O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


-rasm. “Xalq bank” AT bosh ofisining tashkiliy tuzilmasi



Download 0,56 Mb.
bet4/9
Sana12.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#658672
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
shaxa

2-rasm. “Xalq bank” AT bosh ofisining tashkiliy tuzilmasi.

2. “Xalq bank” faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy hujjatlar tahlili.


“Xalq bank” oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi va Oʼzbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida» (yangi tahrirda), «Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy banki to’grisida» (yangi taxrirda), «Qimmatli qogʼozlar bozori toʼgʼrisida» (yangi taxrirda), «Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida»gi qonunlari (yangi taxrirda) va boshqa qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Ustan va bankning boshqa ichki hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan)ga amal qiladi5. Respublika hududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar faoliyati ushbu qonun orqali tartibga solinadi. Ushbu qonunning 8-moddasiga ko’ra har bir bankning o’z ustavi bo’lib banklar shu ustav asosida faoliyat ko’rsatadilar. Usbu moddaga ko’ra bank ustavida:

  • bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili);

  • bank operatsiyalarining ro‘yxati;

  • ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti;

  • bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;

  • bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Bank ustavida, ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.
Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Ushbu qonunda banklarning boshqaruv organlari faoliyati keltirib o’tilgan:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat:

  • omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan kreditlash va mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish;

  • bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish;

  • bank siyosatini ishlab chiqish;

  • qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash.

Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo‘lishlari mumkin.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisobdordir.
O’zbekiston Respublikasining “Bank siri tog’risida”gi qonuni (30.08.2003 da qabul qilingan) bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (qonunning 1-moddasi).
Bank belgilangan tartibda Oʼzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqini bermagan holda oʼz filiallarini va boshqa alohida boʼlinmalarini tashkil qilishga hakli, bank tomonidan ularga taqdim qilingan vakolatlar doirasida ularga huquqlar berishi mumkin.
Bankning filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan Kuzatuv kengashi qarori asosida tashkil qilinadi. Bankning filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari davlat tilidagi oʼz nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtampga va oʼz nomidagi blankalarga ega.
Bankning filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari bank nomidan faoliyat yuritadilar. Bank oʼz filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari faoliyati uchun javobgar boʼladi. Filiallar va boshqa alohida boʼlinmalar boshqaruvchilari bank tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat yuritadilar. Bank nomidan ishonchnoma Bank boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan beriladi.
Bankning filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari oʼz faoliyatlarini Bank kuzatuv kengashi tasdiqlagan Nizom asosida amalga oshiradilar.
Bank Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mamlakat tashqarisida shoʼʼba banklar va vakolatxonalar ochishi, filiallar tashkil etishi, banklarning kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishi mumkin.
Shoʼba banklar hamda vakolatxonalar ular ochiladigan va (yoki) tashkil etiladigan mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq ochiladi va (yoki) filiallar tashkil etiladi.
Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sugʼurta faoliyati bilan shugʼullanishga haqli emas, Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisidagi qonuni hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu cheklov quyidagi hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimlarida foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan uskunani va unga doir dasturiy taʼminotni sotish yoki ijaraga berishga;

  • oʼz aktivlarini sotishga;

  • chek daftarchalarini chiqarish, realizatsiya qilish va tarqatishga;

  • sugʼurta tashkilotlari boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi rezidentlari nomidan sugʼurta shartnomasi tuzilishini tashkil etish boʼyicha faoliyatni amalga oshirishga;

  • bank oʼzi muassis boʼlgan yuridik shaxslarga oʼz mol-mulkini mulkiy ijara (arenda) shartnomasiga muvofiq ijaraga berishga.

Bankka yuridik shaxslarni tashkil etish va (yoki) yuridik shaxslarning ustan fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki aktsiyalarni olish taqiqlanadi, bundan kuyidagilar mustasno:

  • kredit, sugurta na lizing operatsiyalarini professional asosda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

  • moliya bozori infratuzilmasining bir qismi boʼlgan yoki banklarga axborot va maslaxat xizmatlarini koʼrsatuvchi yuridik shaxslar;

  • qimmatli qogʼozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

  • bankning kafolati ostida qimmatli qogʼozlarni chiqarish va joylashtirish maqsadida mazkur bankning xorijda tashkil etiladigan shoʼʼba tashkilotlari:v

Ushbu nizomga ko’ra:
Bank oʼz faoliyatida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradi:

  • pul mablagʼlarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;

  • toʼlovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;

  • kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan oʼz nomidan oʼzining mablagʼlari hamda jalb etilgan mablagʼlar hisobidan berish;

  • chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;

  • jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma boʼyicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;

  • inkassatsiya va kassa xizmatlarini koʼrsatish;

  • uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;

  • uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring);

  • qimmatli qogʼozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʼozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

  • affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni masʼul saqlash hisob varaqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʼlmagan) hisobvaraqlarini yuritish;

  • qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;

  • hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;

  • hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish;

  • lizing berish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;

  • moliyaviy operatsiyalar bilan bogʼliq maslahat xizmatlari koʼrsatish;

  • aktivlar portfelini boshqarish;

  • elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va toʼlash;

  • bank kartalarini berish va toʼlovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat koʼrsatish.

Bank banklar va bank faoliyati toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada koʼrsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas.
Bank Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankning (keyinchalik «Markaziy bank» deb yuritiladi) ruxsatnomasi olinganidan keyin xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq autsorsingga topshirish huquqiga ega.
Bankning Ustav kapitali miqdori 4 230 911 952 000 (to’rt trillion ikki yuz o’ttiz milliard tuqqiz yuz un bir million to’qqiz yuz ellik ikki ming) so’m miqdorida belgilangan. Ushbu summa nominal qiymati 1 000 (bir ming) so’m bo’lgan 4 230 911 952 (to’rt milliard ikki yuz o’ttiz million to’qqiz yuz o’n bir ming to’qqiz yuz ellik ikki) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarga bo’linadi.
Ustav kapitalini oshirish maqsadida, Bank chiqarishi mumkin bo’lgan eʼlon qilingan (qo’shimcha) aksiyalar summasi 5 769 088 048 000 (besh trillion yetti yuz oltmish to’qqiz milliard sakson sakkiz million qirq sakkiz ming) so’m bo’lgan, nominal qiymati 1 000 (bir ming) so’mlik 5 769 088 048 (besh milliard yetti yuz oltmish to’qqiz million sakson sakkiz ming qirq sakkiz) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar.
Bank quyidagi huquqlarga ega:

  • Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan korxonalar, tashkilotlar va boshqa tijorat tuzilmalarini, shuningdek holdinglarni tashkil etishda va ularning faoliyatida o’z mablag’lari bilan, shu jumladan ulush qo’shish asosida qatnashish;

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruhsati bilan O’zbekiston Respublikasi hududida filiallar va boshqa alohida bo’linmalar shuningdek, uning tashqarisida shoʼba banklar ochish hamda filiallar va vakolatxonalar tashkil etish;

  • o’z faoliyatini muvofiqlashtirish, o’z manfaatlarini himoya qilish va qo’shma dasturlarni amalga oshirish uchun bank guruxlarida, uyushmalarda va boshka birlashmalarda qatnashish;

  • kreditlar, depozitlar buyicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilash;

  • shartnoma asosida pul mablaglarini depozitlar, kreditlar shaklida boshqa banklarning mablag’larini jalb etish va mablag’larni boshqa banklarda joylashtirish, xisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orkalk xisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • byudjetga va davlatning maksadli fondlariga barcha solik va majburiy to’lovlar tulangandan keyin Bank tasarrufida koladigan sof foyda xisobidan zaxiralar va fondler tashkil etish;

  • qonun hujjatlariga muvofik kimmatli kogozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish;

  • moliya va xo’jalik organlarida korxonalar va tashkilotlar manfaatlarini ularning ishonchnomalari buyicha ifodalash;

  • litsenziyada va ushbu Ustavda nazarda tutilgan, uz moliyaviy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bulgan boshka xatti-xarakatlar va operatsiyalarni amalga oshirish.

Bank quyidagilarga majburdir:

  • mablaglarni Markaziy bankda zaxiraga qo’yish va belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya kilish buyicha Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarni bajarish;

  • aktiv jumladan, kredit va lizing operatsiyalari buyicha extimol tutilgan zararlarni qoplash uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda zaxiralar tashkil etish;

  • garovning (shu jumladan mol-mulk shaklidagi garovning), beriladigan kafolatlar, kafilliklar va majburiyatlarning yetarliligini xisobga olib, beriladigan kreditlar taʼminlanishining ichki normativ tartibini belgilash;

  • uz faoliyati to’g’risidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etish;

  • bank xizmatlarining isteʼmolchilari bankni va bank xizmatlarini tanlashda erkinligi tamoiliga rioya kilish;

  • Bankda ichki audit xizmati mavjud bulishini taʼminlash;

  • Bank uzining joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili uzgarganligi to’g’risida yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tqazuvchi organlarni yozma bildirish yuborish yo’li bilan, aksiyadorlarni esa, ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish yo’li bilan xabardor etish;

  • qaziy depozitariysi bilan kelishuv tuzish (imzolash);

  • qonun hujjatlariga muvofiq bank sirini yoki boshka sirni tashkil etadigan

  • maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlash;

  • shartnomaga muvofik mijozning xisobvaragiga tushayotgan pul mablaglarini qabul kilish va xisobga kiritish, mijozning xisobvaragidan tegishli pul mablaglarini o’tqazish hamda berish va hisobvaraq bo’yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish;

  • Bank xizmati isteʼmolchilari murojaatlarini kurib chikish tartib-tamoilini o’z ichiga olgan tartibga ega bulishi va murojaatlarni amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko’rib chiqishi;

  • Bank buxgalteriya hisobini Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalar asosida ishlab chiqilgan ichki hisob-kitob siyosatiga muvofiq tashkil etadi va yuritadi;

  • Bank jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi qurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etadi;

  • banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajaradi.

Bank kuzatuv kengashi va Bank boshqaruvi ushbu Ustav, bank ichki hujjatlari, Аksiyadorlarning umumiy yigʼilishi qarorlari va qonun hujjatlarda berilgan vakolatlar doirasida bank faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bank faoliyatini samarali tashkil etish va ustav kapitaliga xorijiy investorlarni jalb etish, Bankni boshqaruv organlari, mehnat jamoasi vakillari oʼrtasida oʼzaro munosabatlar tizimini taʼminlash Bank aksiyadorlarining umumiy yigʼilishi tomonidan tasdiqlanadigan Korporativ boshqaruv kodeksi va bankning boshqa ichki hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, mazkur Ustav, bankning ichki hujjatlari asosida harakat qiluvchi bankning kollegial ijro etuvchi organi boʼlib, faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni toʼliq zimmasiga oladi.
Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, ushbu Ustav va bank ichki hujjatlari bilan Аktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi yoki Bank kuzatuv kengashi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʼyicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega emas.
Bank boshqaruv aʼzolari Bank kuzatuv kengashi tomonidan bir yil muddatga tayinlanadilar. Bank boshqaruvi aʼzolarini tayinlash xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin boʼlgan tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.
Bank boshqaruvi aʼzolari ishchanlik obroʼsiga, bank xatarlarini samarali boshqarish, oʼz vakolatlari doirasida asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun zarur boʼlgan tajriba, bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishlari lozim.
Bank boshqaruvi raisi oʼz lavozimiga Bank kuzatuv kengashining qarori bilan tayinlanadi.
Boshqaruv raisi va Boshkaruv aʼzolari bilan shartnoma bank nomidan Bank kuzatuv kengashi raisi yoki Bank kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi toʼgʼrisida har yili qaror qabul qilish sharti bilan bir yil muddatga imzolanadi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish