O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Xufyona iqtisodiyotning xarajatlari



Download 1,44 Mb.
bet118/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

4. Xufyona iqtisodiyotning xarajatlari
Yuqorida aytib o‘tilganidek, qonunga bo‘ysunishning yuqori narxi va xufyona iqtisodiyotning katta o‘lchamlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Biroq xufyona rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar bilan bog‘liq. Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub‘ektlar boshqa xarajatlarni ko‘proq amalga oshirishadi – ular “xufyonalik narxi”ni to‘lashga majburdirlar. Xufyonalik narxi bir necha unsurlardan tarkib topadi.
Huquqiy sanksiyalardan bosh tortish bilan bog‘liq xarajatlar.
Daromadlar transferti bilan bog‘liq xarajatlar.
Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog‘liq xarajatlar.
Shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bog‘liq xarajatlar.
Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bog‘liq xarajatlar.
Nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari.


5. Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari
Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud bo‘lishi bilan shartlangan umuman iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar jumlasiga, birinchidan, xufyona xo‘jalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini kiritish lozim. Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Dastlabki iqtisodiyot” qondira olmaydigan talab xufyona iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha narsalarni hazm qiluvchi bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning barqarorlashtiruvchi roli oshkora iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tishda ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona sektorning katta o‘lchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar va jahon bozorlaridagi tangliklarni yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida xufyona sektor mehnatga haq to‘lash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni avvalgi darajada saqlab turishga qodir: xufyona korxona faoliyat ko‘rsatishining asosida ijtimoiy (oilaviy-qarindoshchilik, urug‘chilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash yotadi. Bunday qayta tiklash mantiqiga muvofiq ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yish – ijtimoiy aloqalarning buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan iboratki, neoklassik muvazanatga erishish o‘z parametrlariga ko‘ra neoklassik bozordan g‘oyat uzoqlashgan bozorga bog‘liq.
Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud bo‘lishi oshkora bozorga kirish xarajatlari yuqori bo‘lganligi tufayli unga talab bo‘lmay qolgan tadbirkorlik salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda oshkora tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va iqtidoridan hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada ko‘cha savdogarlari foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida marketing va narxni shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo korxonalarining siyosatiga qaraganda juda yaqin.
2017 yildagi hisobotga ko‘ra, Evropa Ittifoqining xufyonali iqtisodiyotiga qariyb 2,2 milliard dollar sarflangan. Foiz jihatidan Evropaning janubiy va sharqiy mamlakatlari an'anaviy ravishda eng katta xufyona iqtisodiyotiga ega (bu erda ularning YaIMdagi ulushi 20 dan 40% gacha), bu erda zamonaviy naqdsiz to‘lov texnologiyalari hali keng tarqalmagan. Bundan tashqari, qarzlar va moliyaviy-iqtisodiy inqirozning ortib borayotgan oqibatlari bilan, xufyonalar ostiga tushadigan pul miqdori ko‘paymoqda. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarning xufyonali iqtisodiyotlarining nisbiy hajmi kichikroq bo‘lishiga qaramay (Germaniyada - 14%, Frantsiyada - 11% va Shveytsariyada - atigi 8%), ularning xufyonasi iqtisodiyoti kattaroqligi sababli kam rivojlangan hududlardagi mos ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada oshib ketdi. 2018 yilda Rosfinmonitoring rasmiy hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada xufyona iqtisodiyoti hajmi YaIMning 20 foizini tashkil etdi, yiliga 20 trln rubl aylanmasi bilan.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish