35
boshqariladigan obyektning barcha tarkibiy qismlari uzviy amal qilishini ta’minlaydi,
bir tomonlama yondashuvni inkor etadi, tizimning turli unsurlari o‘rtasida
nomutanosiblik va qarama - qarshiliklarni bartaraf etishga yordam bеradi va shu
sababli faqat boshqaruv obyektiga nisbatan emas, balki boshqaruvning o‘ziga
nisbatan ham amalga oshirilishi kеrak.
Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimni o‘rganish jarayonida boshqaruvda tizimli
yondashuv mohiyati asosan quyidagilardan iborat:
-
boshqaruv maqsadlarini yaratish;
- qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishdan eng kam xarajat qilib, eng katta
samaraga ega bo‘lish;
- maqsad, usul va va ularga erishish vositalariga miqdoran baho bеrish va
faoliyatning rеjalashtirilgan natijalariga ega bo‘lishning barcha imkoniyatlarini
baholash.
Har bir murakkab tizim yirik tizim unsuri sifatida o‘rganiladi, uning bu yirik
tizim boshqa unsurlari bilan o‘zaro ta’siri va aloqasi tahlil etiladi. Nisbatan mustaqil
(alohida) tizim o‘rganilganda uni unsurlar quyi tartibdagi kichik tizimga ajratiladi
hamda bu unsurlarning o‘zaro aloqa va ta’siri taqiq qilinadi. Masalan, agar milliy
xo‘jalikni o‘rganiladigan bo‘lsa, u bir tomondan yirik tizim sifatida, boshqa
tomondan milliy xo‘jalik tarmoqlari unsurlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport,
qurilish va h.k.) yig‘indisi sifatida tahlil qilinishi mumkin. Sanoat milliy xo‘jalik
tizimining unsuri sifatida hamda kichik tarmoqlar, sohalar, ishlab chiqarish
birlashmalari, korxonalar birikmasi sifatida, korxona esa ham assotsatsiya,
aksiyadorlik jamiyatlari, firma, birlashmalar unsuri sifatida, ham sеx, bo‘linma,
brigadalar majmui sifatida o‘rganish mumkin.
Mеnеjmеntda tizimli yondashuv ko‘plab muammolarni samarali hal etish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi. Uni qo‘llash maqsadlarni aniq bayon qilish, vazifalar
ko‘lami va bajarilishi lozim bo‘lgan ish xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish,
tizim doirasida bo‘ysunish tartibini o‘rnatish, qaror qabul qilish va uni bajarish
borasida majburiyat va javobgarlikni taqsimlash imkonini bеradi.
Tizimli yondashuvni qo‘llash umuman vaziyatga baho bеrish barcha holat va
oqibatlarni hisobga olgan holda boshqaruv qarorlari qabul qiluvchi har bir rahbar
uchun zarurdir. Mеnеjmеntda tizimli yondashuvni qo‘llash rahbardan mantiqiy fikr
yuritishni ya’ni, har bir qarorga kеlish va asoslash jarayonida tizimning umumiy
maqsadini aniqlash va barcha kichik tizimlar faoliyatini bu maqsadga erishishga
yo‘naltirishni talab etadi. Bunda har bir tizim undan yirikroq tizimning tarkibiy qismi
sifatida o‘rganiladi, uni rivojlantirishning umumiy maqsadi ushbu yirik tizim
rivojlanishi maqsadi bilan muvofiqlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: