22.1-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari
148
Ularning har biri o‗z ma‘muriy-hududiy bo‗linishiga ega. Butun federatsiya
uchun umumiy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan bir qatorda, har bir
federatsiya subyektining hududida o‗z davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy va
mahalliy organlari faoliyat ko‗rsatadi. Federatsiya a‘zolari (subyektlari) o‗zining sud
organlari va boshqa adliya organlariga ham ega bo‗ladi, o‗z konstitutsiyasi va qo-
nunlarini qabul qiladi.
149
Federativ davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Fe-
derativ Respublikasi, AQSH, Kanada, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya kabi
davlatlar kiradi.
Konfederatsiya
nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi shaklidir. Konfederatsiya
davlatlar birlash-masi yoki ittifoqi bo‗lib, uni tashkil etuvchi davlatlar o‗z
mustaqilligini to‗la saqlab qoladi, o‗zining hokimiyat, boshqaruv va adliya
organlariga ega bo‗ladi. Konfederatsiyaga a‘zo davlatlar o‗z faoliyatini
muvofiqlashtirish uchun qo‗shma organlar tuzadi. Mazkur organlar qat‘iy belgilangan
sohalarda faoliyat ko‗rsatadi va qat‘iy belgilangan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy va b.)
maqsadlarni ko‗zlaydi. Konfederatsiyaga ba‘zan davlatlarning federatsiyaga
birlashish sari tutgan yo‗lidagi oraliq bo‗g‗in, deb ham qaraladi.
Konfederatsiya alomatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi(MDH)da ham
mavjud.
Federatsiya va konfederatsiyaning asosiy farqlari:
–
Federatsiyaning huquqiy asosi dastlab shartnoma, keyinchalik esa konstitutsiya
bo‘ladi; Konfederatsiyaning huquqiy asosi bo‘lib faqat shartnoma maydonga chiqadi.
–
Federatsiya - davlat-huquqiy maqomdagi tashkilot, buning natijasida esa yangi
davlat vujudga keladi; Konfederatsiya esa xalqaro-huquqiy ittifoq bo‘lib, davlat
sifatida qabul qilinishiga hali erta.
148
Nurmuxamedova B. Moliya. O‗quv qo‗llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 117-bet.
149
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‗at. Mas‘ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoyev –
T.:―O‗zbekiston‖ nashriyoti, 2006-yil. – 584-bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary
Konfederativ
davlat
Unitar
davlat
Federativ
davlat
Ma‘lum siyosiy
mustaqillikka ega
bo‘lgan davlatlar
ittifoqi
Davlat hududida
federativ birliklar
bo‘lmagan, lekin
ma‘muriy-hududiy
birliklari
mavjud
bo‘lgan davlat
tuzilishi
Bir necha davlat
tuzilmalari birlashib,
yagona ittifoq
davlatini tashkil
qiluvchi davlat
tuzilishi
Davlat tuzilishi shakllari
319
–
Federatsiya hududi yagona maqomga ega; Konfederatsiya esa yagona hududga
ega bo‘lmaydi, uning hududi mazkur ittifoq tarkibiga kiruvchi davlatlarning
hududidan tashkil topadi.
–
Federatsiya yagona fuqarolik o‘rnatilgan, Konfederatsiyada esa yagona
fuqarolik mavjud emas, lekin konfederatsiya hududida shaxs maqomining bir-biriga
yaqinligini ta‘minlab beruvchi normalar o‘rnatilishi mumkin.
–
Federatsiyada davlat hokimiyati(qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud
hokimiyati)ning yagona organlari mavjud; Konfederatsiya bunday organlarga ega
emas, u yerda faqat yagona maqsadlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi
muvofiqlashtiruvchi organlar shakllantirilishi mumkin.
–
Federatsiyada umumiy huquqiy aktlarning federatsiya subyektlari aktlaridan
ustunligi prinsipi amal qiladi; Federatsiyada federal organlar tomonidan federatsiya
subyektining aktini direktiv yo‘l yoki nizoni ko‘rib chiquvchi konstitutsiyaviy nazorat
organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan tartib mavjud.Konfederatsiyada
esa uning muvofiqlashtiruvchi organi chiqargan qaror konfederatsiya a‘zolarining
organlari qarorlari orqali qabul qilinadi. Bu qarorlar yo ratifikatsiya qilinadi yoki
boshqa yo‘l bilan tan olinadi. Bunda konfederatsiya a‘zolari umumiy qarorlarni
o‘zlari uchun majburiy deb tan olmasliklari mumkin.
–
Federatsiyalarda yagona qurolli kuchlar mavjud. Faqat ayrim holatlardagina
federatsiya a‘zolariga ayrim qurolli kuchlarga ega bo‘lishga ruxsat berilar edi. Lekin
ular baribir yagona qurolli kuchlar tarkibiga kirar edi (masalan, sobiq Sovet
Ittifoqining siyosiy tarixidagi ayrim davrlarni olsak, ittifoqdosh respublikalarga
harbiy qo‘shinga ega bo‘lishga ruxsat berilar edi). Konfederatsiyada esa unga
kiruvchi davlatlarning mustaqil armiyalari mavjud, ular umumiy qo‘mondonlik
asosida birlashtirilishi mumkin. Davlatlarning kelishuviga binoan turli davlatlarning
harbiy kontingentlaridan tashkil topgan yagona armiya tuzilishi mumkin, lekin
davlatlar o‘zlarining qurolli kuchlarini ham saqlab qolish huquqiga ega.
–
Federatsiyada yagona soliqlar mavjud bo‘lib, ularni federatsiya to‘liq ravishda
o‘rnatishi mumkin, bundan tashqari federatsiya soliq va moliya siyosati borasida
ustuvor va andozaviy normalarni o‘rnatishi mumkin. Konfederatsiyaga kiruvchi har
bir davlat o‘z soliqlari va moliya tizimiga ega bo‘lib, Konfederatsiya mablag‘larining
manbasi sifatida unga kiruvchi a‘zolarning badallari hisobga olinadi.
–
Federatsiyada yagona pul tizimi mavjud bo‘lib, barcha hududda amal qiladi.
Konfederatsiyaga kiruvchi har bir davlatda o‘z valyutasi mavjud, to‘g‘ri, pul tizimlari
bu holatda bir-biriga yaqinlashtirilishi mumkin.
–
Federatsiya yagona iqtisodiy siyosat yoki uni yagona markazdan boshqarish
qoidalariga ega. Konfederatsiyada esa muvofiqlashtirish mavjud bo‘lishi mumkin,
lekin yana Konfederatsiya a‘zolarining ixtiyoriy tan olishi orqali.
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjetini, uning bo‗g‗inlari o‗rtasidagi
o‗zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga
kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet
tizimi byudjetlari tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‗larini shakllantirish va
sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi (22.2-rasm).
320
Do'stlaringiz bilan baham: |