O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

Fiskal strategiyani ishlab chiqishda
O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish 
vazirligi bilan kelgusidagi o‗rta muddatli davr uchun birinchi darajali budjet 
mablag‗larini taqsimlovchilarga ajratiladigan, shuningdek Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga 


145 
obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital 
qo‗yilmalarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlarini belgilaydi.
Fiskal strategiya O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab 
chiqiladi. 
Kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya:
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-iyuniga qadar kiritiladi;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 15-iyuniga 
qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan 
keyin O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ma‘lumot uchun 
kiritiladi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‗zining rasmiy 
veb-saytida e‘lon qilinadi. 
Fiskal strategiya O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi kelgusi moliya yili uchun:
birinchi darajali budjet mablag‗larini taqsimlovchilarga, O‗zbekiston 
Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlariga 
va budjet mablag‗larini oluvchilarga, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Administratsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi 
darajali budjet mablag‗larini taqsimlovchilarga — O‗zbekiston Respublikasining 
respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‗larining cheklangan miqdorlarini, 
shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash 
uchun kapital qo‗yilmalar bo‗yicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklariga — O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy 
budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini, 
shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash 
uchun kapital qo‗yilmalar bo‗yicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi organlarga — O‗zbekiston 
Respublikasining respublika budjetidan davlat maqsadli jamg‗armalariga 
ajratiladigan transfertlarning cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan kelgusi 
moliya yili uchun O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan 
budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari besh ish 
kuni ichida tegishli budjetlarning budjet so‗rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish 
muddatlarini belgilash to‗g‗risida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy budjetlarining budjet so‗rovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish 
muddatlarini belgilash haqida qaror qabul qilinganidan keyin Qoraqalpog‗iston 


146 
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya 
boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar hokimliklariga Qoraqalpog‗iston Respublikasining 
respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining 
shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning 
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan 
hududiy budjet mablag‗larini taqsimlovchilarga — kelgusi moliya yili uchun 
ajratiladigan budjet mablag‗larining cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar hokimlari Qoraqalpog‗iston Respublikasining 
respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining 
shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini 
olganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli budjetlarning budjet so‗rovlarini tuzish 
hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash to‗g‗risida qarorlar qabul qiladi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‗limlari tegishli 
budjetlarning budjet so‗rovlarini tuzish va ularni taqdim etish muddatlarini belgilash 
haqidagi qarorlarni olganidan keyin kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet 
mablag‗larining cheklangan miqdorlarini tumanlar va shaharlar budjetlaridan 
moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‗larini taqsimlovchilarga yetkazadi. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish