Bo’zchi qo’shiqlari.Feodalizm sharoitida yengil sanoat, ayniqsa, to’qimachilik sanoati mutlako yo’q bo’lib, jamiyat o’zidagi turli matolarga extiyojini faqat qo’l mehnati orqali oddiy to’qish dastgoxlari vositasida qondirgan. Bo’zchi qo’shiqlarida unumsiz va sermashaqqat mehnatning og’irligi, bo’zchi bozorining kasodligi, to’quvchi oilalardagi muhtojlik kabi ohanglar yetakchilik kiladi.
Do’kon uyga kirsam, tanam qaqshaydi,
Sovuqlarda o’lmay qolsam yaxshiydi.
Harisi tillaga ketsa yaxshiydi,
SHunday mening bo’zim arzon ketarmi.
Ammo bo’zchi qo’shiqlari bizgacha nihoyatda kam yetib kelgan, ko’plari unutilib ketgan.
Marosim qo’shiqlari
Marosim qo’shiqlari folklorshunoslikning eng muhim omillaridan xisoblanadi.
Har bir odat, marosim va an’ana o’zining tarixiy poydevori va ildiziga egadir. Ularning xar biri o’zidan-o’zi paydo bo’lmagan.
O’zbek xalqi barcha xalqlar kabi juda kadimiy boy, xilma-xil an’analarga ega.Bularni ijtimoiy tamoyillar turlariga qarab shartli ravishda tabiat, geografik muhit, mehnat turlari, milliy madaniyatga doir an’analarga bo’lish mumkin.
O’zbek marosim qo’shiqlari ikki katta turkumga ajraladi.Bu turkumlar, o’z navbatida, turmushdagi vazifalari hamda poetik tabiati bilan farqlanuvchi xilma-xil janrlarni o’z ichiga oladi.
Birinchisi – mavsum marosimlari bilan bog’liq folьklor janrlari.
Ikkinchisi – turkumdagi marosim, ommaviy maishiy turmush bilan bog’liq xolda ijro etiladi.
LAPAR
O’zbek to’y-marosim qo’shiqlarida lapar muhim o’rin egallaydi.Laparlar boshqa qo’shiqlardan vokeabandligi, raqsbop kuyga ega bo’lishi hamda dialog shaklida ikki qo’shiqchi tomonidan ijro etilishi bilan ajralib turadi.Laparlarda asosan ishq-muhabbat, hazil, ro’zg’ordagi totuvsizlik, ota-onalarning farzandlari bilan bo’lgan munosabatlari kabilar ba’zan yengil, ba’zan achchiq kulgi orqali aks ettiriladi.Lapar qo’shiq sifatida asosan kichik diapazonli, shakl tuzilishi jihatidan ikki qismli buladi.
Laparlarning musiqiy asoslari ko’pgina belgilari bilan qo’shiq uchun xosdir.
Lapar aytish Farg’ona, Toshkent, Xorazm, CHimkent va O’sh viloyatlarida keng tarkalgan. Biz Farg’ona vodiysi va Xorazm laparlarinibir-biriga qiyos qilib, musiqiy ritmining o’ynoqiligi,ko’yining ta’sirchanligi va ijro uslubiningo’ziga xosligi bilan bir- biridan ajralib turishinikuzatamiz. Xorazm laparlarida xalq ruxi, oliyjanobniyat, barchaga hurmat, yaxshilik, baxt tilash, xalq saodati uchun intilish kabi g’oyalar aks etadi.
Agar Farg’ona vodiysida laparlar ijrosi ikki qo’shiqchi tomonidan dialog shaklida dutor, doyra jo’rligida aytilsa, Xorazmda garmon, bulaman, g’ijjak, dutor va doyra jo’rligida yakka ijrochi xolalar tomonidan ijro etiladi.
Bunga respublika professional va xavaskor ansambllar repertuarlaridan mustahkam o’rin olgan va xalq orasida keng tarqalgan Xorazm laparlaridan «Xiva du dori», «Og’a doram», «Qora ko’z», «Dilbar», «Galmadi, galmadi» kabilarni misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Farg’ona vodiysi laparlarining o’ziga xos musiqiy ijro uslubi mavjud bo’lib, bu uslub kuyning oxangdorligi, ritmik tuzilmaning ravonligi, cholg’u asboblarining o’ziga xos jo’rnavozligi, laparning dialog shaklida ijro etilishi bilan belgilanadi.
Xalq orasida keng tarqalgan Farg’ona laparlarida «Qora soch», «Qilpillama», «Bilakuzuk», «Ililla yor» va boshqalarni misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |