298
yuridik shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari hamda chet davlatlarga
kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining boshqa xarajatlari:
Qoraqalpog‗iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‗armalarini
shakllantirish xarajatlari;
davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‗yilishi
munosabati bilan, shuningdek davlat organlarining yoki ushbu organlar mansabdor
shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yuridik va jismoniy
shaxslarga yetkazilgan zararning o‗rnini qoplash xarajatlari;
harbiy-ma‘muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga
oshirish va hal qilish xarajatlari.
davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat
tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat
tomonidan qo‗llab-quvvatlash xarajatlari;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‗lari hisobidan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar
budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar o‗tkazib beriladigan
daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent
shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‗armalari
moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi
qo‗shimcha, ko‗zda tutilmagan xarajatlar o‗z vaqtida hamda uzluksiz
moliyalashtirilishini ta‘minlash uchun tashkil etiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent
shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‗armalari
mablag‗lari tegishincha O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetiga,
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat
budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlarning
budjetlariga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining
zaxira jamg‗armalarining miqdori Davlat budjeti to‗g‗risidagi qonun loyihasi qabul
qilinayotganda belgilanadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar
budjetlarining zaxira jamg‗armalari miqdori Qoraqalpog‗iston Respublikasi
300
jamg‗armasidan mablag‗lar oluvchilar O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
tegishli hududiy moliya organlariga tegishli zaxira jamg‗armasidan ajratilgan
mablag‗lardan foydalanilishi to‗g‗risida har chorakda hisobot taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: