9.1-rasm. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi
45
45
―O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksini tasdiqlash to‘g‗risida‖gi O‘RQ-360-son (26.12.2013) O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni bilan qabul qilingan Byudjet Kodeksiga asosan.
101
Har bir hokimiyat idoralari o‗zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib
chiqib, o‗z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga ega bo‗lishi kerak. Respublika
hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni – mudofaa, milliy havfsizlikni
ta‘minlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, turli ijtimoiy xizmatlarni
moliyalashtirish, fuqarolar ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yirik
vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari hajmi ham salmoqli
bo‗lishi shart. Qo‗shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, yuridik shaxslarning
daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika
byudjetiga tushadi.
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O‗zbekiston
Respublikasida amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksining IV bo‗limi ―Byudjet
tizimi byudjetlarining daromadlari‖ deb nomlanadi. Ushbu bo‗limning 9-bobida
davlat byudjeti daromadlari tarkibi tegishli moddalarda belgilab berilgan. Xususan,
Kodeksning 50-moddasi ―Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish‖ deb nomla-
nadi va unda davlat byudjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi ko‗rsa-
tilgan (9.1-rasm):
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar;
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan
daromadlar;
meros, hadya huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tgan pul mablag‗lari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga
ajratilgan kreditlarni to‗lash hisobidan to‗lovlar;
qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet kodeksining 51-moddasida O‗zbekiston Respublikasining respublika
byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab berilgan bo‗lib, ular
quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig‗i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i;
aksiz solig‗i;
yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari
bo‗yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno);
2) bojxona bojlari;
3) qo‗shilgan qiymat solig‗i;
4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlar
jumlasiga qonunchilikka muvofiq O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetiga
yo‗naltiriladigan davlat bojlari, yig‗imlar, tovon pullari, kompensatsiya to‗lovlari,
jarima sanksiyalari va davlat daromadiga o‗tkazilgan mol-mulkni realizatsiya
qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo‗yicha davlat aktivlarini
joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, meros,
hadya huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tkazilgan pul mablag‗lari, yuridik va
jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul
102
tushumlari, rezident bo‗lgan yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini, chet
davlatlarga berilgan kreditlarni to‗lash hisobidan to‗lovlar, aksiyalarning davlat
ulushi (payi) bo‗yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati
organlarining ulushi bo‗yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mahsulot
taqsimotiga oid bitimlar bo‗yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi,
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa daromadlar kiradi.
Byudjet kodeksining 52-moddasida Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlarini shakllantirish
manbalari ko‗rsatilgan bo‗lib, ular:
Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlarining daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig‗i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i;
aksiz solig‗i;
yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari
bo‗yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno).
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3) mol-mulk solig‗i;
4) yer solig‗i;
5) qurilish materiallari bo‗yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) aylanmadan olinadigan soliq;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‗zbekiston Respublikasi
hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‗im;
9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga
qonunchilikka muvofiq Qoraqalpog‗iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo‗naltiriladigan davlat daromadiga
o‗tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan
normativlar bo‗yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va
sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yig‗imlar, tovon pullari va jarima
sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‗yicha davlat ixtiyoriga o‗tgan mol-
mulkni, huquq bo‗yicha davlat daromadiga o‗tkazilishi lozim bo‗lgan xazinalarni
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining
ulushi bo‗yicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa
daromadlar kiradi.
O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo
transfertlar Qoraqalpog‗iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining daromadlari hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan ayrim soliqlar
va boshqa daromadlar Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjetiga,
viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin.
103
Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat
budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari
o‗rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, byudjet daromadlarining shakllanishi mamlakat yalpi
ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining
elementlaridan biri bo‗lib, oraliq xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga
tegishli bo‗lgan daromadlar va jamg‗armalarning bir qismini davlat byudjetiga
o‗tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-
buyumlashgan mazmunini davlat ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‗lari tashkil
etadi. Byudjetning qayta taqsimlash funksiyasi namoyon bo‗lish shakli davlat
byudjetiga tushuvchi turli soliqlar, to‗lovlar, yig‗imlar, bojlar va ajratmalarning
harakatida namoyon bo‗ladi.
Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda
davlatning ulushini ko‗rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‗i mamlakatning
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda
davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar
bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda davlat byudjetida to‗planadigan
mablag‗larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi.
Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda
davlatning ulushini ko‗rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‗i mamlakatning
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda
davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar
bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda byudjetda to‗planadigan
mablag‗larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi.
Bugungi kunda davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir
mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‗sish sur‘atlarini
ta‘minlashga yo‗naltirilgan iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo‗ymoqda. Bunda
samarali iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga yo‗naltirilgan fiskal siyosat yuritish
masalasi markaziy o‗rinni egallamoqda. Shu bilan birga, umumiy iqtisodiy
muvozanatni ta‘minlashga yo‗naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog‗liq
muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog‗liq bo‗lmoq-
da. Buni o‗z navbatida keyingi yillarda kuzatilayotgan byudjet profitsiti, rejalash-
tirilgan davlat byudjeti daromad ko‗rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat
byudjeti ijrosining g‗aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet
xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanayotgani bilan izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |