4. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti funktsiyalari
Departament o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
1. Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarda debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, etkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish sohasida.
2. Yoqilg‘i-energetika kompleksida, ijtimoiy, bank-moliya, soliq, transport va qurilish sohalarida iqtisodiy jinoyatlar hamda korruptsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish sohasida.
3. Davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyutasi mablag‘larini g‘ayrihuquqiy ravishda chiqib ketishi, olib kirish va olib chiqish, ularning noqonuniy muomalasi, «xufyona iqtisodiyot» shakllanishining turli sxemalari va kanallarini aniqlash sohasida.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini samarali ijro etilishini ta‘minlash sohasida.
5. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalaga chiqarilishi bilan bog‘liq g‘ayrihuquqiy harakatlarga qarshi kurashish sohasida.
6. Iqtisodiy jinoyatlar va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarining vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida.
7. Iqtisodiy jinoyatlarga va korruptsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks tahlil qilish, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida.
8. Iqtisodiy va korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish sohasida.
Departament qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qaydlar uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |