243
bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironlar, urush faxriylari, chin yetimlar
va boshqalar) bepul tibbiy xizmat ko‗rsatish.
Shuningdek, hukumatning tegishli qarorlari bilan davlat davolash-profilaktika
muassasalarida bepul tibbiy xizmat ko‗rsatish belgilangan fuqaro toifalari, turg‗un
davolash muassasalarida ovqatlanish hamda dori-darmon bilan ta‘minlanish uchun
to‗lovdan to‗liq yoki qisman ozod qilinadigan fuqaro toifalari va kasallik turlari
belgilangan.
Sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar doirasida davlat tomonidan kafolatlan-
gan tibbiy xizmatlarning miqdori va sifatini yaxshilash bilan birga,―yuqori texnologik
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi
tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan,
xirurgiya, kardiologiya, ko‗z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya,
pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va
venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida zamonaviy asbob-uskunalar
bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to‗ldirilgan ixtisoslashtirilgan
tibbiyot markazlari faoliyat ko‗rsatmoqda‖
108
. Respublikaning ixtisoslashtirilgan
tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‗nalishlarini belgilash,
uning geografiyasini tuman (shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy
ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun
respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining mas‘uliyatini oshirish, ularning
amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy
etish maqsadida ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslash-
tirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi‖
qabul qilindi. ―Dastur doirasida 2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasida
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida davlat maqsadli
jamg‗armalari mablag‗lari hisobidan 373,5 milliard so‗m hamda xalqaro tashkilotlar
va moliya institutlarining mablag‗lari va grantlari hisobidan 100 million AQSH
dollari miqdorida mablag‗ ajratilishi ko‗zda tutilgan bo‗lib, shundan 60 milliard so‗m
mablag‗ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, rekonstruksiya
qilish va kapital ta‘mirlashga va 97 million AQSH dollari respublika va hududiy
ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‗naltiriladi‖
109
.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy xizmat iste‘molchilari uchun sog‗liqni saqlash
tizimi qanday manbalar hisobidan moliyalashtirilishi birinchi darajali ahamiyat kasb
etmaydi, ular uchun muhimi – ushbu tizim: aholining tibbiy xizmatlarga bo‗lgan
ehtiyojini to‗la qondirishi; tibbiy yordamning hammabopligi; tibbiy xizmatning
yuqori va kafolatlangan sifati; tibbiy yordamning uzluksiz va davomiyligi; sog‗liqni
saqlash resurslaridan foydalanish samaradorligining yuqori bo‗lishi; davlat kafolatlari
doirasidagi tibbiy yordamning zamonaviy darajasini ta‘minlashi zarur. Sog‗liqni saq-
lash sohasidagi islohotlar ham shu maqsadlar yo‗lida amalga oshiriladi.
108
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 iyundagi ―O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021
yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3071-son
Qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda.
109
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan
tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qaroriga sharh. O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda.