O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Sog„liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

15.2. Sog„liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. 
Sog„liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda 
davlat byudjetining ahamiyati 
15.3. Davlat sog„liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini 
rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari 
15.4. Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini moliyalashtirish 
tajribalari 
 
Tayanch so„z va iboralar:
sog„liqni saqlash 
tizimi; 
aholi 
salomatligiga ta‟sir etuvchi omillar; davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot 
muassasalari; tibbiyot va farmatsevtika xodimlari; sud-tibbiy ekspertiza 
muassasalari; tibbiy dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi; xususiy tibbiyot.
15.1. 
Sog„liqni saqlash sohasidagi davlatning majburiyatlari va sog„liqni 
saqlash tizimidagi islohotlarning asosiy yo„nalishlari
Sog‗liqni saqlash sohasidagi davlatning majburiyatlari. Ijtimoiy soha tarmoq-
lari ichida sog‗liqni saqlash tizimi alohida o‗rin egallaydi. Jahon Sog‗liqni saqlash 
tashkiloti ekspertlari hisob-kitoblariga ko‗ra, mamlakat sog‗liqni saqlash tizimining 
aholi salomatligini ta‘minlashdagi ta‘siri 8-14 foiz
104
darajasida baholansa-da, tizim 
faoliyati boshqa barcha ijtimoiy sohalarga qaraganda aholi manfaatlari bilan eng ko‗p 
to‗qnash keladi. 
Inson hayoti, uning manfaatlarini himoyalash bilan bog‗liq bo‗lgan va sog‗liqni 
saqlash tizimida qator yo‗nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasi 
davlatning bevosita ishtirokiga, uning ushbu sohaga tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy-
moliyaviy aralashuviga ko‗p jihatdan bog‗liq. 
Ma‘lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat ne‘mat bo‗lib, har bir kishi hayoti 
davomida duch kelishi mumkin bo‗lgan tibbiy xizmatga qancha mablag‗ yig‗ib 
qo‗yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir guruh fuqarolar birlashib, yoki 
butun bir jamiyat bu maqsadga mo‗ljallangan mablag‗larni jamg‗arishi mumkin.
Sog‗liqni saqlash tizimini boshqarish va moliyalashtirishda davlat ishtirokining 
ob‘ektiv zarurligi haqida gap borar ekan, avvalo, bu tizimning faoliyat mahsuli 
bo‗lgan 
tibbiy xizmatlarning o„ziga xos xususiyatlari
ni ko‗rib chiqish maqsadga 
muvofiq.

104
Sog‗liqni saqlash sohasi va BTSYOKni moliyalashtirish va boshqaruv tizimini isloh qilish. USAID/ZdravPlus 


Toshkent, 2005. 16-b.


234 
Birinchidan, 
tibbiy xizmatlarning ko‗pchiligi ijtimoiy ne‘mat hisob-
lanadi.Barcha mamlakatlarda ―ijtimoiy ne‘matlar‖ sirasiga kiruvchi tibbiy xizmatlar 
jamoat sog„liqni saqlash sektori
tomonidan ko‗rsatiladi. Bular qatoriga kasallanish 
riskini pasaytirish, sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish va qo‗llab-quvvatlash, atrof-
muhitni sog‗lomlashtirishga qaratilgan xizmatlar kiradi. Shuningdek, tibbiy 
xizmatlarning ko‗pchiligi 
“tashqi samara”
berish xususiyatiga ega, ya‘ni ma‘lum bir 
shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishi boshqalarning kasallanish riskini 
kamaytiradi, masalan, yuqumli hamda ijtimoiy xavfli kasalliklarni davolash bilan 
jamiyat miqyosida avj olishi mumkin bo‗lgan salbiy ―tashqi samara‖ning oldini 
olishga muvaffaq bo‗linadi. Shunga muvofiq ravishda, jamoat sog‗liqni saqlash 
sektori an‘anaviy tarzda quyidagi funksiyalarni bajaradi: (1) mamlakatda va uning 
alohida hududlarida epidemiologik vaziyatni nazorat qilish va yuqumli kasalliklarga 
qarshi kurashish; (2) atrof-muhitning normal sanitariya holatini ta‘minlash; (3) onalar 
va bolalar salomatligini muhofaza qilish; (4) sanitariya-oqartuv ishlarini tashkil 
qilish; (5) profilaktika va davolash bilan bog‗liq tibbiy xizmatlar haqidagi 
ma‘lumotlarni to‗plash, umumlashtirish, qayta ishlash va shu asosda ularga bo‗lgan 
ehtiyojni baholash. Bu tibbiy xizmatlarning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda, 
jamoat sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirish va nazorat qilish majburiyatini 
davlat o‗z zimmasiga oladi. 
Shu bilan birga, ko‗pchilik tibbiy xizmatlar, bozor sharoitidagi boshqa har 
qanday tovar kabi, sotilishi va sotib olinishi, lekin tashqi samara bermagan holda 
alohida shaxslarning ehtiyojini qondirishi mumkin. Bunday xizmatlarga klinik 
sharoitlarda ko‗rsatiladigan davolash xizmatlari kiradi va jamoat sog‗lig‗ini saqlash 
xizmatlaridan farqli ravishda, kasallikning oldini olish va salomatlikni muhofaza 
qilishga emas, alohida kasalliklarni davolashga qaratiladi. Bunday xizmatlar tibbiy 
xizmatlar bozorida oldi-sotdi obyekti bo‗la oladi, ammo bu munosabatlar ham tibbiy 
xizmatlarning quyida sanab o‗tiladigan o‗ziga xosliklari tufayli davlat aralashuvini 
taqozo qiladi. 
Ikkinchidan,
tibbiy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari 
doimo noaniqlik bilan bog‗liq. Inson qachon va qanday vaziyatda kasallanishini, 
kasallikni davolash unga qanchaga tushishini bilmaydi odatda uning sog‗lig‗ini 
yo‗qotishga olib kelgan kasallik yoki baxtsiz hodisa u kutmagan vaqtda yuz beradi. 
Shu sababli aksariyat insonlar bunday holatlarda tibbiy yordamning kafolatlangan 
bo‗lishini xohlaydilar. Bu kafolatni faqat davlat bera oladi: davlat majburiy tibbiy 
sug‗urta yoki davlat byudjeti mablag‗lari evaziga majburiy (bepul) tibbiy 
xizmatlarning ko‗rsatilishini kafolatlaydi. Bu kafolatlar salomatligini tiklash, ayrim 
hollarda esa hayotini saqlab qolish bilan bog‗liq ko‗zda tutilmagan xarajatlar uchun 
salmoqli mablag‗ni oila byudjetidan ajrata olmaydigan darajada daromadlari yuqori 
bo‗lmagan aholi qatlamlari uchun ayniqsa muhimdir. Aholining muhtoj qatlamlarini 
ijtimoiy muhofaza qilish – davlatning muhim vazifalaridan biri, sog‗liqni saqlash 
sohasida bu vazifa daromadlilik darajasidan qat‘iy nazar, har bir fuqaroga bepul 
ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar tarkibini belgilash, shuningdek, ijtimoiy himoyaga 
muhtoj bo‗lgan fuqarolar: nogironligi bo‗lgan shaxslar, chin yetimlar, urush 
veteranlari va boshqalarga tibbiy xizmatlarni olishdagi imtiyozlarni o‗rnatish 


235 
kabilarga qaratiladi.
Uchinchidan, 
axborot asimmetriyasining mavjudligi: tibbiy xizmatlar 
iste‘molchisi, odatda, o‗zining sog‗lig‗i xususidagi muammolar va ularni hal qilish 
masalasida yetarli ma‘lumotga ham, bilimga ham ega bo‗lmaydi, uning kasalligi va 
davolash usullari haqida faqat vrach aniq ma‘lumotga ega bo‗ladi va natijada vrach 
(xizmatning ishlab chiqaruvchisi) bilan bemor(xizmatning iste‘molchisi)ning 
axborotga egaligi o‗rtasida nomuvofiqlik, ya‘ni axborot asimmetriyasi yuzaga keladi. 
Normal faoliyat qiluvchi bozorda iste‘molchi o‗ziga zarur bo‗lgan ne‘matlarning 
hajmi va sifatini o‗zi belgilaydi, tibbiyot xizmatlarida esa bu ishni xizmatni ishlab 
chiqaruvchi – vrach bajaradi. Buning natijasida vrachlarning tibbiy va iqtisodiy 
manfaatlari o‗rtasida ziddiyat yuzaga keladi, ya‘ni vrach, o‗zining iqtisodiy 
manfaatlarini bemorning sog‗lig‗i bilan bog‗liq manfaatlaridan ustun qo‗ygan holda, 
qimmat turuvchi muolajalarni tayinlashi, qimmatbaho dorilarni tavsiya etishi mumkin 
bo‗ladi. Xullas, axborot asimmetriyasi tibbiy xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarni 
iqtisodiy jihatdan birmuncha qulay holatlarini va ustunliklarini ta‘minlaydi. Shu sa-
babli davlat alohida vrachlar va tibbiyot muassasalari faoliyatini litsenziyalaydi, 
tartibga soladi, ko‗rsatilayotgan xizmatlarning minimal sifat darajasini belgilaydi, 
tibbiy xizmat ishlab chiqaruvchilarni iste‘molchilar manfaatlari yo‗lida harakat 
qilishga rag‗batlantiradi. 
Shunday qilib, tibbiy xizmatlarning o‗ziga xosliklari bilan bog‗liq bo‗lgan 
qator holatlar mavjudki, ular mamlakatda bozor munosabatlarining qay darajada 
shakllangan va rivojlangan bo‗lishidan qat‘iy nazar, davlatning sog‗liqni saqlash 
tizimini boshqarish, uning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok 
etishini obyektiv tarzda zarurligini belgilab beradi. Shuning uchun, ko‗pchilik 
mutaxassislarning va xalqaro ekspertlarning fikricha, sog‗liqni saqlash sohasida 
davlat quyidagi majburiyatlarni o‗z zimmasiga olishi zarur (16.1-rasm): 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish