O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


-mavzu. O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosati



Download 1,44 Mb.
bet19/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

6-mavzu. O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosati


1. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish.
2. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar.
3. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar.
4. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar va ularning turlari.


Tayanch so‘z va iboralar: o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish, talonchilik, tovlamachilik, bosqinchilik, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar, o‘zlashtirish yoki rastrati yo‘l bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, moddiy zarar, iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar, xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, soxta tadbirkorlik, raqobatchini obro‘sizlantirish.


1. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish
Moddiy ne‘matlarni taqsimlash sohasini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi xavfliroq jinoyatlarni o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari tashkil qiladi.
O ‘zgalar mulkini talon-toroj qilish deganda huquqqa xilof ravishda o‘rnini qoplamasdan, g‘arazgo‘ylik niyatida mulkdorga zarar yetkazib, o‘zganing mulkini aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar foydasiga egallab olish yoki o‘tkazish tushuniladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining bevosita o‘bekti mulkini o‘zgaga tegishlilik huquqini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Shu bois mazkur turdagi jinoyatlarning predmetini o‘zganing mulki tashkil qiladi.
O‘zganing mulki deganda o‘zgaga tegishli bo‘lgan ashyolar, pullar va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi (qo‘lga kiritilishi, mulkni qo ‘lga kiritish bilan teng bo ‘lgan) hujjatlar tushuniladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarida mulk davlat, xususiy, aralash, ommaviy va boshqa mulk bo‘lishidan qat‘iy nazar, u o‘zganing mulki deb baholanadi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, pasport, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma va boshq.) ko‘rsatilgan hollarda moddiy qiymatga ega bo‘lgan narsalar (poyezd, samolyot chiptasi va boshq.) talon-toroj predmeti bo‘la olmaydi.
O ‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining predmetini tavsiflovchi belgilar quyidagicha:

  • ijtimoiy jihatdan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflangan ashyo bo‘lishi;

  • iqtisodiy jihatdan talon-toroj qilingan mulk mulkdor uchun muayyan qiymatga ega bo‘lishi;

  • jismoniy jihatdan talon-torojning predmeti har doim moddiydir va moddiy olamning bir qismini tashkil etib, mulkning belgilariga ega bo‘ladi (ko‘chiriladigan yoki ko‘chirilmaydigan ashyo bo‘lishi);

  • huquqiy jihatdan aybdor uchun o‘zganing ashyosi hisoblanuvchi ashyoning bo‘lishi, ya‘ni aybdor ularga nisbatan na haqiqiy, na taxminiy mulk huquqiga yoki unga qonunan egalik qilish huquqiga ega bo‘lmagan, aybdorning ularga egalik qilishi, shubhasiz qonunga to‘g‘ri kelmaydigan ashyolar.

Quyidagilar o ‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining predmeti bo‘la olmaydi:

  • yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar, ularning mevalari, yovvoyi qushlar va hayvonlar, yer ostidan kovlab olinmaydigan foydali qazilmalar;

  • mulkdor uchun o‘z qiymatini yo‘qotgan narsalar;

  • muayyan qiymatga ega bo‘lmagan mulklar (iqtisodiy, xo‘jalik, madaniy);

  • o‘zgalar ixtiyoridan tasodifiy holda chiqqan mulklar;

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, pasport, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma va boshq.) talon-toroj predmeti bo‘la olmaydi.

O‘bektiv tomondan o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda, tekinga o‘zi yoki boshqa shaxs foydasi uchun olishda ifodalanadi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda talon-torojga taalluqli bir qator belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Ushbu belgilardan birortasining aniqlanmasligi qilmishni talon-toroj sifatida kvalifikatsiya qilishni istisno etadi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlariga quyidagi belgilar xos:

  1. mulkni egallashda g‘arazli niyat (g‘arazgo‘ylik)ning mavjudligi. G‘araz niyat foyda olish, naf, manfaat ko‘rishni nazarda tutadi. Qonunga ko‘ra, g‘arazgo‘ylik deganda sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yo‘sindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutulishga intilishda ifodalangan niyat tushuniladi;

  2. o‘zganing mulkini huquqqa xilof ravishda egallash. Huquqqa xiloflik - aybdorning mulk egasi emasligi, qilmishni sodir etishga huquqiy asosi yoki huquqining yo‘qligi. Bunday mulkni o‘z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga aylantirishga huquqning yo‘qligini anglatadi;

  3. o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishning navbatdagi belgisi bu o ‘rnini qoplamaslikdir. O ‘rnini qoplamaslik deganda aybdorning talon-toroj qilingan mulk uchun ijtimoiy foydali mehnat yoki uning o‘rnini bosuvchi qiymatga ega harakatni amalga oshirmasligi, mulk qiymatidan kam haq to‘lashi tushuniladi;

  4. qilmishni o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish deb baholash uchun mulk o‘zganing tasarrufida bo‘lishi va mulk o‘zganing tasarrufidan olinganligini baholash kerak. Chunki o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatida aybdor tajovuz qilgan mulk mulkdorning tasarrufida bo‘lishi lozim.

Agar mulk muayyan tashkilot yoki shaxslar ixtiyoriga kelib tushishi kerak bo‘lgan bo‘lib, ushbu mulk mulkdor ixtiyoriga kelib tushmasdan olib qo‘yilsa, bunday qilmish talon-toroj sifatida kvalifikatsiya qilinmaydi. Bu kabi qilmish javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar sifatida baholanishi mumkin;

  1. o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatining yana bir muhim belgisi bu mulkdorga moddiy zarar yetkazishdir. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari barcha shakllarining sodir etilishida mulkdorga moddiy zarar yetkaziladi.

Moddiy zarar deganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazish (ijobiy) va boy berilgan zararlar (egri zarar) tushuniladi.
Ijobiy zarar (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan zarar) talon-toroj qilingan mulkning bahosi bilan aniqlanadi.
Boy berilgan zarar - talon-toroj qilingan mulkni foydalanishdan olishi mumkin bo‘lgan foyda hisobidan aniqlanadi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarida faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan zarar inobatga olinadi. Talon-toroj qilish natijasida yetkazilgan zararning miqdorini aniqlashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan zararning miqdor muvofiq keluvchi holatlar inobatga olinadi. Zararning miqdori amalga kiritilgan mulkning o‘rnatilgan bahosidan kelib chiquvchi talon-toroj qilingan mulkning bahosiga bog‘liq bo‘ladi.
Talon-toroj qilingan mulkning miqdorini belgilashda mulkning qiymatidan kelib chiqib, jinoyatni sodir etish vaqtida eng kam oylik ish haqi bilan taqqoslash asosida aniqlanadi.
Jinoyat predmeti bo‘lgan mulkning qiymatini aniqlashda uning mulkdor tomonidan qay yo‘sinda sotib olinganligiga qarab, jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan chakana, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Narx mavjud bo‘lmaganda va talon-toroj miqdori to‘g‘risida nizo kelib chiqqan hollarda, mulk qiymati ekspert xulosasiga asosan aniqlanadi1.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarida jinoyatning tugalla- nish vaqti mulkni egallash usuliga ko‘ra aniqlanadi. Shu bois barcha holatlarda (bosqinchilik va tovlamachilik bundan mustasno) tamomlangan qilmish uchun mulkning mulkdor qaramog‘idan olinishi va aybdor undan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish uchun haqiqiy imkoniyatga ega bo‘lishi zarur.
Qasd bir butun mulkni talon-toroj qilishga qaratilgan bo‘lib, uning muayyan bir qismi talon-toroj qilingan hollarda jinoyat tugallangan hisoblanmaydi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining sub‘yektiv tomoni faqat to‘g‘ri qasdda ifodalanadi. G‘arazgo‘ylik motivi barcha talon-toroj jinoyatlarining zaruriy belgisi hisoblanadi.
Tahlil qilinayotgan jinoyatlarning sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. Alohida hollarda, masalan, bosqinchilik (JK 164-m.), tovlamachilik (JK 165-m.), talonchilik (JK 166-m.) va o‘g‘irlik (JK 169-m.) jinoyatlari uchun shaxslar 14 yoshdan javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat kodeksi 167-moddasida (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bi­lan talon-toroj qilish) nazarda tutilgan jinoyatning sub‘yekti maxsus sub‘yekt belgisiga ega hisoblanadi. Shuning uchun ushbu jinoyatda sub‘yektning umumiy belgilarini aniqlash bilan birga, uning qonun normasida nazarda tutilgan qo‘shimcha belgilarini ham aniqlash shartdir.
Aytish kerakki, jinoyat qonunchiligida o‘zgalar mulkini talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik mulkiy munosabatlarga tajovuz qilish qanday usullar bilan sodir etilganligi holatlaridan kelib chiqqan holda baholanadi. O‘zgalar mulkini egallash, yashirin yoki ochiqdan-ochiq, zo‘rlik ishlatib yoki ishlatmasdan, aldash yoki ishonchni suiiste‘mol qilish va boshqa usullar bilan sodir etiladi.
Jinoyat qonuni o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishning quyidagi shakllarini farqlaydi. Ular:
1) bosqinchilik;
2) tovlamachilik;
3) talonchi­lik;
4) o‘zlashtirish yoki rastrati yo‘l bilan talon-toroj qilish;
5) firibgarlik
6) o‘g‘rilik.
Sanab o‘tilgan talon-toroj shakllari o‘zgalar mulkini talon-toroj qi­lish jinoyat tarkiblarini farqlovchi xususiyatlarga ega. Shuning uchun talon-toroj har qaysi shakllarining yuridik belgilarini aniq belgilash - jinoyatlarning to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishini ta‘minlaydi.
Talon-toroj qilish jinoyatlari bir-biridan ularni sodir etish usullariga ko‘ra farqlanadi va qonun chiqaruvchi aynan ushbu belgidan talon-toroj qilish jinoyatlarini shakllarga bo‘lib tasniflashda asosiy mezon sifatida foydalangan.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari talon-toroj qilingan mulklarning qiymatlaridan kelib chiqib, quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. ancha miqdorgacha zarar (eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor);

  2. ancha miqdordagi zarar (eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor);

  3. ko‘p miqdordagi zarar (eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor);

  4. juda ko‘p miqdordagi zarar (eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor).

Shu o‘rinda qayd qilish kerakki, Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlarning mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab mavqeini suiiste‘mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravarigacha miqdorda talon-toroj qilish ma‘muriy huquqbuzarlik tarkibini tashkil etadi.
Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganda ham, agar talon-toroj miqdori eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan oshmasa, ma‘­muriy javobgarlik kelib chiqadi. Bunday holda mayda talon-toroj necha marta sodir etilganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, qonunga ko‘ra o‘g‘irlik va firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning mulkini talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik talon-toroj miqdoridan qat‘iy nazar kelib chiqadi.
Talon-toroj miqdori jinoyat sodir etilgan kunda amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, shuningdek firibgarlik, o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish, agar jabrlanuvchiga ancha miqdordan kam bo‘lgan zarar yetkazilsa, mazkur turdagi qilmishlar talon-toroj jinoyatlarining asosiy tarkibini tashkil qiladi.
Ushbu qilmishlar natijasida, agarda jabrlanuvchilarga ancha, ko‘p, juda ko‘p miqdorda zararlar yetkazilsa, mazkur turdagi qilmishlarni jinoyat qonuni talon-torojlarning kvalifikatsiya qilinuvchi turlari sifatida nazarda tutgan.
Talon-toroj qilingan mulkning miqdorini belgilashda mulkning qiymatidan kelib chiqib, jinoyat sodir etish vaqtidagi eng kam oylik ish haqi bilan taqqoslash asosida aniqlanadi.
Jinoyat predmeti bo‘lgan mulkning qiymatini aniqlashda uning mulkdor tomonidan qay yo‘sinda sotib olinganligiga qarab, jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan chakana, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Narx mavjud bo‘lmaganda va talon-toroj miqdori to‘g‘risida nizo kelib chiqqan hollarda, mulk qiymati ekspert xulosasiga asosan aniqlanadi2.
Sud-tergov amaliyotida talon-torojning bir shaklini bir necha bor sodir etish natijasida ancha, ko‘p, juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish holatlarini ko‘rib chiqish uchrab turadi. Shu bois bu kabi qilmishlar umumiy yetkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqib baholanishi kerakmi yoki qilmish takroriylik belgisi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadimi, degan savolning tug‘ilishi tabiiy.
Bunday holatlarda aybdorning talon-toroj bir shaklini davomli jinoyat belgilari mavjud bo‘lgan holda bir necha bor sodir etishi natijasida, ancha, ko‘p, juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishi holatlari yagona qilmish kabi baholanadi. Agarda qilmishda ancha, ko‘p, juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilib, aybdorning yagona qasdi mavjud bo‘lmasa, qilmish takroriy belgi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish