Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkolik vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasida takomillashib borayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlik tizimining mohiyati, o‘ziga xos jihatlari va unda ichki ishlar organlarining tutgan o‘rni hamda yo‘nalishlarini o‘rganish;
iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlikning huquqiy tartibga solinishini tahlil qilish;
iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik faoliyatiga doir xalqaro huquqiy hujjatlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish;
iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik mexanizmini isloh qilish jarayonida vujudga kelgan nazariy va amaliy muammolarni aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.
Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash har bir davlatning ichki funksiyasi bo‘lib, uni olib borish davlatning maxsus organlari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin, hozirgi zamonda jinoyatchilik transmilliy shaklga aylanib, faqat davlatlargagina zarar keltirmasdan, xalqaro huquq-tartibotga ziyon yetkazayotganini hisobga olsak, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashning naqadar katta ahamiyatga egaligini ko‘rish mumkin.
Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik butun dunyo davlatlari uchun muhim masalalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi ham xalqaro huquq prinsip va qoidalarining mamlakat ichki huquqidan ustunligini qat‘iyy e‘lon qiladi. Shu bois xalqaro jinoyat huquqini mukammal o‘rganish va bilish huquqshunoslar hamda yuridik fan sohasidagi mutaxassislarning eng birinchi vazifasidir. Mustaqil davlatimizning xalqaro maydonga chiqishi va dunyo hamjamiyatining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanib jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikda faol qatnashishi xalqaro jinoyat, jinoyat-protsessual huquqlarni puxta o‘zlashtirishni talab etadi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning mazmun-mohiyati, ichki tuzilishi asosiy prinsiplari, tarmoqlarini chuqur anglab yetish va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, mutaxassislar uchun ayni zaruratdir. Qolaversa, yosh huquqshunos mutaxassis kadrlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliyot xodimlari jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik asoslarini mukammal bilishlari lozim.
Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikka oid bilimlarsiz rahbar xodimlarning ma‘lumoti to‘liq bo‘lmaydi. Bundan tashqari, xalqaro jinoyat huquq tizimini o‘rganish huquqshunosning dunyoqarashini kengaytiradi, hayot, ham huquqda ishlab chiqilgan va qotib qolgan aqidalardan farq qiluvchi tushunchalarni anglab yetish va qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni malakali tarzda anglay olgan shaxs, albatta yetuk mutaxassis rahbar xodim sifatida katta nufuzga ega bo‘ladi.
Xalqaro jinoyat huquqining zamindor nazariy masalalarini ilmiy tahlil va talqin etish orqali uning barcha muhim institutlari mazmunini tushunish xalqaro-huquqiy normalarni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirish garovidir. Ma‘ruzalar kursi mazmuni aynan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik munosabatlari xalqaro jinoyat huquqi bilan amaliyotining uzviy aloqadorligi asosiga tayangan .
E‘tiborga molik jihati ushbu ma‘ruzalar kursida xalqaro jinoyat huquqi davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning huquqiy mexanizmi, davlatlararo hamkorlik faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslar qidiruvida xalqaro hamkorlikni tashkil etish va xalqaro qidiruvdagi ushlangan jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi giyohvandlikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash olib boradigan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik va boshqalar mushohada etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |