Bog'liq MM 58 2 guruh talabasi Odilova Dilobar mustaqil ish 2
Listing va delisting jarayonlari hamda ularga qo'yiladigan talablar «Toshkent» fond birjasida amaldagi qonunchilikka asosan birja talablariga javob beradigan va birja rasmiy ro‘yxatiga kiritilgan qimmatli qog'ozlar savdoga qo‘yiladi. Emitentning xo‘jalik-moliyaviy holatining barqarorligi, bozorda faolligi va uni qimmatli qog'ozining likvidligiga asosan qog'ozni ma’lum toifaga kiritish jarayoni listing jarayoni deyiladi. Birjada qimmatli qog'ozlar listingi uchun maxsus listing komissiyasi tuzilgan. Uning tarkibi rais va kamida 4 ta a’zodan iborat bo'lib, listing komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: — emitentning moliyaviy holatini ekspertiza qilish: — qimmatli qog'ozlarni birja rasmiy ro'yxatiga kiritish imkoniyati to'g'risida xulosa chiqarish: — qimmatli qog'ozlarni listing toifasiga ajratish va boshqalar. Emitent o'zining qimmatli qog'ozini listingga kiritish uchun listing komissiyasiga quyidagi hujjatlami taqdim etadi: 1. Listing jarayoniga kiritish to'g'risida rasmiy ariza. 2. T a’sis hujjatlari (unga kiritilgan o'zgarishlar va qo'shimchalar bilan birga). 3. Korxonani davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi. 4. O'zbekiston Respublikasi Davlat Mulki Qo'mitasining buyrug'i (agarda aksiyadorlik jamiyati davlat korxonasi asosida tashkil etilgan bo'lsa). 5. Qilinadigan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlar, litsenziya talab etiladigan bo'lsa bu to'g'risidagi lizensiyalar. 1. Qo'shimcha qimmatli qog'ozlarni chiqarish to ‘g‘risidagi qabul qilingan qarordan ko'chirma. 2. Oldingi emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarning ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi emissiya risolasi. 3. Q im m atli qog'ozlar b o ‘yicha depozitar xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasi. 4. Aksiyadorlik jamiyatining oldingi qimmatli qog'ozlar emissiyasi to'g'risidagi m a’lumotnoma. 5. Yakunlangan oldingi uch moliyayili uchun Buxgalteriya balansi (1-shakl) va unga tushuntirish xati. 6. Yakunlangan oldingi uch moliya yili uchun Moliyaviy natija to'g'risidagi hisobot (2-shakl). 7. Oxirgi yakunlangan moliya yili uchun Asosiy vositalarning harakati to'g'risidagi hisobot (3-shakl). 8. Oxirgi yakunlangan moliya yili uchun Pul oqimlari bo‘yicha hisobot (4-shakl). 9. Oxirgi yakunlangan moliya yili uchun 0 ‘zlik kapital to'g'risidagi hisobot (5-shakl). 10. Oxirgi yakunlangan moliya yili va ariza berilayotgan m uddat bo'yicha balansga debitorlik — kreditorlik qarzdorlik to'g'risidagi ilova (2-shakl). 11. Birja rasmiy ro'yxatiga kiritish to'g'risidagi ariza berilgan muddatda oxirgi kvartal uchun Buxgalteriya balansi (1-shakl). 12. Yakunlangan oxirgi moliya yili va joriy yilning hisobot muddati uchun rasmiy auditorning xulosasi. 13. Birja rasmiy ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi ariza berilgan muddatda oxirgi kvartal uchun Moliyaviy natijalari to'g'risidagi hisobot (2-shakl). 14. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi natijasida jalb etilgan mablag'larning sarflanishi to‘g‘risidagi biznes reja yoki texnik- iqtisodiy asosning loyihasi (agarda qo'shimcha emissiya bo'lsa). 15. Qimmatli qog'ozlarni reestr saqlovchisi to 'g 'risid a m a ’- lumot. 16. Aksiyadorlik reestri bo'yicha umumiy m a’lumot. 17. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organiga kirgan shaxslarning ro‘yxati va ularni ustav kapitalidagi ulushi to ‘g‘risida m a’lumot. 18. Yirik aksiyadorlarning ro 'y x ati (ustav kapitalidagi ulushi 5 foizdan ortiq bo'lsa). 19. D etaining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisobot. 20. Yakunlangan oxirgi moliya yili uchun vakolatli davlat organi tasdiqlagan qimmatli qog'ozlar to‘g‘risidagi yillik hisobot. 21. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o ‘tkazish xarajatlarini to ‘lash bo‘yicha to'lov topshiriqnomasining nusxasi. 22. Emitentning moliyaviy holati to'g'risidagi boshqa hujjatlar. Listing komissiyasi tomonidan emitentning qimmatli qog'ozini ekspertizadan o‘tkazib, uni birjaning rasmiy ro'yxati va listing guruhiga kiritish to'g'risidagi xulosasidan so'ng komissiya hamda emitent o'rtasida maxsus shartnoma imzolanadi. «Toshkent» Respublika fond birjasida qimmatli qog'ozlarni delisting jarayonining tartibi ham mavjud. Delisting bu -em itentning qimmatli qog'ozini birja rasmiy ro'yxatiga kiritilgan toifadan vaqtincha yoki butunlay chiqarishdir. Birjaning maxsus komissiyasi quyidagi holatlarda emitentga nisbatan delistingni qo‘llaydi: — davlatning vakolatli organini emitentning qimmatli qog‘ozlari emissiyasini to'xtatish to'g'risidagi qarori asosida; — listing shartlarida S guruhi uchun ko‘zda tutilgan bironta ko'rsatkichlarning pasayishi holati asosida; — emitentning qimmatli qog'ozlar reestrini yuritishdagi o ‘rnatilgan tartibni buzishi asosida, shujumladan qimmatli qog'ozlar emissiyasini takroriy ro'yxatdan o'tkazish tartibini ham buzishi asosida; — «Toshkent» Respublika fond birjasi va emitent bilan listing shartnomasidagi qoidalarni buzganligi asosida; — «Toshkent» Respublika fond birjasi va emitentning listing oldi shartnomasidagi qoidalarni buzganligi asosida; — listingdan tashqari emitentlarni fond birjasida qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilishda o'rnatilgan barcha qoidalarni buzganligi asosida; — birja rasmiy ro'yxatidan korxonalarning qimmatli qog'ozlar reestrini yuritish tartib- qoidalarni buzganligi asosida. «Toshkent» Respublika fond birjasida emitentga nisbatan delisting jarayoni uch xil shaklda qo'llanilishi mumkin: — vaqtincha delisting: — doimiy delisting: — mutloq delisting. Vaqtinchalik delisting jarayonida emitentning qimmatli qog'ozi vaqtinchalik listingdan listingoldi toifaga o'tkazib qo'yiladi. Doimiy delisting jarayonida emitentning qimmatli qog'ozi listingdan tashqari toifaga o'tkaziladi. Mutloq delisting jarayonida esa emitentning qimmatli qog'ozi birjaning rasmiy ro'yxatidan chiqarib tashlanadi. Listing komissiyasi em itentga nisbatan delisting jarayonini qo'llashdan oldin unga rasmiy ogohlantirish beradi.