O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

 
 
 
14.1-rasm.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilgan 
islohotlarning asosiy yo„nalishlari
78
 
―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga 
ko‗ra,O‗zbekiston Respublikasida ta‘lim quyidagi ko‗rinishlarda amalga oshiriladi 
(14.2-rasm): 

77
2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar 


strategiyasi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonliFarmoniga 1-ilova. 
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 6-son, 70-modda. 
78
Nurmuxamedova B.I, Srojiddinova Z.X. ―O‗zbekiston respublikasida ta‘lim xarajatlarini rejalashtirish‖. T.: ―Info 
Capital Group‖. 2013. 10-b. 


195 
 
14.2-rasm. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko„ra O„zbekiston 
Respublikasida ta‟lim bosqichlari
79
Ta‘lim tizimining umumiy boshqaruvini O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta‘lim 
muassasalari, Toshkent Islom universiteti, shuningdek, xalqaro va xorijiy oliy ta‘lim 
muassasalari (Moskva davlat universiteti, Vestminster Universiteti va hokazo) 
filiallarini bevosita boshqaradi. 
O‗zbekistonda ta‘lim tizimi faoliyati ustidan rahbarlikni bevosita 3 ta vazirlik – 
Xalq ta‘limi (XTV), Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim (OO‗MTV) va Maktabgacha ta‘lim 
vazirligi (MTV) amalga oshiradi. 
Xalq ta‘limi vazirligi ―xalq ta‘limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona 
davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy o‗rta va maktabdan tashqari ta‘limni har 
tomonlama rivojlantirish, o‗quvchilarning bilimi va ma‘naviy-axloqiy darajasini 
yanada yuksaltirish‖
80
vazifasini bajaradi. XTV umumta‘lim maktablari va 
maktabdan tashqari muassasalar faoliyati uchun mas‘uldir. Vazirlik joylardagi 
tegishli ta‘lim muassasalari faoliyatini metodik boshqaruvchi viloyat, tuman va 
shahar xalq ta‘limi bo‗limlariga ega. 
Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi respublikada oliy va o‗rta maxsus, kasb-
hunar ta‘limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlik o‗z 
faoliyatida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.Vazirlik 
tizimiga Oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini rivojlantirsh markazi, idoraviy 
mansub oliy ta‘lim muassasalari kiradi. 
 
O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuni va Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so‗ng, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta 

79
―Ta‘lim to‘g‗risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi asosida. O‘RQ-464-I-son. 29.08.1997. 


Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son. 
80
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi ―O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi 
faoliyatini takomillashtirish to‘g‗risida‖gi PQ-3304-son Qarori. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017 
y., 07/17/3304/0037-son. 


196 
maxsus ta‘lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 341-sonli Qaroriga 
muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi huzurida 
Oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini rivojlantirish markazi tashkil etilgan. 
Rivojlantirish markazi oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimida 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga yo‗naltirilgan 
o‗quv-uslubiy, tashkiliy-huquqiy ta‘minotni ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik 
hamda axborot texnologiyalarini tatbiq etish bo‗yicha ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot 
muassasasi hisoblanadi. 
Rivojlantirish markazining maqsadi – mamlakatning ustivor ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi hamda ta‘limni rivojlantirishning jahon tendensiyalariga muvofiq oliy va 
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim tizimini me‘yoriy-huquqiy va ilmiy-uslubiy 
ta‘minlashdan iborat. 
Ta‘lim tizimini isloh qilish jarayoni mos huquqiy asosga tayanishi lozim, bu 
borada Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta‘limini rivojlantirish davlat 
umummilliy dasturi, boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga 
muvofiq amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmuyi ta‘lim tizimi 
taraqqiyotidagi ijobiy tendensiyalar uchun asos bo‗lib xizmat qildi. 
Jumladan, mamlakatimizda Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etilib, tizimni 
malakali kadrlar bilan ta‘minlash, davlat va xususiy sheriklik asosida yaqin istiqbolda 
mamlakatimizda 
bog‗cha 
yoshidagi 
bolalarni 
to‗liq 
maktabgacha ta‘lim 
muassasalariga qamrab olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Keng 
jamoatchilik va ota-onalarning fikr va takliflari asosida yurtimizda 11 yillik majburiy 
maktab ta‘limi qayta joriy etilib, o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi optimallashtirildi. 
Oliy ta‘lim muassasalariga qabul kvotalari ko‗paytirildi, xorijdagi nufuzli oliy ta‘lim 
muassasalari diplomlarini nostrifikatsiyalash tizimi soddalashtirildi, talab yuqori 
bo‗lgan qator sohalar bo‗yicha sirtqi ta‘lim yo‗lga qo‗yildi hamda oliy ta‘limdan 
keyingi ta‘lim tizimi ham xalqaro andozalarga asosan takomillashtirildi.
2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid Davlat 
dasturida ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunining yangi 
tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish belgilangan
81
. Bugungi kunda 
mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyotini belgilab beruvchi eng muhim sohalardan 
biri bo‗lgan ta‘lim tizimidagi tub yangilanishlar, rivojlangan xorijiy davlatlarning 
ilg‗or tajribalari milliy ta‘lim tizimiga joriy etilayotganligi va bir qator xalqaro 
konvensiyalarning ratifikatsiya qilinganligi, shu bilan birga, 
O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan qabul qilingan sohaga doir qaror va 
farmonlarni qonunchilikka muvofiqlashtirish zaruratidan kelib chiqib, ushbu 
yo‗nalishdagi asosiy hujjat – ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonunning yangi tahrirdagi 
loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasini tayyorlash jarayonida 20 dan ortiq 
rivojlangan xorijiy davlatlarning ta‘lim to‗g‗risidagi qonunchiligi o‗rganilib, shu 

81
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar 
va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'grisida‖gi PF-5308-sonli Farmoni. 
Qonun hujjatlari ma‘lumotlar milliy bazasi: 06/18/5308/0610-son. 23.01.2018. 


197 
asosda yangi tahrirdagi qonun loyihasiga 36 ta yangi modda kiritildi. Amaldagi 
qonunning 33 ta moddasiga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritildi. 
Shuningdek, qonun loyihasida katta yoshdagilar ta‘limi, maxsus ta‘lim, 
inklyuziv ta‘lim, davlat- xususiy sheriklik, ta‘lim sohasidagi davlat nazorati, ta‘lim 
muassasalarining o‗zini o‗zi baholashi, ta‘lim sohasida eksperimental va innovatsion 
faoliyat kabi yangi normalar nazarda tutilmoqda. 
Qonun loyihasini umumxalq muhokamasidan o‗tkazish va ularning fikr-
mulohaza hamda takliflarini olish maqsadida O‗zbekiston Respublikasining interaktiv 
davlat xizmatlari yagona portaliga joylashtirildi. 
Bu boradagi islohotlatning bosh vazifasi mamlakatimiz ta‘lim tizimining 
fuqarolarning komil shaxslar bo‗lib shakllanishiga yo‗naltirilgan, inson omilini 
namoyon etadigan, mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni yetish-
tirib beradigan eng yaxshi an‘analarini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat.

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish