103
Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat
budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari
o‗rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, byudjet daromadlarining shakllanishi mamlakat yalpi
ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining
elementlaridan biri bo‗lib, oraliq xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga
tegishli bo‗lgan daromadlar va jamg‗armalarning bir qismini davlat byudjetiga
o‗tkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-
buyumlashgan mazmunini davlat ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‗lari tashkil
etadi. Byudjetning qayta taqsimlash funksiyasi namoyon bo‗lish shakli davlat
byudjetiga tushuvchi turli soliqlar, to‗lovlar, yig‗imlar, bojlar va ajratmalarning
harakatida namoyon bo‗ladi.
Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda
davlatning ulushini ko‗rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‗i mamlakatning
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda
davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar
bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda davlat byudjetida to‗planadigan
mablag‗larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi.
Miqdor jihatdan byudjetning daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda
davlatning ulushini ko‗rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‗i mamlakatning
yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadining umumiy hajmi, u yoki bu davrda
davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar
bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda byudjetda to‗planadigan
mablag‗larning miqdori va ularni undirishning shakl va usullari belgilanadi.
Bugungi kunda davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir
mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‗sish sur‘atlarini
ta‘minlashga yo‗naltirilgan iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo‗ymoqda. Bunda
samarali iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirishga yo‗naltirilgan fiskal siyosat yuritish
masalasi markaziy o‗rinni egallamoqda. Shu bilan birga, umumiy iqtisodiy
muvozanatni ta‘minlashga yo‗naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog‗liq
muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog‗liq bo‗lmoq-
da. Buni o‗z navbatida keyingi yillarda kuzatilayotgan byudjet profitsiti, rejalash-
tirilgan davlat byudjeti daromad ko‗rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat
byudjeti ijrosining g‗aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet
xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanayotgani bilan izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: