O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,44 Mb.
bet28/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

3. Chet el valutasini yashirish
Chet el valutasini yashirish jinoyatining sodir etilishi natijasida respublikaning ichki valuta bozori barqarorligi sohasidagi manfaatlarga zarar yetkaziladi va valuta ayirboshlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni buzadi hamda davlatning valuta imkoniyatlari pasayishiga olib keladi. Shu bilan birga, chet el valutasini yashirish davlatimiz pul birligi barqarorligiga putur yetkazadi, tadbirkorlik faoliyati tarmoqlarini kreditga, resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish imkonini bermaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi budjeti uchun valuta mablag‘larini shakllantirish tartibini buzadi. Shundan kelib chiqib, ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning bevosita o‘bektini chet el valutasini muvofiqlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarining valutaga bo‘lgan ehtiyojlarini ta‘minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.
Jinoyat predmeti O‘zbekiston Respublikasida vakolatli banklar hisobvaraqlaridan ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan chet el valutasi; chet el davlatida erkin muomalada bo‘lgan va to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan banknot shaklidagi chet el valutasi; chet eldagi hisob raqamida turgan chet el valutasi yoki xalqaro pul birliklari hisoblanadi.
Valuta qimmatliklarini ushbu jinoyat predmeti deb topish uchun yana bir asos - bu ularning xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar hisobvarag‘iga O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklari tomonidan o‘tkazilishi shartligidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 2003-yil 11 dekabr yangi tahrirdagi qonunining 11-moddasiga muvofiq, chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar vakolatli banklar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, korxona, muassasa, tashkilotlarning valuta hisobvaraqlariga o ‘tkazilishi lozim bo ‘lgan chet el valutasi deganda quyidagilarni tushunish kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi norezidentlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqiga o‘tkazgan pullar, shuningdek, ularning ustav fondidagi ulushlari;

  • hisobvaraqlar egalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi valuta bozorida sotib olingan mablag‘;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsat etgan hollarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqiga olingan naqd xorijiy valuta; chet el valutasidagi foizlar va dividendlar; qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda - naqd chet el valutasi; hisobvaraq egasiga O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan o‘z hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pullar, shuningdek, amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa mablag‘ tushumlari.

Mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar chet el valutasidagi tushumni majburiy tartibda sotadilar. Korxonalar majburiy sotishni tovarlar va xizmatlar eksportidan olingan chet el valutasidagi tushumdan amalga oshiradi.
Jinoyat o‘bektiv tomondan respublikaning vakolatli banklaridagi hisobvaraqlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chet el valutasini yashirib qolishga qaratilgan faol harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi.
Chet el valutasini yashirish - bu chet el valutasidagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankida yoki boshqa vakolatli sub‘yektida saqlash majburiyatini bajarmaslikdan iborat bo‘lib, oddiy harakatsizlik, chet el valutasini xorijdan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankiga o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma bermaslik, bank hujjat­larini imzolamaslik, xorij valutasini xorijiy bankdagi hisob raqamida saqlash kabi yo‘llar bilan sodir etiladi. Shuningdek, xorijiy valutani yashirish faol harakatlar, masalan, uni boshqaga o‘tkazish, kelib tushgan foydani pasaytirib ko‘rsatish, mablag‘larni boshqa hisob raqamga o‘tkazish, yashirish kabilar orqali sodir etilishi mumkin. Naqd chet el valuta­sini yashirish deganda, olingan naqd mablag‘larni belgilangan muddatda xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirmaslik, tovar va mahsulot sotish joylarida tegishli tarzda buxgalterlik va boshqa hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan mablag‘lar mavjudligi tushuniladi.
Xorijiy valutani yashirish mablag‘larni bankdagi hisob raqamiga o‘z vaqtida o‘tkazmaslik yoki to‘liq o‘tkazmaslikda ifodalanishi mumkin.
Bankdagi hisob raqamiga o‘z vaqtida o‘tkazmaslik deganda amalga oshirilgan operatsiyalar natijasida olingan chet el valutasini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilmagan holda o‘tkazilishi tushuniladi.
Bankdagi hisob raqamiga to‘liq o‘tkazmaslik deganda amalga oshirilgan xo‘jalik faoliyati va boshqa operatsiyalar natijasida kelib tushgan xorijiy valutaning foizlar, dividendlar va boshqa daromad ko‘rinishida amalda olingan valuta mablag‘lariga muvofiq bo‘lmagan hajmda o‘tkazilishi tushuniladi.
Jinoyat chet el valutasi yashirib qolingan paytdan, ya‘ni uni vakolat berilgan banklardagi hisob varaqlarga o‘tkazish uchun belgilangan muddat tugagan paytdan yoxud chet el valutasi qisman o‘tkazilgan va qolgan summa yashirib qolingan paytdan e‘tiboran tugallangan hisoblanadi.
Sub‘yektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Agar korxona, muassasa yoki tashkilotda valuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs o‘z vazifasini lozim darajada bajarmaganligi tufayli chet el valutasi yashirib qolingan bo‘lsa, u muayyan holatlarda mansabiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.
Valutani bank hisobiga o‘tkazish muddatlarini ehtiyotsizlik oqibatida o‘tkazib yuborgan shaxsning harakatlari tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini ketirib chiqarmaydi.
Jinoyat sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan, qonunchilik va shartnoma bilan tashkilot, korxona va muassasalarda valuta operatsiyalarini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan har qanday shaxs hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda, barcha korxona, tashkilot va muassasalar, shuningdek, chet el investitsiyasi bilan tashkil etilgan korxonalar13 O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lishi, ya‘ni O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Chunki qonunchilikka mu­vofiq banklardagi hisob raqamga valuta mablag‘larini o‘tkazish majburiyati faqat yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga yuklatilgan.
Chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshiruvchi bankning vako­latli xodimlari, yuridik shaxs tashkil qilmasdan mustaqil mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ham ushbu jinoyat sub‘yekti hisoblanadi.
Chet el valutasini yashirish jinoyati soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish bilan amalga oshirilsa, shaxsning xatti- harakatlari Jinoyat kodeksining 177 va 184-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
O‘sha qilmish:
a) g‘arazgo‘ylik bilan;
b) takroran;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 178-moddasi ikkinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
G‘arazgo‘ylik natijasida chet el valutasini yashirish Jinoyat ko­deksining 178-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
G‘arazgo‘ylik deganda shaxsning chet el valutasini yashirish natijasida moddiy yoki boshqacha mulkiy yo‘sindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutulishga intilishda ifodalangan niyat tushuniladi.
Chet el valutasini yashirish faktini g‘arazgo‘ylik tufayli sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilish uchun aybdorda g‘arazli intilish Jinoyat kodeksi tegishli moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat sodir etilishidan oldin yuzaga kelganligini aniqlash zarur. Basharti aybdor valutani yashirgach, uni noqonuniy o‘zlashtirgan bo‘lsa, uning harakatini chet el valutasini yashi­rish sifatida (boshqa og‘irlashtiruvchi holatlar bo‘lmasa) jinoyatlar maj­mui tariqasida Jinoyat kodeksi 178-moddasining birinchi qismi hamda Jinoyat kodeksi 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bo‘yicha kvalifikatsiya qilish zarur.
Jinoyat kodeksi 178-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa kvalifikatsiya belgilari avvalgi normalarning tahlilida sharhlab o‘tilgan.
Agar chet el valutasini yashirish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksi 178-moddasining uchinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish