14.4. Maktabgacha ta‟lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va
moliyalashtirish
Mustaqillik yillarida respublikamizda milliy ta‘lim va tarbiya tizimi davlat
siyosatining asosiy ustuvor yo‗nalishi darajasiga ko‗tarildi. O‗zbekiston Respublika-
sining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon
hamjamiyati tomonidan keng e‘tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining
muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta‘lim tizimi barpo
etildi.
Maktabgacha ta‘lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‗g‗ini hisoblanadi va butun
ta‘lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‗lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga
erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta‘lim bolalarda o‗qishga havas uyg‗otish, ularni tizimli ravishda
o‗qishga tayyorlash, sog‗lom va barkamol shaxs bo‗lib shakllanishiga xizmat qiladi. Bu
Maktabgacha ta’limning maqsadi
–
bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlash, sog‗lom, har tomonlama yetuk,
erkin shaxsni tarbiyalash, bolalarning qobiliyatini ochish, ularda o‘qishga,
muntazam ta‘lim olishga havas uyg‗otishdan iborat.
204
ta‘lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‗chasida va mulk shaklidan qat‘i nazar,
boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi ―Maktabgacha
ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-
5198-sonli Farmoni
85
bilan ―uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo‗g‗ini bo‗lgan maktab-
gacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini
yaratish, maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‗ini kengaytirish,
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan
ta‘minlash, maktabgacha ta‘lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish,
ta‘lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish
orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish
hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta‘lim bosh
boshqarmasi,
viloyatlar maktabgacha ta‘lim boshqarmalari hamda ularning
tuman(shahar)lardagi bo‗limlari tashkil etildi;
respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o‗ringa mo‗ljallangan davlat va
nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalarini qo‗shimcha barpo etish orqali bolalarni
maktabgacha ta‘lim bilan bosqichma-bosqich to‗liqqamrab olish, bolalarga maktabgacha
ta‘lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks
dasturlar ishlab chiqildi.
2018-yil boshiga kelib respublikada 4 911 ta davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi
(MTM) faoliyat olib borayotgan bo‗lib, 2 mln. 450 mingga yaqin bog‗cha yoshidagi (3-7
yosh) bolalarning 739 ming 600 nafari (30,2 foizi) MTM bilan qamrab olingan
86
. Ushbu
sohada sog‗lom va har tomonlama rivojlangan o‗sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga
salmoqli hissa qo‗shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda
87
.
Maktabgacha ta‘lim, shakli va usullaridan qat‘i nazar, quyidagi vazifalarni bajaradi
(14.4-rasm):
Maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyat xususiyatlariga ko‗ra quyidagi
tiplarga bo‗linadi:
umumiy tipdagi maktabgacha ta‘lim muassasalari;
ixtisoslashtirilgan (jismoniy va ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlari mavjud
bo‗lgan bolalar uchun) maktabgacha ta‘lim muassasalari;
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan,
surunkali asoratlarga ega bo‗lgan bolalar uchun) maktabgacha ta‘lim muassasalari.
Muassasaning qanday tipga mansubligi uning xarajatlarini rejalashtirishda
hisobga olinadi. Maktabgacha ta‘lim muassasasi o‗z moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini
byudjet mablag‗lari va byudjetdan tashqari mablag‗lar doirasida amalga oshiradi.
85
―O‘zbekistonRespublikasiqonunhujjatlarito‘plami‖,2017 yil 9 oktyabr, 40-son, 1054-modda.
86
Fuqarolar uchun byudjet. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, BMTTD. T.: 2018. B. 37.
87
O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2017-yil 9-
sentyabrdagi―Maktabgachata‘limtiziminitubdantakomillashtirishchora-tadbirlarito‘g‗risida‖giPQ-3261-
sonqarorigasharh. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 984-modda)
205
Do'stlaringiz bilan baham: |