O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish



Download 1,44 Mb.
bet27/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

2. Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
Valuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqi faqat O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki va u tomonidan vakolat berilgan boshqa O‘zbekiston Respublikasining banklariga berilgan. Bunday tartib davlatimizning pul birligini sotib olish imkoniyatining mustahkamlanishiga yo‘naltirilgan. Shundan kelib chiqib, mazkur jinoyatning turdosh o‘bekti davlatning iqtisodiyot asoslarini tashkil etadi.
Jinoyatning bevosita o‘bekti O‘zbekiston Respublikasida valuta operatsiyalarini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Jinoyat predmeti valuta qimmatliklari hisoblanadi.
Chet el valutasi, chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya va boshqalar), chet el valutasidagi to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar), har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho metallar (oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno), xom ashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar (olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shu­ningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasal­gan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan mustasno) valuta qimmatliklari hisoblanadi.
Shu bilan birga, purkalgan oltin va tish protezlarini yasashda ishlatiladigan qimmatli metallardan ishlangan qoliplar valuta qimmatlik- lariga kirmaydi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning o‘bektiv tomoni fuqarolarning qonunga xilof ravishda valuta qimmatliklarini olishlari va o‘tkazishida ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 8-sonli qarorining 4-bandiga muvofiq, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish deb, O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda valuta qimmatliklarini o‘rnatilgan tartiblarni buzgan holda sotib olish, sotish yoki almashtirish tushuniladi.
Valuta qimmatliklarini saqlash va tashish holatlari o‘zicha valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishni tashkil etmaydi.
Tayyorlovchi yoki buyurtmachiga qonuniy ravishda qarashli bo‘lgan, valuta qimmatligi hisoblanuvchi, qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlarining, yasama tishlar va boshqa maishiy buyurtmalarning tayyorlanishi, shu jumladan bunday narsalarning qimmatbaho metallar va toshlardan hamda ularning rezgilaridan iborat boshqa zar­garlik va maishiy buyumlardan tayyorlanishi valuta qimmatliklarini qo­nunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish sifatida baholanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunining 13-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslarning valuta boyliklari va ulardan foydalanishi quyidagi tartibda belgilanadi:
Jismoniy shaxslar:
o‘z mulkida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan, o‘tkazilgan yoki jo‘natilgan, O‘zbekiston Respublikasida olingan yoki sotib olingan valuta boyliklariga ega bo‘lishga;
vakolatli banklarda va ularning filiallarida chet el valutasida hisob-varaqlar ochish hamda omonatlar qo‘yishga;
bank hisobvaraqlarini ochgan holda yoki bunday hisobvaraqlarni ochmay turib xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirishga;
valuta boyliklarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazish, olib kirish va jo‘natishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan o‘tkazish, olib chiqish va jo‘natishga;
valuta boyliklaridan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda foydalanishga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi “Valutani tar­tibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunining 14-moddasiga muvo­fiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valutasini sotib olish yoki sotish quyidagi tartibda belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valutasini sotib olish va sotish:
yuridik shaxslar tomonidan vakolatli banklar orqali;
jismoniy shaxslar tomonidan vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shaxobchalari orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) qonunining 18-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar milliy valutada amalga oshiriladi.
Valuta qimmatliklarini sotish va sotib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-yanvardagi «Jismoniy shaxslarga xorijiy valutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1914-sonli qarori10 hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi «Vakolatli bank- larda jismoniy shaxslar bilan valuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 4/7-sonli qarori11 talablari asosida amalga oshiriladi. Ushbu normativ hujjatlarga muvofiq, respublikamiz hududida 2013-yilning 1-fevralidan e‘tiboran xorijiy valutani jismoniy shaxslarga sotish vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida naqdsiz ravishda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi vakolatli bankda o‘rnatilgan tartibda xalqaro to‘lov kartasini ochadi va xorijiy valutani sotib olish uchun vakolatli bankka shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, yashash guvohnomasi yoki harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet)ni, shuningdek valuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish uchun depozit hisobida milliy valutadagi zarur pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan shaxsiy plastik bank kartasini taqdim etadi.
So‘ngra vakolatli bank shaxsiy plastik bank kartasida milliy valu­tadagi pul mablag‘lari yetarli ekanligini tekshiradi, xorijiy valutani operatsiya amalga oshirilgan kuni belgilangan ayirboshlash kursi bo‘yicha xalqaro to‘lov kartasiga o‘tkazadi hamda jismoniy shaxsga xorijiy va­lutani sotib olganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi ma‘lumotnomani beradi.
O‘zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolaridan xorijiy valutani sotib olish vakolatli banklar tomonidan, qoida tariqasida, vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida, aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida, mehmonxonalarda, ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni belgilash boshqarmalari (bo‘limlari)da, shuningdek bojxona postlarida joylashgan ayirboshlash shaxobchalari orqali cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Markaziy bankning joriy yil 9 avgustdagi xabarida ichki valyuta bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlarning sabablari bayon qilingandi.
So‘nggi kunlarda ichki banklararo valyuta bozoridagi savdolarda kurslar o‘zgaruvchanligining o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, 2019 yil 20 avgustdagi birja savdolarida so‘mning AQSh dollariga nisbatan kursi 9384 so‘mni tashkil etdi.
Almashuv kursidagi bunday o‘zgarishlar valyuta bozorida mavjud talab va taklif nisbati hisobga olingan holda, kursni barqarorlashtirish maqsadida banklararo savdo sessiyalarida joriy kurs o‘zgarishlari diapazonining bekor qilinishiga olib keladi.
Avval xabar qilinganidek, so‘nggi oylardagi ayirboshlash kursi dinamikasi quyidagi omillar ta’sirida shakllandi.
Birinchidan, jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning oshishi va savdo mojarolarining kuchayishi, bu AQSh, Xitoy, yevrohududi va boshqa mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga olib keladi. 
Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarning moliya bozorlari, jumladan, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan davlatlar ushbu o‘zgarishlarga milliy valyutalar kursining o‘zgaruvchanligi va qadrsizlanishining kuchayishi orqali munosabat bildirmoqda. Ularning milliy valyutalari qadrsizlanishi darajasi inflyatsiyadan oldinda, bu so‘mning real qiymatda qadrlanishiga olib keladi.
Ikkinchidan, yuqoridagi omillar iqtisodiyotdagi investitsiya va kredit faolligining oshishi bilan bir qatorda, eksportning “qimmatlashishi” va importning jozibadorligi oshishi ko‘rinishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorlarda narx raqobatbardoshligining pasayishiga olib keladi.
Natijada, so‘nggi yillarda ichki valyuta bozorida talabning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.
Global iqtisodiy rivojlanish tendensiyasi fonida Markaziy bank almashuv kursining shakllanishiga tashqi omillar ta’sirini kuchaytirish ehtimolini istisno qilmagan.
Shu bilan birga, Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va tashqi shoklar ta’sirini yumshatish hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar balansini ta’minlash uchun bozor mexanizmlaridan foydalanadi.
Xususan, Moliya vazirligi bilan birgalikda inflyatsiya hamda almashuv kursiga qo‘shimcha bosimga olib keladigan, kreditlash va fiskal ekspansiya jarayonini bosib turish bo‘yicha kelishilgan harakatlar amalga oshiriladi.
Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida joriy yilning 20 avgustidan boshlab tijorat banklari valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd xorijiy valyuta sotishni boshladi.
Valuta qimmatliklariga nisbatan bo‘lgan egalik huquqi boshqa shaxsga qonunga xilof ravishda o‘tgan vaqtdan boshlab, jinoyat tugallangan deb topiladi.
Birinchi marotaba sodir etilgan ancha miqdordan oshmaydigan miqdordagi valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 170-moddasida belgilangan ma‘muriy javobgarlikka asos bo‘luvchi ma‘muriy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Ancha miqdordagi valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish shunday harakatlari uchun ilgari ma‘muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida sodir etilgan bo‘lsa, bunday hara­katlar Jinoyat kodeksi 177-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat deb hisoblanadi.
Agar shaxs ko‘p miqdordagi valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish maqsadida harakat qilgan bo‘lib, o‘zining bu maqsadini bir necha marotaba oz miqdordan valuta qimmatliklarini olish yoki o‘tkazish orqali bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa, u Jinoyat kodeksining moddasi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Chet el valutasining ancha, ko‘p va juda ko‘p miqdorda ekanligini belgilash masalasini hal etish tergov va sud organlari vakolatiga kiradi. Ular bu masalani hal etishda bitimlar amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valutasining O‘zbekiston Respublikasining pul birligiga nisbatan kursidan kelib chiqishlari lozim.
Tahlil etilayotgan jinoyatning sub‘yektiv tomoni to‘g‘ri qasdda ifoda­lanadi. Shaxs valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olayotganligini yoki o‘tkazayotganligini anglaydi va uni istaydi. Jinoyatning motiv va maqsadi qilmishning kvalifikatsiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Ko‘rilayotgan jinoyatning sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan aqli raso har qanday jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.
Qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi ikkinchi va uchinchi qismi bilan tavsiflashda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda ayb­dorning qilmishi aynan qanday belgisiga ko‘ra javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qaralayotganligi albatta ifodalangan bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda shuni inobatga olish kerakki, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishning takroran yoki xavfli retsidivist to­monidan ko‘p miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan, oldindan til birik­tirib, juda ko‘p miqdorda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfa­atlarini ko‘zlab sodir etilganligi jinoiy javobgarlikka, ya‘ni qilmishni Jinoyat kodesining 177-moddasi tegishli qismi bilan tavsiflashga asos bo‘ladi va shunday harakatlar uchun muqaddam ma‘muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi talab etilmaydi12.
Valuta qimmatliklarini bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish, firibgarlik, o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilish, shuningdek, valuta qimmatliklarida pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og‘dirish, tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish Jinoyat kodeksining faqat ana shunday jinoyatlar uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim, Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan qo‘shimcha tavsiflash talab qilinmaydi.
Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxonadan yashirib yoxud bojxona hujjatlari va vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, ko‘p miqdorda, juda ko‘p miqdorda xizmat lavozimidan foydalangan holda, chegarani buzib o‘tish yo‘li bilan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab valuta qimmatliklarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, keyinchalik ular bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida bitimlar (sotish, almashtirish) amalga oshirilganda bojxona qonunlarini buzish va valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish sifatida baholanishi va shu jinoyatlar majmui bo‘yicha tavsiflanishi lozim.
Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valuta qimmatliklarini olgan va keyinchalik ularni o‘tkazgan shaxsning qilmishi valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish sifatida tavsiflanadi.
Jinoyat kodeksi 177-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish