5. Tarmoqli marketing bilan moliyaviy piramida o‘rtasidagi farq
Tarmoqli marketing bu moliyaviy piramidami? MMM – MLM hammasi bir ma‘noni anglatadimi? Avon, Faberlic, Amway, Gano, Herbalife singari tashkilotlar firibgarlik tashkilotlarimi? Tarmoqli marketing qonuniymi? Niqoblangan moliyaviy piramida nima o‘zi? Yuqoridagi savollarga javobni quyidagi maqolani o‘qish orqali bilib olishingiz mumkin.
oliyaviy piramida (shuningdek investitsion piramida) – tuzilmadagi ishtirokchilarni doimiy pul mablag‘lari jalb qilinishi evaziga davomad bilan ta‘minlashga asoslangan firibgarlik yo‘li. Piramidaning dastlabki ishtirokchilari daromadi keyingi omonatchilar hisobiga to‘lab beriladi. Ko‘p hollarda ishtirokchilar olayotgan daromadi asl manbayi sir tutiladi va o‘rniga boshqa o‘ylab topilgan uydirmalar aytiladi yoki kam ahamiyatli qilib ko‘rsatiladi (Masalan, kriptovalyutalar birjasi, foreks birjasi, sport o‘yinlari, binar opsionlardan daromda olinadi deb ko‘rsatilishi mumkin). Aynan mana shu narsa esa firibgarlik sanaladi. O‘zbekistonda ushbu moliyaviy piramidaga misol tariqasida Ahmadboy ishi voqeasi bo‘lgan. Bundan tashqari Rossiyada Sergey Mavrodining MMM kompaniyasi yaqqol misol bo‘la oladi. Har ikkala holatda ham firibgarlik natijasida mablag‘lar yig‘ilgan va yakunda ko‘plab insonlar millionlab zarar ko‘rishgan.
Tarmoqli marketing (yoki ko‘p pog‘onali marketing, ingl. Multilevel marketing, MLM) – tovar va xizmatlarni mustaqil distribyutorlar (sotuvchi agentlar) orqali sotish konsepsiyasidir. Bunda har bir mustaqil agent o‘zi boshqa agentni taklif qilish huquqiga ega bo‘lib, u taklif etgan barcha agentlarning ro‘yxatdan o‘tishidan va agentlar tomonidan sotiladigan har bir mahsulot tushumidan foiz yoki bonus ko‘rinishida daromad olish imkoniga ega hisoblanadi.
Tarmoqli marketing biznesdagi samarali sotish mexanizmini yo‘lga qo‘yish uchun qo‘llaniladigan konsepsiya hisoblanadi. Bunda konsepsiyani qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsadga qarab loyihaning firibgarlik loyihasi yoki ishonchli loyiha ekanligiga baho berish mumkin. Chunki ko‘p hollarda tarmoqli marketingni ezgu maqsadda barchaga birday foyda keltirishi uchun emas, balki loyihaning haqiqiy egalari maksimal darajada foyda olgach, qolganlarni xonavayron qilish maqsadida tashkil qilinadi. Ayni shunday yomon niyatda tashkil qilingan loyihalar ko‘p bo‘lgani uchun ham tarmoqli marketing konsepsiyasini ko‘plab insonlar moliyaviy piramida bilan bir xil narsa deb hisoblashadi.
Aslida esa har doim ham unaqa emas. Ezgu maqsadda qonuniy tashkil qilingan biznes loyihalarda tarmoqli marketing faqatgina mijozlarga mahsulotlarni tezroq sotish usuli xolos. Unda agentlardan xuddi arzon ishchi kuchiday foydalaniladi. Bunda yakuniy xaridorga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish (direct marketing, direct selling) usuli qo‘llaniladi.
Tarmoqli marketing bilan moliyaviy piramida o‘rtasida qanday farqlar mavjud?
Ushbu savolga batafsilroq javob berish maqsadida tushunarliroq bo‘lishi uchun quyidagi jadval ko‘rinishida asosiy farqlarni ko‘rsatishga harakat qildik.
Avon, Faberlic, Oriflame, Amway, Herbalife singari tashkilotlar firibgarlik tashkilotlarimi?
Yo‘q bu tashkilotlar rasman faoliyat olib boruvchi, o‘z faoliyatlarida tarmoqli marketingdan samarali foydalanuvchi dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi tashkilotlari hisoblanishadi. Ularning bugungi kunga kelib yuzlab davlatlarda o‘z vakolatxonalari rasman faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tashkilotlarda agentlarni o‘qitish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab ishlar olib boriladi. Eng muhimi bu yerda olingan bilimlarni agentlar keyinchalik boshqa mahsulot va xizmatlara sotuvida ham qo‘llashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |