4. O’rganishga oid izlanishlar va asosiy tushunchalar
Afsuski, ammo haqiqat, ba’zi akademiklar talabalarni qay tarzda o’qishlari
haqida qonuniy bilimga ega bo’lmay turib ta’lim berishadi. Ko’p ma’ruzachilar
o’zlari qanday o’qiganliklarini yaxshi o’qiy olishlarini bilishadi, ammo ularning
talabalari qanday o’qishlarini zaruriy tarzda hisobga olishmaydi va ular ta’lim
berayotgan yo’lda umuman o’rganish sodir bo’ladimi yo’qmi bashorat qilishmaydi.
Biz dunyoni qanday tushunishimiz, qabul qilishimiz va ma’no chiqarishimiz
haqida o’rganamiz (Marton and Booth, 1997). Ammo “o’qish” yagona narsa emas, u
o’z ichiga mavhum prinsiplarni boshqarish, isbotlarni tushunish, aniq ma’lumotlarni
yodda saqlash, metod, texnika va yondashuvlarga ega bo’lish, fikrlar bilan tanishish,
sabablarini topish va mulohaza qilish, yoki maxsus holatlarga oid ko’nikma
uyg’otish, bular hammasi o’zgarish haqida.
Yuzma-yuz o’qishdan ko’ra masofadan turib o’qish yoki elektron o’qish
ko’payib bormoqda, lekin hanuz bu bobda keltirilgan teoriya va fikrlar e’tiborga
olinishi kerak. Oliy ta’limda talaba o’qishi uchun rag’batlantirish va baho berish
katta rol o’ynaydi, bu mavzular 3 va 10 bo’limda keng yoritilgan.
Talabalar o’rganishiga oid ba’zi muhim fikrlar haqida umumiy ta’surot
berishga mo’ljallangan. Bo’lim umumiy o’qish modellari va oliy ma’lumotga tegishli
teoriyalarni tasvirlab, ma’ruzachilar o’qitishni shu fikrlar bilan bog’lagan
“muommoli vaziyat”lardan misol keltirgan, hamda bu fikrlarni o’qitish va baho
berishdagi yuqori natijalarini ko’rsatadi. Biz umid qilamizki, o’quvchilar bu fikrlarni
inobatga olishadi, uyushtirish, tushunish va mukammallashtirishda foydali bo’lgan
bu fikrlarni intizom ishlatishadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda kasb ta’limi islohotlarini amalga
oshirishdan asosiy maqsad ta’lim-tarbiya jarayonini yuqori cho‘qqilarga olib
chiqishdir. Islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kasb pedagogikasi fani oldiga
ko‘proq ijodiy xarakterdagi ilmiy tadqiqot ishlarini yaratish vazifasini
qo‘ymoqda. Hozirgi zamon har tomonlama etuk mutaxassis kadrlarni o‘qitish,
ularni zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirishni talab etadi. Ko‘zlangan
maqsadga erishish uchun ta’limning eski usullaridan voz kechish, faqat muayyan
bilimlar majmuigagina ega bo‘lgan yosh kadrlarni tayyorlashdan o‘zining butun
bilim va imkoniyatini namoyon etishga qodir, yuksak axloqli, har tomonlama etuk
insonni tayyorlashga o‘tish kerak. Kasbiy pedagogikaning jahon miqyosida
erishgan yutuqlari darajasini, axloqiy-estetik me’yorlar rivoji ustuvorligi hisobga
oluvchi milliy ta’lim muassasasiga tayanuvchi, milliy madaniyat o‘chog‘i
hisoblanuvchi, shu bilan birga madaniyatlarning oqilona dialogini olib borishga
qodir uzluksiz ta’limni rivojlantirish strategiyasi haqidagi masala dolzarb bo‘lib
qoldi. Bunday ta’lim umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va
oliy ta’lim muassasalarida rivojlantirilishi va mustahkamlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |