Bog'liq Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat
Oliy ta’limda o’qitish, nazorat, o’rganish Talabalarda o’qishga bo’lgan qiziqishni o’yg’otish va shakllantirish ta’lim olishga bo’lgan motivatsiyani kuchaytirishi ehtimoldan holi emas (3 mavzuga qarang).Ma’ruzalarning boshlang’ich qismi neg muhim masala hisoblanib, talabalarni ishontiruvchi va ushbu ma’ruzani eshitishlari kerakligini ifodalaydi. Ma’ruzaning boshidayoq siz: o’zingizdagi ishtiyoq va qiziqishni ko’rsata bilishingiz lozim; tashkiliy masalalarga e’tibor qaratib, ma’ruza xonasini nazorat qilishingiz kerak; taqdimot jihozlaridan foydalanishni yaxshi bilishingiz darkor. Birinchi daqiqadanoq ma’ruzachi: ma’ruza yakunida erishiladigan natijalarni va talabalar nimalarni o’rganishlarini aytib bera olishi kerak. Bu ma’lumot biroz qisqa ko’rinishda bo’lishi mumkin. mavzuga oid muammoni tasvirlab berib, ushbu muamo yechimini topish bo’yicha mulohazalarni ifodalay olishi lozim; mavzuga bo’lgan qiziqishni sababini tushuntirib, jo’shqinlik va ishiyoqni baxam ko’rishi kerak.Ayrim hollarda ushbu jihat talabalarni qiziqishlarini kelgusi tadqiqot yo’nalishlariga aylantirishi mumkin; ma’ruzani joriy yangiliklar yoki faoliyat bilan bog’lashi darkor. Bu borada ma’ruzachi talabalarga mavzuga oid ma’lumot yoki misollar topib, olib kelishi bo’yicha topshiriqlar berishi mumkin. Talabalarni ma’ruza davomida qiziqishlarini rag’batlantirish bo’yicha: maqsadni izohlovchi joriy va tegishli misollarni keltirish mumkin; tegishli holatlarda talabalarning tajribalarini misol tarzda keltirib o’tish mumkin; talabalarni qo’llab quvvatlovchi ritorik savollardan foydalanib turish kerak;
125
ma’ruzani o’zlashtirish davomida talabalarning ehtiyojlarini o’zgartiring. Yozib borish, tinglash hamda faol ishtirok etish farqlarini keltirib o’ting (bu masala yuzasidan quyida to’xtalib o’tiladi); ma’ruza mavzusi bilan bog’liq bo’lgan ko’rgazmali materiallar yoki badiiy buyumlarni taqdim eting; taqdim etilgan materiallarning joriy vaqtda muhim ahamiyat kasb detayotganligi bilan bog’liq bo’lgan web sahifalarni namoyish qiling. Ma’ruzachining qiziqishi va ishtiyoqi ma’ruza boshida yoki davomida muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu omil ma’ruzaning samaraliligiga aloqadorligini past baholash mumkin emas. Shu jumladan, qayd etib o’tish joizki, ma’ruzani sifatini olib boruvchi ta’minlab beradi. Hodgsonning (1984) izlanishlariga ko’ra, mavzuga bo’lgan talabalarning qiziqishi ma’ruzachining ishtiyoqi hamda ma’ruzaning xayotiy misollarga boyligi bilan belgilab berilgan. Brownning (1987) izlanish naitjalariga ko’ra esa, talabalar ma’ruzadagi muammo va topilmalarni lirik chekinishlar va xayotiy hikoyalar bilan boyitib amalga oshirgan o’qituvchilarga kattaroq baho berganlar. Shuningdek, mavzu va talabalarga tegishli misollar keltirib o’tilgan ma’ruzalarga ham yuqori baho berilganligini qayd etib o’tishimiz lozim. Ushbu izlanishlar yangi bo’lmasada bugungi kunda ham o’z dolzarbligini saqlab qolgan. Evans (2007) tomonidan 4ta universitet bo’yicha tarix talabalari ishtirokida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, talabalar ma’ruzachilarning yuqori ishtiyoq bilan olib borgan darslariga juda baland baho berganlar. Shuningdek, muxandislik yo’nalshi talabalari ishtirokida (Davies et al, 2006) olib borilgan izlanishlarda ham ma’ruzachilarni ishtiyoq bilan ta’lim berishlariga katta baho berilgan.Dalillar shuni ko’rsatadiki, qiziqish va ishtiyoq bilan dars olib borgan ma’ruzachilar talabalarni ta’lim olish borasida 7 .