Topshiriqlar
7-mavzu
|
Mulkiy jinoyatlar, mulkni o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish
|
1. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish
Moddiy ne‘matlarni taqsimlash sohasini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi xavfliroq jinoyatlarni o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari tashkil qiladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish deganda huquqqa xilof ravishda o‘rnini qoplamasdan, g‘arazgo‘ylik niyatida mulkdorga zarar yetkazib, o‘zganing mulkini aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar foydasiga egallab olish yoki o‘tkazish tushuniladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining bevosita o‘bekti mulkini o‘zgaga tegishlilik huquqini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Shu bois mazkur turdagi jinoyatlarning predmetini o‘zganing mulki tashkil qiladi.
O‘zganing mulki deganda o‘zgaga tegishli bo‘lgan ashyolar, pullar va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi (qo‘lga kiritilishi, mulkni qo‘lga kiritish bilan teng bo‘lgan) hujjatlar tushuniladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarida mulk davlat, xususiy, aralash, ommaviy va boshqa mulk bo‘lishidan qat‘iyy nazar, u o‘zganing mulki deb baholanadi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, pasport, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma va boshqa) ko‘rsatilgan hollarda moddiy qiymatga ega bo‘lgan narsalar (poyezd, samolyot chiptasi va boshqa) talon-toroj predmeti bo‘la olmaydi.
O ‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining predmetini tavsiflovchi belgilar quyidagicha:
ijtimoiy jihatdan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflangan ashyo bo‘lishi;
iqtisodiy jihatdan talon-toroj qilingan mulk mulkdor uchun muayyan qiymatga ega bo‘lishi;
jismoniy jihatdan talon-torojning predmeti har doim moddiydir va moddiy olamning bir qismini tashkil etib, mulkning belgilariga ega bo‘ladi (ko‘chiriladigan yoki ko‘chirilmaydigan ashyo bo‘lishi);
huquqiy jihatdan aybdor uchun o‘zganing ashyosi hisoblanuvchi ashyoning bo‘lishi, ya‘ni aybdor ularga nisbatan na haqiqiy, na taxminiy mulk huquqiga yoki unga qonunan egalik qilish huquqiga ega bo‘lmagan, aybdorning ularga egalik qilishi, shubhasiz qonunga to‘g‘ri kelmaydigan ashyolar.
Bunday holatlarda aybdorning talon-toroj bir shaklini davomli jinoyat belgilari mavjud bo‘lgan holda bir necha bor sodir etishi natijasida, ancha, ko‘p, juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishi holatlari yagona qilmish kabi baholanadi. Agarda qilmishda ancha, ko‘p, juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilib, aybdorning yagona qasdi mavjud bo‘lmasa, qilmish takroriy belgi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |