Keskin raqobat. Rentabellikning pasayishi va mijozlar ehtiyojlarining
o’zgarishi sharoitida banklar o’rtasida raqobat yanada kuchayadi. An’anaviy biznes
modeliga ega banklar og`ir sharoitda qolishadi va bozorda o’z ulushini saqlab
qolish uchun, ular rivojlanishning yangi yo’nalishlariga moslashishiga to’g`ri
keladi. Davlat ishtirokidagi banklar davlat tomonidan ko’rsatilgan yordam,
mijozlarning katta bazasi va sotishning tarmoqlangan tizimi tufayli nisbatan
barqaror bo’ladi. Shuningdek, jismoniy shaxslar to’lovlariga xizmat ko’rsatish sohasida yuqori texnologiyalarni qo’llab, bozorga bankka oid bo’lmagan tashkilotlar chiqmoqda. Banklarga nisbatan ularning tartibga soluvchi majburiyatlari kamroq va jiddiy investistiyalarni texnologiyalarga va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishga ajratishadi.
Chakana xaridorlarda bundan keyin ham tayanch moliyaviy xizmatlarga
ehtiyoj saqlanib qoladi, ammo zamonaviy texnologiyalar tufayli 24/7 tartibidagi
xizmatlardan foydalanish, bank bilan yuqori tezlikda o’zaro hamkorlik qilish va
yakka tartibdagi yondashuv o’ta muhim bo’lib qoladi. Aholining moliyaviy
jihatdan bilimlari yanada oshadi va bank xodimlari bilan bevosita muloqotga
kirishmasdan, masofaviy kanallardan foydalanishni afzal ko’rishadi. Internet
tufayli mijozlar uchun turli banklarning xizmatlari va takliflarini taqqoslash va
o’zi tanlashi oson bo’ladi. Bir vaqtning o’zida, ma’lumotlarning ko’pligi tufayli,
bankni tanlash to’g`risida qaror qabul qilishda his – hayajon va nufuzga oid
omillar birinchi o’ringa chiqadi.
Bank tizimi mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotining barcha muhim ahamiyatga ega, chunki har qanday mamlakatning bank tizimi iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, aholi, davlat hokimiyati organlari bilan o'zaro hamkorlik qilib, ularga muayyan ta'sir ko'rsatadi.
Milliy bank tizimi rivojlanishini ta`minlashning zamonaviy usullaridan foydalanish hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibiy o`zgarishlar jarayonida zaruriyat hisoblanmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ushbu zaruriyat haqida quyidagicha ta’kidlaganlar: “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz. 2018-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur”6.
Bankning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir qiluvchi omillar:
Yuqori sifatli aktivlarni tashkil etish va daromadlilikning doimiy maqsadli darajasini taxminlash imkonini beradigan tavakkalchilikning faqat shunday xarakteriga yo‘l qo‘yish;
Yuqori sifatli kredit portfelini ta’minlovchi kredit xodimlarining yuqori malakali jamoasini tashkil etish;
Bankning strategik maqsadlariga muvofiq keladigan iqtisodiy jihatdan istiqbolga ega, rentabelli loyihalarni moliyalashtirish uchun ssudalar berish;
Kredit resurslarini jalb etish muddatlaridan kelib chiqqan holda kreditlashni amalga oshirish;
Bank mijozlari bilan uzoq muddatli, daromad keltiruvchi munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish;
Yuqori darajada raqobatbardosh, biroq kreditlashning asossiz, shuningdek, bank amaliyotida vaqtinchalik istiqboli bo‘lmagan usullardan foydalanishdan chekinish.
Shuningdek, har bir mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri, deb e’tirof etilgan bank tizimi aynan bank aktivlarini to’g’ri boshqarish, bank mijozlariga xolisona xizmat ko’rsatish, to’lovga qobiliyatlilik darajasini haqqoniy baholash, bank siyosatini odil yuritilishi, valyuta operatsiyalarining oqilona tashkil qilinganligi, bank zaxira kapitalini samarali boshqarish kabi masalalarga bog’liq. Ma’lum bir darajada global inqirozning asoratlarini kamaytirish sharoitida mamlakat bank tizimini barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida jahon mamlakatlari miqyosida orttirilgan tajribalarni o’rganish va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik hamda ular erishgan yutuqlarni tijorat banklari amaliyotiga joriy yetish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa
Ushbu hisobot orqali shuni xulosa qilish mumkinki, mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i bo’lmish bank tizimimiz bugungi kun zamon talabiga javob berishi uchun o‘z faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashi birinchi darajali dolzarb masala hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijorat va elektron to‘lovlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanilganligi tufayli tijorat ishida hamkorlarni topish, shartnomalarni tuzish, tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyatlar yaratilib, ushbu imkoniyatlar ularning raqobatbardoshligini oshirishda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘z navbatida, bunday holat milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlamoqda. Shunday ekan, ushbu sohani yanada kengaytirish, bank mijozlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishda tinmay izlanishlar olib borish lozim, deb o‘ylayman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud bo’lganidek, bank tizimida ham raqobat mavjud, ya’ni baklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. Shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur.
“Xalq bank”ni yanada rivojlantirish va yakuniy natijalarga erishish maqsadida quyidagi yo’nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
ko’rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini ko’paytirish va sifatini yanada yaxshilash, xususan, bank infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llagan holda masofadan turib bank xizmatlarini ko’rsatish ko’lamlarini yanada kengaytirish.
Ushbu hisobot orqali quyidagi takliflarni bermoqchiman:
kredit siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdagi muammolarni bartaraf etish zarur;
bank mijozlari haqida cheklangan va tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish;
Ma’lumotlar hajmi o’zgarganda IT – tizimlarining uni yetarli darajada qayta ishlashi uchun sifatli va zamon talabiga mos texnologiyalardan foydalanish;
Boshqaruv jarayonlarining, hisobotlarning va xarajatlarni boshqarish tizimining yetarli darajada avtomatlashtirish.
Kredit siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdagi quyidagi muammolarni bartaraf etish zarur:
kreditlarni maqsadga muvofiq ishlatilmaslik hollariga yo’l qo‘yilmoqda;
mijozning kreditga layoqatlilik darajasi yetarli o’rganilmasdan unga ishonchli kreditlar berish hollari mavjud;
banklarda kreditlarning asosiy summasi kredit to’lash muddatining so’ngida amalga oshirilyapti va kredit grafigi kupol ravishda uzib kelinmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf qilish uchun takliflar:
tijorat banklarining uzoq muddatli investitsion kreditlari hajmini oshirish yo’li bilan ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash zarur;
kreditlar bo‘yicha ta’minotga olingan ta’minot manbalari bank tomonidan kreditni qoplashning asosiy manbai deb hisoblanmasligi kerak, ta’minot manbasi kreditni to‘lashni ikkilamchi manbai sifatida qaralishi kerak;
uchinchi shaxsning kafolati ostida kredit berish amaliyotini qisman kamaytirish va uchinchi shaxsning kafolati ostida kredit berish tizimini takomillashtirish.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, “Xalq bank” Toshkent shahar filiali jismoniy shaxslarga ko’rsatayotgan xizmat sifatini yanada oshirishi, zamon talabiga mos texnologiya va dasturiy ta’minotlardan foydalanib ma’lumotlar bazasini elektronlashtirish ishlarini yo’lga qo’yish kerak deb o’ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |