22.1-rasm
AQSh da mavjud shtatlar ro‟yxati
151
AQShda quyi byudjetlarga maqsadli shartli va shartsiz moliyaviy yordam
ko‘rsatiladi. Shartsiz moliyaviy yordamning bir ko‘rinishi byudjetlar o‘rtasida
daromadni tenglashtirish dasturi hisoblanadi, unda qonunda nazarda tutilgan
formulaga muvofiq iste‘mol xarajatlari va fiskal imkoniyatni inobatga olgan holda
transfertlar ajratiladi. Hozirda federal byudjet tomonidan maqsadsiz moliyaviy
yordam shakli ko‘rsatilmaydi, garchi, shartsiz moliyaviy yordam shtatlar tomonidan
mahalliy byudjetlarga keng miqyosda foydalanilayotganiga qaramasdan.
Maqsadli moliyaviy yordam 2 turdagi grant ajratish shaklida ko‘rsatiladi.
Birinchi turi — blok-grantlar — etarli darajada keng miqyosdagi xarajatlar spektriga
ega va manbaalarni qayta taqsimlashda ma‘lum cheklovlar asosida moliyalashtirishga
ajratiladi. Blok grantlarning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot va boshqa turdagi
moliyalashtirish sohalarga ajratilgan.
Byudjetdan maqsadli moliyalashtirishning ikkinchi shakli bo‘lib kategoriyali
grantlar hisoblanadi va ular alohida xarajatlar dasturini moliyalashtirishga qaratilgan
bo‘ladi.
Davlat va mahalliy qarz munosabatlari asosiy usuli bo‘lib shtatlar va mahalliy
organlar tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni muomalaga kiritish va ularning
cheksiz aylanishi hisoblanadi. Bu holda, qimmatli qog‘ozlardan olingan foizli
daromad federal daromad solig‘idan ozod etilgan bo‘ladi, ya‘ni daromad solig‘i
solinmaydi.
151
http://www.government.ru
-интернет сайти маълумотлари
324
AQSh byudjet tizimining eng muhim yana bir jihati shuki, federal hukumat
o‘zidan quyi bo‘g‘in organlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yuzasidan
hech qanday javobgarlikni olmaydi.
Kanada federativ davlat. Hozirda Kanadada 12 ta federatsiya sub‘ekti mavjud
bo‘lib ulardan 10 tasi provintsiyalar va 2 tasi hudud hisoblanadi. Shuningdek
Kanadada 5000 ta mahalliy shakldagi shaharlar, qishloqlar, taunshiplar, grafliklar va
maxsus xizmat ko‘rstatish rayonlari mavjud. Federal hukumat urush va tinchlik,
mudofaa, tartibni saqlash, milliy davlat qarzi va davlat mulkini boshqarish, pul kredit
va bank tizimi, savdo tijorat munosabatlarini ustidan nazorat ishlarini amalga
oshiradi. Shuningdek federal organlar vakolatiga davlat miqyosidagi har qanday
soliqqa tortish masalalari kiradi.
Kanada byudjet tizimi federativ tizimga mos kelgan holda davlat boshqaruvida
har bir bo‘g‘indagi hukumat o‘ziining mustaqil byudjetiga ega. Federal byudjet
daromadlar bazasi turli xil soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlardan iborat.
Provintsiyalarning daromadiga esa soliq to‘lovlari, federal byudjetdan olingan
byudjetlararo transfertlar kiradi.
Kanadada 1962 yildan boshlab federatsiyalar sub‘ektlari o‘rtasida (Kvebekdan
tashqari) soliqlar yig‘imi to‘g‘risida shartnoma imzolangan va kuchga kirgan. Bu
kelishuvga ko‘ra har bir provintsiya federal soliq tushumidan umumiy provintsiyalar
uchun yagona bo‘lmish hududdan o‘ziga tegishli ulushni olish huquqini qo‘lga
kiritgan. Shuningdek provintsiyalar o‘z hududida federal soliq stavkalarini oshirish
huquqiga ham egalar, sababi byudjet daromadlari tarkibida qo‘shimcha soliq
tushumlarini ko‘paytirish. Bu tartibda jismoniy shaxslardan daromad solig‘i,
korporatsiyalardan daromad solig‘i tovar va xizmatlarga soliq (QQS o‘rniga) soliqlari
oshirilishi mumkin. Bundan tashqari byudjet provintsiyalari daromadlariga mol mulk
va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi.
Turli xil bo‘g‘inlarning boshqaruv organlari xarajatlari konstitutsiyada
mustahkamlangan. Shunday qilib federal boshqaruvi quyidagi: mudofaa, xalqaro
munosabatlar, sanoat siyosati va ilmiy tadqiqotlar sohalarini moliyalashtirishi
belgilangan. Provintsiyalar byudjeti esa davlat ta‘limi, sog‘liqni saqlash va mahalliy
xizmatlarni moliyalashtirishlari ko‘zda tutiladi. Ikkala byudjet tizimi bo‘g‘ini ham
mahalliy darajadagi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi kabi sohalarda xarajat
majburiyatlarini birday o‘z bo‘yinlariga olishadi. Shuningdek federal hukumat
ijtimoiy ta‘minot sohasidagi xarajatlar yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi.
Federal byudjetdan provintsiyalar byudjetiga moliyaviy yordam maqsadli va
maqsadsiz transfert ko‘rinishida ajratiladi. Bu borada 1997 yilgacha quyi bo‘g‘inlar
byudjetlariga federal moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun 3 ta dastur amalda bo‘lgan,
bular: maqsadsiz transfertlar – byudjet daromadlarini muvofiqlashtirish uchun,
transfertlar – tasdiqlangan dastur moliyalashtirilishi asosida va moliyaviy qo‘llab
quvvatlash rejasi asosidagi moliyaviy yordam. Maqsadsiz transfertlar provintsiyalar
byudjetiga
daromadlarini
tenglashtirish
maqsadida
ajratiladi.
Byudjetni
muvofiqlashtirish tamoyili esa Konstitutsiyada mustahkamlangan. Maqsadli
transfertlar provintsiyalar byudjetiga olingan mablag‘larni o‘rta ta‘lim va sog‘liqni
saqlash
xarajatlarini
qoplash
maqsadida
tasdiqlangan
dastur
asosida
325
moliyalashtirishga ajratiladi. Moliyaviy yordam bolalar bog‘chasi, nogironlar uyi,
boshqa ijtimoiy va tibbiy yordam muassasalariga, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri
nogironlarga, iishsiz va qari yoshdagi boquvchisini yo‘qotganlarga ajratiladi.
Kanadada byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun bir qancha qarz
munosabatlari manbalari mavjud. Federal byudjetlar uchun bu – ichki va tashqi qarz
qimmatli qog‘ozlari bozori, shuningdek Kanada pensiya dasturidan olingan kreditlar.
Hududiy normativ aktlarga asosan yuqori byudjetlardan farqli o‘laroq mahalliy
byudjet xarajatlari faqat joriy xarajatlar bo‘yicha balanslashtirilishi talab etiladi.
Shunday qilib mahalliy organlar hukumati kapital xarajatlar bo‘yicha defitsitni
qoplash maqsadida qarz manbaalarini jalb etish huquqiga egalar.
Germaniya Federativ byudjeti tizimi o‘ziga xos bir qancha jixatlari va farqli
xususiyatlari bilan ajralib turadi, xususan federal byudjetning keng miqyosdagi
huquqlari va butun federatsiya uchun yagona soliq tizimining amal qilishi, umuman
bir qancha asosiy sohalardagi savollar yagona qonunchilik tizimi orqali echim topishi
ko‘p jihatdan unitar davlatlarga xos byudjet tizimiga o‘xshash tizim qurilganligini
ko‘rsatadi. Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda davlat organlari minimal ijtimoiy
standartlardan emas balki yurt aholisi yashash sharoiti tengligi printsipidan kelib
chiqqan holda ish olib borishadi. Shunga qaramasdan GFR federatsiya bo‘lib
kelmoqda va uning tarkibida 16 ta sub‘ekt – federal er hamda mahalliy tartibdagi
byudjetlar mavjud.
GFR federal organlari zimmasida mudofaa, xalqaro munosabatlar, fuqarolik
munosabatlari, emmigratsiya va immigratsiya, valyuta siyosati, moliyalashtirish va
federal transportni nazorat qilish, pochta va telekommunikatsiya xizmatlarini bajarish
yotadi. Federal erlar vakolati doirasiga madaniyat, ta‘lim, yustitsiya va jamoat tartibi,
sog‘liqni saqlash va shuningdek hududiy iqtisodiy siyosat masalalarini nazorat qilish
kiradi. Mahalliy organlar boshqaruvi vakolatiga esa kommunal xizmatlar, sog‘liqni
saqlash mahalliy muassasalari, sprot, uy, yo‘l va maktablar qurilishi kiradi. Ijtimoiy
siyosat va infrastruktura ob‘ektlari qurilishiga oid xarajatlar barcha bo‘g‘inlardagi
byudjetlar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek xarajatlar vakolatini quyi
bo‘g‘inlar byudjet tizimiga o‘tkazish tendentsiyasi ham kuzatilgan. Bugungi kunda
mahalliy byudjetlardan davlat kapital xarajatlranining 2/3 qismi moliyalashtiriladi,
shundan moliyalashtirishning yirik qismi yuqori byudjetga o‘tkazilgan.
Asosiy soliqlar bo‘yicha tushumlar turli xil bo‘g‘indagi byudjetlar o‘rtasida
taqsimlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i federal va hududiy byudjetlar
bo‘yicha teng ulushda (42,5 % dan) va qoldiq (15%) mahalliy byudjetga o‘tkaziladi.
GFR da qo‘shilgan qiymat solig‘i asosiy nazorat solig‘i rolini o‘ynaydi, chunki
xarajatlar qayta taqsimlanganda federal va hududiy byudjetlar QQS umumiy tushumi
miqdori o‘zgarishi katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Germaniya byudjet tizimiga 3 pog‘onali byudjetlararo muvofiqlashtirish tizimi
taaluqli hisoblanadi. Birinchidan federatsiya sub‘ektlari o‘rtasida QQS tushumi
bo‘yicha muvofiqlashtirish: federal erlar byudjeti QQS tushumining 25 % i barcha
erlar o‘rtasida taqsimlanadi.
326
Byudjetlararo muvofiqlashtirishning ikkinchi ko‘rinishi sifatida byudjet
resurslarining federal erlar byudjetlari o‘rtasida taqsimlashni federal hukumat
aralashuvisiz bajarish.
Hududlarni moliyaviy qo‘llab quvvatlashning uchinchi ko‘rinishi bo‘lib ba‘zi
hududlarga ajratiluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri federal grantlari hisoblanadi.
Turli xil bo‘g‘inlardagi byudjetlar defitsitni moliyalashtirish maqsadida turli
qarz majburiyatlari jalb etishi mumkin biroq Maastrixt kelishuviga asosan
belgilangan qat‘iy cheklovlar asosida resurslar jalb etiladi. Bu kelishuv shartlari GFR
konstitutsiyasida belgilangan limitga asosan federal byudjetning rejali byudjet
xarajatlariga investitsiya maqsadida ajratiladigan qarz mablag‘lariga cheklovlardan
kelib chiqib tuzilgan.
GFR Davlat va mahalliy byudjetlariga quyidagi belgilar muvofiq keladi, ya‘ni
federal byudjet qarzlari to‘liq obligatsiyalardan tarkib topgan bo‘lsa federal erlar va
mahalliy byudjetlarning byudjeti moliyaviy resurslarni bank krediti shaklida jalb
qilishgan, natijada GFRda munitsipial obligatsiyalar bozori mavjud emas. Shunday
qilib kreditlar jalb etishni boshqarishda mahalliy bo‘g‘in bir nechta muammolarga
duch keladi, birinchidan, munitsipial byudjetlar uchun ssuda kapitali bozorining
yo‘qligi va bozor narxlari bilan qarz stavkalari muvofiqligini nazorat qilishning
qiyinligi, ikkinchidan, munitsipial organlar muassisi bo‘lgan jamg‘arma banklaridan
olinadigan kreditlarning oldini olish mumkin emasligi.
Buyuk Britaniya byudjet tizimi ikki bug‘indan iborat:
1)Davlat byudjeti ;
2) Mahalliy byudjetlar;
Buyuk Britaniya ma‘muriy-hududiy munosabatlarda Angliya, Uels, Shimoliy
Irlandiya va Shotlandiyaga bo‘linadi. 1973-1975 yillarda Buyuk Britaniyada mahalliy
hokimiyat organlarining islohotlari o‘tkazildi, natijada uch bug‘inlining o‘rniga ikki
bug‘inli mahalliy hukumat organlarining boshqaruv tizimiga o‘tildi: Graflik va Okrug
asosida ajralish.
Islohotlar mahalliy ma‘muriy birliklar funktsiyalari va tuzilishiga mazmunan
o‘zgartirishlar olib keldi. Angliya va Uels hududi 369 Okrugni o‘z ichiga oluvchi
53ta Graflikka ajraldi. Masalan, London o‘zining boshqaruv tizimiga ega bo‘lib unga
Siti rayoni va 23ta munitsipialititlar kiradi. Grafliklar ichida bir-biriga yaqin
bo‘lganlarini o‘z ichiga oluvchilari mavjud: Mersisayd, Katta Manchetser, G‘arbiy
Medlend, Janubiy va G‘arbiy Yorkshir, Taynsayd. Natijada mahalliy o‘zini-o‘zi
boshqarishning qayta qurilishi mahalliy byudjetlar sonini ancha qisqartirdi, ularning
hajmi kengaydi, ijtimoiy funktsiyasi kuchaydi. Mahalliy boshqaruv funktsiyalari
ichki tuzilishi bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan Graflar kengashi va Okrug kengashi
o‘rtasida bo‘lib chiqilgan. Har bir kengash Mer, uning o‘rinbosari, maslahatchilar,
katta sheriff va boshqa oqsoqollardan tashkil topgan. Mahalliy boshqaruvdan tashqari
u yoki bu sferani boshqarish uchun ta‘sis etilgan yanada katta boshqaruv mavjud.
Mahalliy organlarning bu o‘zaro munosabatlarini erarxiyamas balki sherikchilik
sifatida ko‘rish mumkin.
Byudjet jarayoni. Buyuk Britaniya byudjet tizimining har bir bo‘g‘ini o‘z
byudjetini mustaqil tuzadi, ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi va ijrosini amalga oshiradi.
327
Shuning uchun tegishli organlar faoliyatini tashkil qilishda ma‘lum bir farqlar
mavjud. Bularning hammasi joylarda va markazda byudjet jarayoniga alohida
yondashishni talab qiladi.Unda yagona yaxlit bir byudjet mavjud emas, mahalliy
organlar byudjeti ajratilgan. Davlat byudjeti milliy daromadning 50%iga yaqin
qismini o‘z ichiga olgan xolda Buyuk Britaniya byudjet tizimining etakchi bo‘g‘ini
hisoblanadi.
Buyuk Britaniya davlat byudjetini iqtisodiy prognozlar va kelajakda soliqqa
tortish bo‘yicha taxminiy o‘zgarishlarni ifodalovchi moliyaviy reja sifatida ko‘rish
mumkin.
U ikki qismdan iborat:
Konsolidatsiyalashgan Fond;
Milliy Zayomlar Fondi;
Davlat byudjeti resurslarining asosiy qismi joriy kirim qilingan mablag‘lar va
ularning chiqib ketishi hisobini o‘zida aks ettiruvchi Konsolidatsiyalashgan Fond
orqali shakllantiriladi. Milliy Zayomlar Fondi esa kapital saqlovchi byudjetdir.
Konsolidatsiyalashgan Fond daromadlarining xarajatlardan oshgan qismi
Milliy
Zayomlar
Fondining
daromadlar
qismiga
kiritiladi.
Agar
Konsolidatsiyalashgan Fondda defisit bo‘lsa, u Milliy Zayomlar Fondidan olinadigan
ssudalar evaziga defisitni qoplaydi va mana shuncha summaga davlatning ichki qarzi
oshadi.
Konsolidatsiyalashgan fond – moliya vazirligining Angliya bankidagi alohida
schyotidir. Bu schyotdan mablag‘lar faqatgina Parlamentdagi va Jamoat Palatasidagi
alohida qarzdorlikni nazorat qiluvchi shaxslar – Nazoratchi va Bosh auditor yoki
Bosh nazoratchi va revizorning ruxsati bilan ajratiladi. Parlamentning ruxsatisiz
olingan har qanday mablag‘lar noqonuniy hisoblanadi va ular joyiga qo‘yilishi shart.
Konsolidatsiyalashgan Fondning asosiy daromadlari soliqlardan bo‘lib, u jami
daromadning 95%ini tashkil qiladi. Uning xarajatlari esa 2 guruhga bo‘linadi:
Parlament tomonidan har yili tasdiqlanadigan xarajatlar;
Parlamentga bog‘liq bo‘lmagan xolda fondning taklifiga ko‘ra alohida
xizmatlar uchun xarajatlar;
Tasdiqlangan xarajatlarga : mudofaa, sanoat, qishloq xo‘jaligi boshqaruv apparatini
saqlash, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, hukumat mahalliy organlariga subsidiyalar,
rivojlanayotgan tarmoqlarga yordam berish va boshqa xarajatlar.
Doimiy xarajatlar fondi orqali davlat qarzlari bo‘yicha foizli to‘lovlar to‘lanadi,
madaniy xarajatlar va Evropa Ittifoqi fondlariga ajratmalar kabi xarajatlar amalga
oshiriladi. Xarajatlar summasi chegaralangan o‘sish tendentsiyasiga ega. Soliqli
kirimlarning doimiy o‘sishi mumkin bo‘lmagan bir sharoitda xarajatlarning o‘sishi
hukumatni zayomlar chiqarishga majbur qiladi.
Tuzilishi bo‘yicha zayomlar davlat ichida muomalada bo‘luvchi hukumat
qimmatli qog‘ozlari hamda tashqi qarzlarni to‘lashda muomalada bo‘ladigan
G‘aznachilik obligatsiyalari va veksellariga bo‘linadi. Zayomli mablag‘larning asosiy
qismi hukumat qimmatli qog‘ozlariga to‘g‘ri keladi.
Milliy Zayomlar Fondining daromadlar qismi davlat korxonalari va mahalliy
organlaridan olingan, ularni kengaytirish uchun G‘aznachilik tomonidan berilgan
328
uzoq muddatli kreditlarning foizli to‘lovlari, Angliya bankining emissiya
departamentining foydasi va Konsolidatsiyalashgan Fonddan olinadigan mablag‘lar
asosida shakllantiriladi.
Milliy Zayomlar Fondining xarajatlari davlat qarzlari foizli to‘lovlari va ularni
boshqarish hamda davlat kapitali kiritilgan davlat korporatsiyalari va mahalliy
hukumat organlariga uzoq muddatli kreditlar berishdan iborat.
Yuqorida takidlanganidek, Buyuk Britaniya davlat byudjeti xarajatlari va
daromadlarini taasdiqlovchi yagona qonun ko‘rinishigagi byudjet mavjud emas. Har
yili byudjet masalalarini tartibga soluvchi 2ta moliyaviy qonun ishlab chiqiladi.
―Moliyalashtirish to‘g‘risida‖gi qonun bo‘lib, uning predmeti davlat xarajatlari
hisoblanadi.
― Moliya to‘g‘risida‖gi qonun davlat daromadlari va ularning manbalarini o‘zida aks
ettiradi.
1 apreldan boshlanadigan va 31 martda tugaydigan (1854 yildan boshlab)
moliya yili davomida davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni
doimiy nazorat qilish maqsadida ―Konsolidatsiyalashgan Fond to‘g‘risida‖gi
qonunda davriy qo‘shimchalar kiritilib turiladi. Davlat daromadlari davlat
korporatsiyalari faoliyatidan olinadigan daromadlar, zayomlar chiqarish orqali
mablag‘ jalb qilish va soliqlar orqali shakllantiriladi. Shulardan jami daromadning
90%ini soliqli daromadlar tashkil qiladi.
Buyuk Britaniya hukumati Parlamentning ruxsatisiz yangi soliqlar joriy qilish,
davlat mablag‘lari xarajatlarini amalga oshirishga haqli emas. Davlat byudjetining
loyihasi G‘aznachilik tomonidan tuziladi. Har yili 1-oktabrda loyihani tuzish uchun
deportamentlar tomonidan ichki daromadlar, ya‘ni bojxona yig‘imlari, aktsizlardan
keladigan daromadlar smetasini, vazirliklar va mahkamalar esa xarajatlari smetasini
taqdim qiladilar. Barcha xarajatlar va daromadlar davlat byudjetida belgilangan
tartibda klassifikatsiyalanadi.
Xarajatlar smetasi G‘aznachilik va Vazirlar mahkamasi tomonidan ko‘rib
chiqiladi. Amaliyotda byudjetning xarajatlar qismi va soliqqa tortishda Qirolichaning
o‘rni muhim hisoblanadi. Qirolicha boshqaruv funktsiyasini hukumat nomidan
amalga oshiradi. Moliyaviy ehtiyojlar tug‘ulganda hukumat g‘azna daromadlari
uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar manbalarini izlab topish va ularni G‘aznaga qabul
qilish vazifasi yuklatilgan Jamoat Palatasiga murojaat qiladi.
Hukumat mablag‘larning ishlatilishi haqida bayonot bermaydi, Jamoat
Palatasining ham Hukumatning byudjet taqdimotini ko‘rib chiqishga haqqi yo‘q.
Byudjet taqdimoti har yili moliyaviy muammolar bo‘yicha tavsiyalar beruvchi va
byudjet bo‘yicha nutq so‘zlovchi G‘azna tomonidan Jamoat Palatasigataqdim
qilinadi. G‘azna Kantsleri G‘aznachilik xayati tarkibiga kiradi. Hayat bir qancha
lordlardan tashkil topgan: G‘aznachilik birinchi lordi, ya‘ni Premer-Minitser,
Kantsler, Moliya vaziri va bir qancha g‘aznachilik kichik lordlari.
G‘aznachilik Kantsleri bir vaqtning o‘zida Jamoat Palatasining ham a‘zosi
hisoblanadi va moliyaviy xarahterdagi majburiyatlarni ado etuvchi yagona
mansabdor shaxs hisoblanadi. Byudjet taqdimoti ya‘ni vazirlik va markaziy
idoralarning smetalarini Buyuk Britaniya hukumati nomidan qabul qiladi.
329
Davlat xarajatlari va daromadlarini muvofiqlashtirish uchun choralar ko‘rish
maqsadida G‘aznachilikda ma‘lum bo‘limlar tashkil etilgan. Ularning funktsiyalari
soliqqa tortish va boshqa daromad manbalarini tartibga solish, ―Oq kitob‖ deb
nomlanuvchi davlat xarajatlari rejasini tuzish hamda davlat xarajatlarini 15 yillik davr
uchun prognoz qilish kabilardan iborat. G‘azna Kantsleri Jamoat Palatasiga o‘tgan yil
uchun informatsiyalar beradi. Shuningdek, yangi moliyaviy yil uchun zarur bo‘lgan
daromadlar va xarajatlarning taxminiy bahosini, yangi o‘rnatiladigan soliqlarni
ko‘tarish, tushurish yoki shu xolicha saqlash to‘g‘risida ham Jamoat Palatasiga
tavsiyalar beradi. Byudjet loyihasini tuzishda davlat xarajatlarini belgilash bo‘yicha
Vazirliklararo qo‘mita hamda byudjet loyihasini tuzish uchun berilgan tavsiyalarni
qayta ishlovchi Vazirliklar qo‘mitasi ham ishtirok etadi.
Buyuk Britaniya davlat byudjetini qabul qilishda asosiy jarayonlardan biri bu
―Moliyalashtirish to‘g‘risida‖gi va ―Moliyalash to‘g‘risida‖gi qonunlarning
Parlament tomonidan alohida muhokamaga qo‘yilishi va qabul qilinishidir. Byudjet
loyihasi Jamoat Palatasining barcha Qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qirolichaning nutqidan so‘ng Jamoat Palatasining navbatdagi sessiyasida
byudjetning xarajatlar qismini tasdiqlash uchun muhokamaga qo‘yiladi.
Byudjetning xarajatlar qismi loyihasiga quyidagilar kiradi:
Joriy yilga kiritlgan va keying moliya yiliga ham kiritiladigan asosiy smetali
taqdimotlar;
Bo‘nak sifatida amalga oshiriladigan xarajatlar;
Joriy moliya yiliga qo‘shimcha xarajatlar smetasi;
Me‘yordan oshib ketgan xarajatlar smetasi;
Byudjetning xarajatlar qismini ko‘rib chiqish uchun 5-avgustgacha 25 sessiya
kuni ajratiladi.
Byudjetning xarajatlar qismi moddalar bo‘yicha muhokama qilinadi va har bir
modda uchun alohida qaror qabul qilinadi. Davlat xarajatlarining umumiy smetasi bir
necha davrlarda belgilanadi. Dastlab, yangi moliya yiligacha yoki ―Moliyalash
to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilinguncha bo‘lgan zaruriy xarajatlar smetasiga
mablag‘lar ajratiladi. Bu mablag‘ iyul oyining oxirida tasdiqlanadigan asosiy
ajratmalardan bo‘nak sifatida qaraladigan xarajatlar smetasining bir qismini
ma‘qullash natijasida ajrariladi.
Bundan tashqari 3ta alohida sanalar nazarda tutiladi: Birinchidan, joriy yil
uchun 10-fevraldan kechikmay qo‘shimcha ―qishki‖ xarajatlar smetasi taqdim etilishi
shart. Ikkinchidan, 18-martgacha Mudofaa Vazirligining alohida xarajatlar smetasi,
―bahorgi‖ qo‘shimcha xarajatlar smetasi va belgilangan me‘yordan oshib ketgan
xarajatlar smetasi belgilanishi shart. Uchunchidan, Harbiy va fuqorolik
mahkamalarining muhim bo‘lgan xarajatlari moddasini muhokama qilish uchun biror
kun belgilanadi.
Jamoat Palatasining ruxsatisiz hech bir xarajatlar kreteriyasi ―Moliyalashtirish
to‘g‘risida‖gi qonun loyihasiga kiritilmaydi. Shu bilan birga, Jamoat Palatasi
moliyalashtirish maqsadini o‘zgartirishga va xarajatlar smetasini oshirishga haqqi
yo‘q. U faqatgina joriy moliyalashtirishni mutlaqo bekor qilishi, talab qilinayotgan
summani kamaytirishi mumkin. Jamoat Palatasining qarorida talab qilinayotgan
330
mablag‘lar summasi, uni etkazish vaqti va moliyalashtirish yo‘nalishi ko‘rsatilishi
kerak. Byudjetning xarajatlar qismi bo‘yicha qaror Jamoat Palatasi tomonidan
maqullangach, u har yili qabul qilinadigan ―Moliyalashtirish to‘g;risida‖gi qonunga
kiritiladi va belgilangan xarajatlar Konsolidatsiyalashgan Fond mablag‘lari evaziga
amalga oshiriladi.
Qirolichaning nutqidan so‘ng, biror belgilangan vaqtda byudjetning daromadlar
qismi Jamoat Palatasida muhokaaga qo‘yiladi. Allaqachon maqullangan xarajatlarni
qoplash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini tasdiqlash uchun Jamoat Palatasi
Mablag‘lar va ularning yo‘nalishi bo‘yicha qo‘mita sifatida majlis o‘tkazadi. Bu
Qo‘mitaning asosiy funktsiyasi soliqqa tortish masalalarini ko‘rib chiqish va ular
bo‘yicha ovozga qo‘yishdan iborat.
Qo‘mita qarorlari quyidagi vaziyatlarda zarur:
Yangi soliqlarni o‘rnatish;
Amal qilayotgan soliqlarning muddatini cho‘zish;
Soliq tsavkasini oshirish;
Soliq to‘lovchilar safini kengaytirish;
Soliq imtiyozlarini o‘rnatish;
Davlat zayomlarini chiqarish.
Joylarda mahalliy byudjetlarni tayyorlash muddatlari har xil bo‘lishi mumkin. Bu
Komessiyalar sini va tuzulishiga, ularning yig‘ilish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
Moddalar bo‘yicha mahalliy byudjet 2 metoddan iborat bo‘lishi mumkin:
―Moliyaviy xizmat‖ ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlar asosida to‘liq rejani
tayyorlash;
― Boshqa xizmatlar‖ o‘zlari rejalar tuzib chiqadi, ―Moliyaviy xizmat‖ esa yakuniy
natijalarning umumiy summasini hisoblab chiqadi;
Mahalliy byudjet daromadlari: Buyuk Britaniya mahalliy byudjetlarining
daromadlari mahalliy soliqlar, soliqsiz daromadlar, Buyuk Britaniya hukumatining ,
zayomlar va kreditlar hisobiga shakllanadi. Bir qancha mahalliy soliqlar mahalliy
hokimiyatlarning faoliyatini amalga oshirishi va o‘z xarajatlarini moliyalashtirishda
asosiy manba hisoblanadi. Bundan tashqari davlat xo‘jalik jarayonlarini tartibga
solishda mahalliy soliqlarning fiskal ahamiyati katta. Mahalliy hokimiyat organlari
soliqlarni yig‘ib yig‘ilgan mablag‘larni ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmani
moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Shu yo‘l bilan ular mahalliy xo‘jalik va ijtimoiy
tarmoq rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Tarixan shakllangan mahalliy soliq bu yagona
soliq hisoblanadi.
Soliqlarni yig‘ish va ularni hisoblab chiqish bilan Okrug kengashi
shug‘ullanadi. Soliq har doim belgilangan miqdorda, funt stserlingda ifodalanadi.
Yig‘ilishi kerak bo‘lgan soliqlar miqdori, joriy yildagi xarajatlar, haqiqiy daromad,
Buyuk Britaniya hukumatidan beriladigan subsidiyalar va boshqalarga bog‘liq
bo‘ladi. Mahalliy soliqning stavkasi hamma hududda har xil bo‘ladi: shahar joylarda
balandroq, qishloq joylarida esa pastroq. Bu soliqlar davlat korporatsiyalaridan ham
olinadi.
Mahalliy boshqaruv organlarining boshqa daromadlari quyidagilardan iborat:
mahalliy organlarga tegishli mulkni vaqtinchalik foydalanishga berish, masalan,
331
Kengashga tegishli turar joyni, umumiy ko‘ngil ochar joylarni, jihozlar parkini yoki
dengiz qirg‘oqlarini foydalanishga berish, mahalliy organlarga tegishli bo‘lgan poezd
transportidan keladigan daromadlar. Mintaqa mulkidan foydalanganlik uchun renta
daromadlarning juda muhim shakli bo‘lib, sezilarli miqdorda soliqqa qo‘shimcha
sifatida to‘lanadi. Kengashga tegishli uylardan foydalanganlik uchun renta alohida
hisobga olinadi. Aralash daromadlar guruhiga turli litsenziyalash uchun to‘lovlar,
bundan tashqari jarimalar, masalan, kutubxona kitobini vaqtida qaytarmaganligi
uchun (bu huquq 1964 yil ―Jamoat kutubxonalari va muzeylari to‘g‘risida‖gi
qonunga asosan) jarima undiriladi.
Davlat byudjetidan mahalliy byudjetga beriladigan subsidiyalar mahalliy
daromadlarning muhim qismi bo‘lib, bu ularning davlat byudjetiga aloqador bug‘in
ekanligini ko‘rsatadi.
Berish maqsadiga ko‘ra subsidiyalar 2 guruhga bo‘linadi:
1.Umumiy subsidiyalar
2. Maxsus subsidiyalar
Umumiy maqsadlar uchun aratilgan subsidiya dotatsiya deyiladi va mahalliy
byudjet kamomadini qoplash hamda boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Umumiy
subsidiya ya‘ni dotatsiya mahalliy hokimiyat uchun juda ma‘qul bo‘lib, bu ―eng
yaxshi mablag‘ manbai‖dan foydalanishda mutloq erkinlikka ega bo‘ladi.
Maxsus maqsadlar uchun ajratiladigan subsidiya subventsiya ham deyiladi va
Buyuk Britaniya hukumati tomonidan maqullangan, aniq belgilangan xarajatlarni
moliyalashtirish uchun ajratiladi.
Bugungi kunga kelib dotatsiyalarning ko‘p qismi transport, temir yo‘l qurilishi,
militsiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga ajratiladi. Atrof-muhit himoyasi bilan
shug‘ullanuvchi davlat sektori Graflar kengashiga dotatsiyalarni jamoat transporti
bilan bog‘liq ishlar uchun, jumladan, yo‘llarning xolatini yaxshilash, ko‘chirish
ishlari, transport turar joylari bilan ta‘minlash, yo‘llarni asrash kabi xarajatlar uchun
ajratiladi.
Ajaratiladigan dotatsiyalarning 50% Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi
tomonidan politsiyani saqlash va mahalliy organlar boshqaruvi bilan bog‘liq
xarajatlar uchun ajratiladi. Mahalliy soliqlarga qo‘shimcha ravishda joriy chiqimlarni
moliyalashtirish uchun beriladigan dotatsiya 3 qismdan iborat bo‘ladi: Zaruriy,
tenglashtirilgan va kompensatsiyalashgan.
Zaruriy dotatsiya hududiy birlikning aholi soniga bog‘liq bolalar va studentlar
soniga qarab ajratiladi.
Tenglashtiruvchi dotatsiya mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy
aloqalarini tartibga solish uchun ajratiladi.
Kompensatsiyalashgan dotatsiya mahalliy soliqlarni mustaqil o‘rnatish
huquqiga ega bo‘lgan barcha mahalliy hokimiyatlarga ajratiladi, bunda agar soliq
birdaniga ko‘tarilib ketsa barcha og‘irlik ko‘chmas mulk egalariga tushadi, davlat
dotatsiya orqali buning oldini oladi.
Boshqa sohalarga dotatsiyalar quyidagi xarajatlar uchun ajratiladi: fuqarolar
xavfsizligini taminlash, shaharlarni tiklash, tashlandiq erlarni qayta tiklash,
o‘zlashtirish, qonun-qoidalarni ishlab chiqish xarajatlari uchun beriladi.
332
Zayomlar ham Buyuk Britaniya mahaliy byudjet daromadlarida muhim rol
o‘ynaydi. Ular uzoq, o‘rta va qisqa muddatli bo‘ladi. Ularning ko‘p uchraydiga qismi
uzoq muddatli hisoblanib, ular bo‘yicha foiz to‘lovlari, hukumat xarajatlarini
moliyalashtirish maqsadida chiqariladigan zayomlarga nisbatan balandroq bo‘ladi.
Pul bozorida ular hukumat zayomlari bilan bir vaqtda muomalada bo‘ladi. Lekin
mahalliy organlar o‘zlarining qarz operatsiyalarida mustaqil emas. Masalan, Buyuk
Britaniya mahalliy hokimiyat organi kapital qurilishni moliyalashtirish uchun zayom
chiqarmoqchi, buning uchun Hududiy rivojlanish vazirligidan yoki Shotlandiya
davlat sekretariyatidan, Katta London kengashi esa Parlamentdan ruxsat olishlari
kerak.
Mahalliy byudjetlar xarajatlari. Zamonaviy sharoitlarda iqtisodiyotni
rivojlantirishda byudjet mablag‘laridan foydalanish zaruratini yuzaga keltiradi.
Asosan shu kabi daromad keltirmaydigan loyihalarni moliyalashtiradilar. Bu birinchi
navbatda ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlardir.
Iqtisodiy infratuzilmaga quyidagi xarajatlar kiradi: bevosita ishlab chiqarishga
xizmat qiluvchi energiya xo‘jaliklari, yo‘l qurulishi, transport, suv ta‘minoti,
sanoatni tashkil qilshish uchun hududlarni tayyorlash, uy-joy qurulishi. Ijtimoiy
sahaga esa: ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog‘liq sohalar, ta‘lim, sog‘liqni
saqlash, ijtimoiy ta‘minot kabilar kiradi.
Mablag‘lardan foydalanish xarakteriga ko‘ra moliyalashtirish xarajatlari
manbalari ham joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi.
Joriy xarajatlar mahalliy hokimiyatga tegishli bo‘lgan mulklardan foydalanish
va ularning kundalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq chiqimlarni o‘z ichiga
oladi.
Byudjetdan kapital qo‘yilmalar turar joy qurilishi, axborot, aloqa va boshqa
boshqa ob‘ektlarga xarajatlarni ko‘zda tutadi. Bunday yo‘nalishdagi xarajatlar
dastavval ikkinchi jahon urushidan keyin xo‘jalikni qayta tiklash zarurati bilan
bog‘liqdir.
Byudjetdan kapital qo‘yilmalarning asosiy vazifasi xizmatlar uchungina
erishish maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan aktivlarni jalb qilish
rejasini belgilash hamda investitsion aktivlarni boshqarish instrumentini asoslashdir.
Davlat kapital qo‘yilmalari va joriy xarajatlari birgalikda xazmatlar ko‘rsatish
chegarasidagi mahalliy darajadagi siyosatni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |