O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Edvard  Xeyting  Chemberlin  (1899-1967)



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

Edvard  Xeyting  Chemberlin  (1899-1967) 
o’z 
asarida 
monopoliyaning 
mohiyati, 
monopol  baho  va  monopol  foydaning  yuzaga 
kelishining  chuqur  tahlilini  bepradi.  Uning 
fikricha,  monopoliyaning  mohiyati  -  bu  taklif 
ustidan  nazorat,  bunda  baho  ustidan  ham 
nazorat bo’ladi. 
Differentsiatsiya kuchayib borgan sari har bir sotuvchi absolyut (mo’tloq) 
monopoliyaga  ega  bo’ladi,  ammo  shu  bilan  birga,  o’rnini  bosa  oladigan 
boshqa  mahsulot  ishlab  chiqaruvchining  nomukammal  raqobatiga 
uchraydi. 
Shundan 
kelib 
chiqib, 
barchasotuvchilar 
«raqobatchi 


32 
 
monopolistlar»  bo’lib,  «monopolistik  raqobat»  kuchlari  ta’siri  sharoitida 
ish yuritadilar
11

Chemberlin  fikricha,  bozorlar  o’zaro  bog’langan,  chunki  bir-biriga 
bog’liq  bo’lmagan  sotuvchilar  vazifasi  bir-biriga  yaqin  bo’lgan 
mahsulotlarni realizatsiya qilishda hamohangdirlar. Real hayotda bozorlar 
u  yoki  bu  darajada  nomukammaldirlar,  shu  sababli  muvozanatga  intilish 
to’g’risida gapirish o’ta soddalikdir. Natijada har bir sotuvchi monopolist 
deb  hisoblanadi,  uning  o’z  haridorlari,  «noyob»  mahsulotini  oluvchilar 
bo’ladi. Bozordagi monopolistik sifatida baholarni tartibga soladi. Bu esa 
tovarlar  va  xizmatlarning  real  taklif  hajmi  «sof»  raqobat  sharoitidagidan 
kam, bahosi esa yuqoriroq bo’ladi. Bu yerda mahsulot differentsiyasi eng 
muhim  shartdi.  Bu  kategoriyaning  mohiyati  shundaki,  sotuvchilarning 
tovari  (yoki  xizmati)  da  boshqalarnikidan  keskin  farq  qiluvchi  belgisi 
bo’lishi  kerakligidir.  Bu  belgi  haridor  uchun  real  yoki  xayoliy  bo’lishi, 
aslida  esa  xuddi  shu  mahsulotga  afzallik  berilishiga  olib  kelishi  shart. 
Bunday  differentsiatsiya  bo’lgan  sharoitda  haridorlar  va  sotuvchilar 
tasodifiy 
yoki 
tartibsiz 
juftlikka 
(bu 
sof 
raqobatda 
bo’ladi) 
birlashmaydilar, bu yerda afzallika asoslangan tanlov hal qiluvchidir. 
Sotuvchi  -monopolist  qo’shimcha  harajarlar  qilish  yo’li  bilan 
sotilayotgan  mahsulot  hajmini  oshirishi  (bunda  tovar  bahosi  pasayishi) 
mumkin.  Boshqa  xuddi  shunday  tovar  sotuvchilar  esa  bu  shuni  darhol 
amalga oshira olmaydi deb raqobatdosh tovar markasi bahosini pasaytirish 
yoki yangisini i.ch. davomida, xuddi shunday choralar boshqa raqobatchi 
tomonidan qo’llanilishi mumkinligidan behavotir bo’ladi. 
Raqobatning  baholanmaydigan  omillari  qatoriga  tovarlar  sifati  va 
reklama  kiradi  va  ular  individual  yoki  alohida  xususiyatlarga  egadir. 
Differentsiatsiya 
mahsulotning 
o’z  ma’lum  xususiyatlari  asoida 
shakllanishi,  maslan,  alohida  xususiyatlar  -  fabrika  markasi,  firma  nomi, 
qadoqlash yoki tara (agar ular bo’lsa) bo’yicha yoki sifat, shakl, rang, stil 
asosida individual xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Sof  raqobat sharoitida alohida sotuvchi bozori umumiy bozor bilan 
qo’shilib,  faqat  amaldagi  baho  bo’yicha  istalgancha  tovarni  realizatsiya 
                                                 
11
  Blaug,  M.  1962.Economic  theory  in  retrospect.Chicago:  Richard  D.  Irwin;  5th  edn.  Cambridge:  Cambridge 
University Press 1996 315p. 


33 
 
qiladi. Ikkinchi holatda tovarni sotish cheklanadi va  yangi uchta omil: 1) 
baho;  2)  mahsulot  xususiyati  va  3)reklamaga  harajatlar  bilan  belgilanadi. 
Mana  shu  omillar  yordamida  haridorlarning  iste’mol  qarorlariga  ta’sir 
etiladi.  Bunda  baholarni  pasaytirish  omili  alohida  ahamiyat  kasb  etadi, 
chunki  tovarga  baho  pasayishi  mahsulot  sifati  pasayishi  tarzida  qilinish 
ehtimoli bo’ladi. 
Monopolistik  raqobatning  o’ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shuki, 
bunda  boholar  raqobati  yo’qotiladi,  oqibatda  «quvvatlar  ortiqchaligi 
fenomeni»  doimiy  va  odatdagi  hodisaga  aylanadi.  Bu  ortiqchalik 
«jazosiz»  o’zoq  vaqt  davomida  ko’payib  boradi,  chunki  u  doim 
harajatlardan  kataroq    bo’lgan  boholar  hisobiga  qoplanib  turadi.  Butun 
bozorning  ma’lum  qismini  egallash  darajasini  kursatuvchi  bu  kursatkich 
(fenomen)  faqat  alohida    patentlar  va  fabrika  markalari  bilangina 
qo’llanmasdan, boshqa, yani obro’, ustalik, alohida mahorat kabi hodisalar 
bilan  ham  qo’llab-quvvatlanadi.  Bu  hodisalar  erkin    kasb  ega  (rassom, 
mo’zika)  faoliyat  sohasining  bir  qismi  bo’lib,  ular  ham  «  monopol 
daromadlar nazariyasi» predmetidir.  
 Differentsiatsiyalashgan  mahsulot  baho  muammosi  raqobatli  talab 
va  harajat  egri  chiziqlari  doirasiga  kiritilishi  mumkin  emas,  bu  avvaldan 
xulosalardagi  xatolarga  olib  keladi;  baho  haddan  tashqari  past,  ishlab 
chiqarish  masshtabi  -  juda  katta,  korxonalar  soni  -  juda  kichik  bo’lib 
chiqadi.  Bundan  tashqari  raqobatning  yana  ikkita  jihati:  differentsiatsiya 
va  sotish  harajatlari  bo’tunlay  tushib  qoladi.  Shu  sababli  baholarni  to’la 
bilmaslik mahsulotga talab elastikligi (qayshiqoqlik)ni pasaytiradi, bu esa 
reklama  talabning  elastikligini  oshirishi,  baholar  raqobatini  esa  ancha 
keng  qilishiga  o’xshaydi  va  baholar  yordamida  talab  etiladigan 
qo’shimcha harajatlarni qoplaydi.  
Raqobat    kurashi  evolyutsiyasi  tovar  sifatini  oshiradi  (buni  patent, 
mualliflik  huquqlari,  firma  himoya  belgilari,  firma  alohida  qadoqlash 
usuli,  mahsulot  sifatini  yaxshilash  maqsadida,  firmaning  qulay 
joylashuvi).  Reklama    esa,  erkin  raqobat  sharoitidan  farqli  ravishda, 
bozorlar qo’shilib ketishigayo’l qo’ymaydi.  


34 
 
Baholanmagan raqobat omillari firmani haridorlar talabini qondirish 
uchun  yangi  imkoniyatlar  qidirishga  undaydi,  ularga  «havasning  pullik 
qoidalari» ni singdirib boradi. 
Ishlab  chiqarish  va  sotish  harajatlari  kontseptsiyasida  harajatlar 
fabrika  doirasida  tovarlarni  ishlab  chiqarishga  ketgan  sarflardangina 
(birinchi)  emas  deb  qaraladi.  Transport  (tashish),  sartirovka  (ajratish), 
saqlash,  uylarga  yetkazish  harajatlari  (ikkinchi)  mavjud  bo’lib,  ular 
talablarni  qondirish  uchun  yanada  yaxshi  qulayliklar  yaratadi.  Ikki  xil 
ko’rinishdagi  harajat  o’rtasida  chegara  o’tkazish  (ishlab  chiqarish 
harajatlari,  sotish  harajatlari)  taklif  va  talab  o’rtasidagi  farq  kabi  qiymat 
nazariyasida fundamental ahamiyat kasb etadi. Sotish  harajatlari masko’r 
maxsulotga  talabni  oshiradi,  ishlab  chiqarish  harajatlari  uning  taklifini 
oshiradi. 
«Klassik»  va  «neoklassik»  lar  fikricha  sof  raqobat  iqtisodiy 
o’sishning  xal  qiluvchi  sharti  deb  hisoblagan  bo’lsa,  E.Chemberlin 
ta’limotiga  ko’ra,  raqobat  -  monopolistlar  orasida  ham  raqobat  doimo 
mavjud, bu baholi va baholanmagan raqobat rivoji orqali namoyon bo’ladi 
(mahsulot  va  reklama  sifatini  takomillashtirish  bilan  bog’liq).  Birinchi 
marta  iqtisodiy  liberalizm  g’oyasida  real  hayotda  sof  raqobat  ham,  sof 
monopoliya  ham  mavjud  emas  degan  fikr  paydo  bo’ldi,  o’z  mohiyatiga 
ko’ra monopolistik raqobat ko’p sonli sotuvchilar o’rtasida ko’zatiladi, bu 
raqobat  darajasi  bir-birini  qoplaydigan  raqobatlashayotgan  tovarlar  soni 
ortishi bilan kuchayib boradi. 
Bundan  shunday  muhim  xulosa  chiqariladiki,  monopolistik  raqobat 
sharoitida  haridor  raqobatlashayotgan  bir  tovarni  boshqasidan,  bir 
sotuvchini (mo’tlaq noevivalent bir xil tovarni) boshqa sotuvchidan afzal 
qurishi  mumkin.  E.Chemberlin  mantiqi  bo’yicha,  kichik  yoki  o’rtacha 
sotuvchi  va  ishlab  chiqaruvchi  ham  monopolist  bo’lishi  va  yirik  korxona 
sub’ekti  bilan  bo’ladigan  musobaqada  bemalol  ishtirok  etishi  mumkin. 
Chunki  (markscha  tanqidlarga  qaramay)  monopoliya  kapital  va  ishlab 
chiqarish  kontseptsiyasi,  kapital  markazlashuvining  zaruriy  oqibati 
emasdir,  bozor  iqtisodiyoti  kuchayib  borayotgan  tendentsiyalar  raqobati 
xosdir.  Amalda  monopoliya  va  monopol  bo’lmagan  (nomonopol) 
korxonalar o’rtasidagi farq minemallashtiriladi. 


35 
 
Olim 1937 yil o’z kitobiga qo’shimcha sifatida (kitob 8 marta qayta 
nashr  etilgan)  «Nomukammmal  raqobat»  va  «Monopolistik  raqobat» 
kategoriyalari  to’g’risidagi  tushuntirishlarda  bir  tomonlilik  mavjudligini 
ta’kidlaydi,  birdan-bir  hodisaning  ikki  nomi  sifatida  qarashlarda  o’zaro 
o’xshashlik  yetarli  baholanadi,  ammo  ularning  farqi  deyarli  sezilmaydi, 
deb  hisoblaydi  u.  Ko’pchilik  bu  farqning  ahamiyatini  tushunmasdan, 
masala faqat terminologiya bilan bog’liq deb o’ylashlari mumkin. 
E.Chemberlin  o’z  tadqiqotlari  xulosasida  raqobat  sharoitida 
monopoliya  tabiiy  mohiyatiga  mustaxkam  ishonch  bildiradi;  tadbirkorlik 
ko’p  hollarda  o’z  monopoliyasini  barpo  qilish  uchun,  imkoni  boricha 
boshqa  tadbirkorlar  o’z  monopoliyasini  kengaytirishiga  qarshi  choralarni 
kengaytirish  va  kuchaytirish  harakatini  qiladi.  Olimning  fikri  bo’yicha, 
asosiy 
vazifa 
shundaki, 
iqtisodiyot 
fani 
«mahsulot 
doim 
deffentsiatsiyalashgan bo’lishi sharoitini to’la anglashi shart» dir; bundan 
buyon  sof  raqobatni  barcha  sohalarda  farovonlik  iqtisodiyoti  «ideal» 
(bekamu-ko’st) deb qarash mumkin emas. 
Keyinchalik E.Chemberlin va uning monopolistik raqobat nazariyasi 
tarafdorlari  tomonidan  «guruhiy  monopoliya»  sharoitida  ham  raqobat 
saqlanishi  to’g’risidagi  qoidani  ilgari  surishgan.  Bunda  gap  sherik-
raqobatchilar  o’rtasida  bozorda  ularning  ta’sir  doiralarini  bo’lib  olish 
to’g’risida boradi. Asosiy maqsad turlicha (differentsiatsiyalashgan) tovar 
mahsuloti bahosini eng yuqori harajatlar darajasidan past bo’lmagan holda 
realizatsiya qilishdir. 
Hozirgi  davrda  mahsulotning  istisno  sifati  bilan  birga,  qo’shimcha 
baholanmagan  monopolistik  raqobat  shartlari  kuchayib  bormoqda,  bo’lar 
alohida  tovar  yaratuvchi  tomonidan  yaratilgan  texnik  takomillashuv, 
firmaga  obro’-e’tibor  keltiradigan  sharoitning  ta’minlovchi  haridorlarga 
maxsus hizmat va boshqalar. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish