik federatsiyalarda aksi (Rossiya).
Uchinchidan,
Federatsiya sub‘ektlari o‘zining konstitutsiyasiga (konstitutsion
ustaviga), qonunchilik tizimiga, ba‘zan sud hokimiyatiga (Rossiyada bunga yo‘l
qo‘yilmaydi) ega bo‘lishi mumkin. Bu holda ularga o‘zlarining hududiy pullarni
kiritishga va qurolli kuchlarni tashkil etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‟rtinchidan,
Davlat boshqaruvi ikki palatali federal parlament yordamida
amalga oshiriladi, yuqori palata federatsiya sub‘ektlari vakillaridan tarkib topgan
bo‘ladi va ularni qiziqishlarini o‘zida ifoda etadi.
22.2.
Xorijiy mamlakatlarda byudjet jarayoni
AQSh byudjet tizimi federal byudjet, shtatlar byudjeti va munitsipalitetlar
byudjetidan iborat. Hozirda AQSh da 50 ta shtat va 83000 ta mahalliy organlar
mavjud, bundan tashqari AQSh ayrim turdagi mahalliy organlar ya‘ni javobgarligi
cheklangan doiradagi maxsus xizmat ko‘rsatish tumanlari va maktab okruglari
alohida ahamiyat kasb etadi.
Quyida keltirilgan 2.1-rasmda AQShda mavjud shtatlar ro‘yxati keltirilgan
(2.1-rasmga qarang).
Har bir shtat federatsiyaning teng huquqli a‘zosi sanaladi va markaziy federal
okrug Kolumbiya hisoblanadi. Har bir shtat o‘zining qonstitutsiyasiga,
qonunchiligiga hamda ijro etuvchi va sud tizimiga ega. Shtatlar o‘z navbatida
maydaroq boshqaruv birliklari bo‘lmish okruglardan tarkib topgan.
AQShda shtatlar va mahalliy boshqaruv organlari an‘anaga muvofiq aholiga
quyidagi asosiy davlat xizmatlari uchun javobgar sanalishadi: boshlang‘ich va o‘rta
ta‘lim, mahalliy militsiya va yong‘in havfsizligi xizmati, mahalliy transport, jamoat
ishlari va ijtimoiy ta‘minot, shuningdek shtatlar miqyosidagi oliy ta‘lim.
AQSh konstitutsiyasiga muvofiq o‘zining soliq solish huquqini faqat federal va
hududiy hukumatlarga bergan, bu paytda mahalliy organ boshqaruvi shtatlar
boshqaruvi organlari qarorlariga muvofiq soliqni belgilash va yig‘ish huquqini
olishadi. AQSh soliq tizimining alohida xususiyati shundan iboratki, har bir bo‘g‘in
byudjeti faqatgina o‘ziga tegishli bo‘lgan soliqlar tushumini hisobga oladi va
taqsimlash huquqiga ega. Shunday qilib Qo‘shma Shtatlarda soliq yig‘imlari
tushumining bir hukumat tomonidan boshqariladigan va turli xil byudjetlar o‘rtasida
taqsimlanadigan amaliyoti yo‘q. Bunday tartib ko‘p jihatdan turli xil bo‘g‘inlradagi
323
boshqaruv organlariga yirik fiskal mustaqillik va o‘zlariga biriktirilgan soliqlar,
ularning stavkalari va bazasi ustidan nazoratni amalga oshirish imkoiyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |