O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi


 Kadrlar tayyorlashdagi malakaviy o`zgarishlar



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

 
4. Kadrlar tayyorlashdagi malakaviy o`zgarishlar
YOshlar jamiyatda sodir bo‘ladigan har qanday voqeliklarga o‘zgacha, ruhiy 
his-kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar, qiyinchiliklar vujudga kelganda esa 
ehtiroslarga beriladilar. SHuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala – 
yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, bunda oiladagi tarbiya bilan birgalikda 
jamoatchilikning uzviy hamkorligini ta’minlash taqozo etiladi. O‘sib kelayotgan
yoshlarimizning salomatligini mustahkamlash, ularni Vatanimizning munosib 
farzandlari etib tarbiyalash masalasi borasida mahalliy dasturlarni ishlab chiqib ularni 
amalga oshirish zarur. 
Bugungi kunda biz mustaqillik tufayli jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy, ma’naviy asoslarini mustahkamlash borasida ko‘pgina ishlarni amalga 
oshirdik. Ularni davom ettirish esa yoshlarimiz qo‘lidadir. SHu sababdan ham 
mavjud imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanib, Barkamol avlod yilida yoshlarimizga 
bo‘ladigan e’tiborni yanada kuchaytirishimiz darkor. Zero, yoshlar tarbiyasiga burch 
va ma’suliyat nuqtai nazaridan yondashish kelajagimizni shakllantirish garovi bo‘lib 
qoladi.
SHuning uchun iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida hamda ta’lim 
tizimini o‘rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlarni 
atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etish 
hamda iqtisodiyotni rivojlantirish usullarini ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali 
foydalanish orqali ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari ilgari suriladi. 
Bunda, asosiy e’tibor O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi 
jarayonini jadal sur’atlarda rivojlantirish, buning uchun mamlakatimiz tashqi 
iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-
tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi. 
Globallashuv sharoitida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida iqtisodchi 
mutaxassislarni tayyorlash tizimini zamon talablari darajasida qayta tashkil etish 
maqsadida iqtisodiy ta’limning halqaro andozalaridan samarali foydalanish dolzarb 


13 
ahamiyat kasb etmoqda. CHunki, dunyoning rivojlangan va bozor iqtisodiyoti amal 
qilayotgan mamlakatlarning deyarli barchasi yangi mexanizmning keskin 
o‘zgarishlariga moslasha oladigan va har qanday sharoitda raqobatlasha oladigan 
iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash borasida zamonaviy iqtisodiy ta’lim tizimiga 
egadirlar
1

Oliy ta’limning respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy 
rivojini ta’minlashda o‘zi tanlagan mutaxassis bo‘yicha bozor iqtisodi sharoitida 
ishlashga layoqatli, yuqori malakali, iqtidorli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan 
iboratdir. Bo‘lajak kadrlarda chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish, milliy 
istiqlol g‘oyalariga sadoqatini, Vatanga muhabbatini, bu yo‘ldagi fidoyilikni 
tarbiyalashni davom ettirish ham oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridandir.
Iqtisodiyot bilan shug‘ullanishning birinchi vazifasi talabalarning iqtisodiy 
bilim saviyasini oshirish bo‘lsa, keyingisi ana shu bilim asosida malaka va 
ko‘nikmalar hosil qilishdir. Iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayoni 
quyidagicha kechadi: bilim-ko‘nikma-malaka. Bu jarayon mexanizmi quyidagicha 
amalga oshirilishi mumkin: 
Hozirgi paytda tayyor bilimlarni o‘zlashtirish asosiy maqsad bo‘lmay, eng 
asosiysi talaba-yoshlarlarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil tanlash 
va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish ob’ektiv zaruriyatga aylandi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish