O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-rasm. Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

17.1-rasm. Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari
119
 

barcha turdagi pensiyalar; 

ijtimoiy nafaqalar; 

turli kompensatsion to‗lovlar; 

fuqarolarning alohida toifalariga tibbiy yordam va davolash xizmatlari; 

fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar; 

uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va 
xizmat ko‗rsatish; 

nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan 
ta‘minlash; 

119
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida . – T.: Iqtisodiyot, 2013. B.185. 


barcha turdagi pensiyalar, ijtimoiy 
nafaqalar, turli kompensatsion 
to‘lovlar 
fuqarolarning alohida toifalariga 
tibbiy yordam va davolash 
xizmatlari 
fuqarolarning alohida toifalariga 
imtiyozlar 
uy-internatlarda keksa va mehnatga 
layoqatsiz fuqarolarga qarash va 
xizmat ko‘rsatish 
nogironlarni ortopediya-protez 
buyumlar va harakatlanish vositalari 
bilan ta‘minlash 
bolalar uylari, internatlar va boshqa 
muassasalarda bolalarga qarash va 
ularni tarbiyalash 
nogironlarni ishlab chiqarish va 
kasbiy reabilitatsiya qilish 
aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari 
ko‘rsatish 
imtiyozli aholi qatlamlarini dori-
darmonlar bilan ta‘minlash 
uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va 
boshqalar 
Ijtimoiy ta‟minot xizmatlari


266 

bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va 
ularni tarbiyalash; 

nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish; 

aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‗rsatish; 

imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta‘minlash; 

uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatish va boshqalar. 
Bu xizmatlarning ayrimlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi hisobidan 
moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‗qotganlik va nogironlik 
pensiyalari, bola tug‗ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimlari uchun 
nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar uylarini saqlash, bepul 
ortopediya-protezlash vositalari bilan ta‘minlash, uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish 
kabi) davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar) hisobidan, boshqa 
birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‗rsatish) kasaba uyushmalari 
hisobidan mablag‗ bilan ta‘minlanadi.
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasini yoritishga bag‗ishlangan fikrlarimizni 
nihoyasiga yetkazib shuni ta‘kidlaymizki, bepul ta‘lim, uy-joy bilan bepul ta‘minlash 
kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini yengillashtirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta‘minot tarkibiga kirmaydi, 
balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta‘minlash chora-tadbirlari qatorida davlat 
byudjeti va boshqa davlat mablag‗laridan moliyalashtiriladi. 
Ijtimoiy ta‘minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning funksiyalarida 
namoyon bo‗ladi.Iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda ijtimoiy ta‘minotning quyidagi 
funksiyalarni bajarishi ko‗rsatilgan: 
iqtisodiy, siyosiy, demografik, ijtimoiy-
reabilitatsion funksiyalar.
Ijtimoiy ta‟minotningiqtisodiy funksiyasi
fuqarolarning qiyin hayotiy holatlarda 
moddiy qo‗llab-quvvatlanishida, fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta tiklab olish 
uchun moddiy yordam berilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi va ishlab 
chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda namoyon bo‗ladi. 
Ijtimoiy ta‟minotning siyosiy funksiyasi
aholining turli ijtimoiy qatlamlari 
ijtimoiy holati darajasini bir-biriga yaqinlashtirish, har bir insonga munosib hayot 
kechirish uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy 
munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan. 
Demografik funksiyasi
mamlakat aholisining son jihatdan o‗sishini rag‗batlan-
tirish, sog‗lom avlodni yetishtirish, fuqarolarning umr ko‗rish davomiyligini oshirish 
kabilarga qaratilgan.
Ijtimoiy ta‟minotning ijtimoiy-reabilitatsion funksiyasi 
keksa va mehnat 
qobiliyati bo‗lmagan fuqarolarning o‗ziga xos spetsifik ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog‗liq bo‗lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‗lig‗ini muhofaza qilish 
uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‗ladi. Amalda bu funksiyaning 
namoyon bo‗lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida saqlash, boshqa 
bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta‘minlash, uchinchilariga 
uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatishda ko‗rish mumkin. 
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta‘minot yana bir, bizning nazarimizda juda 
muhim funksiya – 
ijtimoiy himoyalash funksiyasini
bajaradi. Jamiyat, o‗z 


267 
fuqarolariga ijtimoiy ta‘minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‗z oldiga ularni 
ijtimoiy himoya qilishdek o‗ta muhim vazifani qo‗yadi, zero qiyin hayotiy holatlarda 
ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy, yosh bilan, oilaviy vaziyat bilan 
bog‗liq) muammolarni hal qilishda yordam berish ijtimoiy ta‘minotning zarurligi va 
ahamiyatini belgilab beradi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish