O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Byudjet tizimi bo„g„inlari daromadliligini tartibga solishda



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

7.3. Byudjet tizimi bo„g„inlari daromadliligini tartibga solishda 
byudjetlararo munosabatlarning ahamiyati 
7.4. Byudjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari 
 
Tayanch so„z va iboralar:
byudjetlararo munosabatlar; respublika 
byudjeti; Qoraqalpog„iston Respublikasining respublika byudjeti; viloyatlarning 
viloyat byudjetlari; Toshkent shahrining shahar byudjeti; byudjetlararo 
transfertlar; subventsiyalar, o„tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, 
byudjet ssudasi va o„zaro hisob-kitoblar bo„yicha mablag„lar.
 
 
7.1.
 
Byudjetlararo munosabatlar to„g„risida tushuncha 
Barcha mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, tarmoqlarning turli darajada 
rivojlanishi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad va ijtimoiy 
salohiyatning boshlang‗ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning eng muhim 
vazifalaridan biri o‗z fuqarolari farovonligining barqaror o‗sishini ta‘minlash va barcha 
mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdir. Bunga esa davlatning 
moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash orqali erishiladi. 
O‗zbekiston Respublikasida 2013 yil qabul qilingan ―Byudjet kodeksi‖ning 132-
moddasida Byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha yondoshilgan, Byudjetlararo 
munosabatlar O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent 
shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat maqsadli 
jamg‗armalari byudjetlari o‗rtasidagi Kodeks bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan 
xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar 
bilan ta‘minlashga doir munosabatlardir. 
Byudjet jarayonida: 
O‗zbekiston Respublikasi respublika byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlari 
bilan; 
davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining tumanlar va shaharlar byudjetlari 
bilan; 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat 
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining bir-biri bilan, shuningdek, boshqa 
ma‘muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari byudjetlari bilan; 
tumanlar va shaharlar byudjetlari o‗rtasida o‗zaro munosabatlariga yo‗l 
qo‗yilmaydi. Byudjetlararo munosabatlarning birmuncha to‗laroq ta‘rifi rus iqtisodchi 
olimlari A.M.Babich va L.N.Pavlova tomonidan tayyorlangan ―Finansi‖ nomli darsligida 
berilgan: ―Byudjetlararo munosabatlar davlat hokimiyat organlari, markaziy hokimiyat va 
mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari o‗rtasida byudjetlarni tuzish va ijro etish hamda 


68 
byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog‗liq huquq va majburiyatlar, vakolatlarning 
biriktirilishi va chegaralanishiga oid munosabatlar majmuidir‖
40

Ushbu ta‘rifni ham yetarlicha aniq berilgan deb hisoblab bo‗lmaydi, chunki u 
mazkur muammoni hal etishning huquqiy asoslarini ko‗rib chiqish va tayyorlash 
jarayonidagi munosabatlarnigina aks ettiradi. Byudjetning ijro etilishi davomida 
mablag‗larning bir byudjet bo‗g‗inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar 
o‗rtasidagi haqiqatdagi harakati haqida ushbu ta‘rifda umuman fikr bildirilmagan. 
Byudjetlararo munosabatlar mazmuni va turli adabiyotlarda talqin etilish darajasini 
tahlil etish natijasida shunday xulosa qilish mumkin: byudjetlararo munosabatlar sodir 
bo‗layotgan byudjet tizimi darajalariga ko‗ra ularni byudjet tizimi pog‗onalari o‗rtasidagi 
va bir darajadagi byudjet bo‗g‗inlari o‗rtasidagi munosabatlarga bo‗lish mumkin. Demak, 
―byudjetlararo munosabatlar‖ tushunchasi, bizning fikrimizcha, quyidagilarni o‗z ichiga 
olmog‗i lozim: 

byudjet jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarning birmuncha to‗liqroq 
tarkibini; 

davlat hokimiyati boshqaruv organlarining o‗zaro (bir darajadagi) munosabatlarini; 

quyi byudjet bo‗g‗inlarining respublika byudjeti bilan o‗zaro munosabatlarini; 

moliyaviy yordamning nafaqat yuqoridan quyiga, balki quyi byudjetlardan yuqori 
byudjetlarga ham berilish holatlarini va hokazo. 
Bulardan kelib chiqib, byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy voqelik sifatidagi 
tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta‘kidlash zarur: 

birinchidan, byudjetlararo munosabatlar – keng qamrovli byudjet siyosatini 
markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining ajralmas qismidir; 

ikkinchidan, 
byudjetlararo 
munosabatlar 
byudjet 
siyosatining 
boshqa 
yo‗nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi; 

uchinchidan, byudjetlararo munosabatlar — nafaqat boshqaruvning turli 
darajalaridagi hokimiyat organlari o‗rtasidagi munosabat, balki eng avvalo, mamlakatning 
ma‘muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‗rtasida markaz orqali shakllangan va davlat 
hokimiyatiga uning aniq funksiyalarini hududiy darajada bajarish, jamiyat taraqqiyoti 
uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan barcha pul mablag‗larining 
taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir; 

to‗rtinchidan, hududlardan, joylardan markaziy hokimiyat (respublika darajasi)ga 
mablag‗lar tushib turishining ta‘minlanishi o‗z navbatida ularga davlat boshqaruvi 
bo‗yicha aniq vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish huquqini ham 
beradi, bu holat respublika davlat hokimiyatining o‗z hududlari manfaatida yagona va 
samarali boshqaruvni ta‘minlaydi. Shu bilan birga, respublika byudjetidan mahalliy 
byudjetlarga mablag‗larning ajratilishi mamlakatni markazdan boshqarishda mahalliy 
byudjetlar zimmasidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun dastak yaratadi hamda 
hududlarda ma‘lum mahalliychilik kayfiyatlari yuzaga kelishining obyektiv asoslarini 
bartaraf etadi; 

beshinchidan, byudjetlararo munosabatlar - bu mutlaqo teng ahamiyatli tarzda 
quyidan yuqoriga va yuqoridan quyiga harakatlanuvchi moliyaviy oqimlardir. Ushbu 
munosabatlarsiz turli darajadagi byudjetlarni muvaffaqiyatli shakllantirib bo‗lmas edi. Shu 

40
Babich A. M. Finansi : Uchebnik/ A. M. Babich, L. N.Pavlova. -M.: ID FBK-PRESS, 2000. 




69 
sababli ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlarni shakllantiruvchi ta‘sirchan omil 
hisoblanadi. 
Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta‘rif berishimiz 
mumkin: 
“Byudjetlararo munosabatlar – davlat byudjet mexanizmining muhim ajralmas 
elementi bo„lib, mamlakatning ma‟muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o„rtasida 
markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash 
jarayonini oqilona tartibga solishni ta‟minlaydi va bundan tashqari, markaziy 
hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va 
majburiyatlarni o„zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida 
jamlangan pul mablag„larining ushbu subyektlar o„rtasida qayta taqsimlanishini o„z 
ichiga oluvchi munosabatlar yig„indisidir”
41


Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish