O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/362
Sana06.06.2022
Hajmi6,62 Mb.
#641680
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   362
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

Nazorat muhiti
deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rah-bariyatining xabardorligi, ichki 
nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi.
Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat: 
-
siyosat va boshqaruv uslublari; 


 
-
korxonaning boshqaruv tuzulmasi; 
-
direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik 
komiteti 
faoliyati; 
-
boshqaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari; 
-
nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit; 
-
kadrlar siyosati va amaliyot; 
-
tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati).
Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng katta ta’sir 
ko’rsatadi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki kommunikatsiya tizimini 
ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga 
yordam beradigan, byudjetlar tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi 
hisobotlardan foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi 
bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining kompetentliligi, xizmat 
vazifalarining taqsimlanishi, hujjatlarni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan 
aniqlanadi. Nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki 
nazorat tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’liq muammolari ichki 
nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez-tez almashtirib turilsa, bu hisob va 
nazorat funktsiyalari etarli tajribaga ega bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l 
qo’yadigan odamlar tomonidan bajarilishiga olib keladi. Shuning uchun ham buxgalteriya 
xodimlarining tez-tez almashtirilib turishi noxush fakt deb baholanadi.
Ichki nazorat tizimi samarali bo’lishi uchun funktsional mas’uliyatlar yoki xizmat 
vazifalarining etarli darajada taqsimlanishi juda muhimdir. Bu nazorat amallari samaradorligining 
muhim sharti hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat: 
-
xo’jalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etish. Bu vazifani xo’jalik muomalalarini 
rasmiylashtirish huquqiga ega xodimlar bajaradilar. Ruxsat etish ma’lum turdagi muomalalar 
(masalan, barcha turdagi sotish)ga taalluqli, umumiy, yoki maxsus (masalan, muhim aktivni 
sotishga ruxsat etish) bo’lishi mumkin.
-
xo’jalik muomalalarini ro’yxatga olish. Ko’pchilik korxonalarda xo’jalik muomalalarini 
yozish (hisob yuritish) va hisobot ishlari kompyuter yordamida bajariladi; 
-
xo’jalik faoliyatida korxona mablag’larining saqlanishini ta’minlash. Bunda korxonaga 
tegishli aktivlarga haqiqatda egalik qilish yoki ular ustidan nazorat o’rnatish nazarda tutiladi; 
-
schyotlarda aks ettirilgan summalarni va haqiqatda mavjud aktivlarni vaqti-vaqti bilan 
taqqoslab turish. Bu erda aktivlarni muntazam inventarizatsiya qilish va tafovutlar aniqlangan 
hollarda tegishli choralarni qo’llash tushuniladi.
Xizmat vazifalarining mos kelmasligi - bu shunday kombinatsiya bo’lib, unda xatoga yo’l 
qo’ygan yoki axborotni buzib ko’rsatgan xizmatchi o’zining oddiy faoliyati chog’ida bu faktlarni 
yashirishi mumkin. Vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, xizmatchilardan hech biri yuqorida 
sanab o’tilgan to’rtta funktsiyaning ikki yoki undan ortig’ini bajarmasligi lozim. Birinchi va 
to’rtinchi funktsiyalar boshqaruv, ikkinchi funktsiya hisob, uchinchisi esa saqlash funktsiyasi 
hisoblanadi. Bu funktsiyalarni turli shaxslar va bo’linmalar o’rtasida taqsimlash ikkita afzallikka 
ega.
1.
ishlarni muvofiqlashtirish (bitta xo’jalik muomalasining turli jihatlarini ko’rib 
chiqish) hisobiga ataylab qilinmaydigan xatolarni aniqlash va to’g’rilash osonlashadi.
2.
axborotlarni buzib ko’rsatish qiyinroq bo’ladi, chunki bu ikki yoki undan ortiq ishchi 
shaxslarning til biriktirishini talab etadi.
Nazorat qilib turish nazorat muhitining muhim elementi hisoblanadi. Korxonada hisob 
funktsiyalari va nazorat amallarini korxona xodimlari va kompyuter tizimi bajarishi mumkin. 
Menejerlar tomonidan bu funktsiyalar bajarilishi ustidan nazorat o’rnatilishini ta’minlash e’tiborga 
molik. Kreditlash bo’yicha menejerlar ishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi nazoratchi, masalan, 
debitorlar schyotlaridagi saldolarni nazorat schyoti ma’lumotlariga vaqti-vaqti bilan taqqoslab 
turishi mumkin. Bo’linmalar rahbarlari yoki nazoratchilari xizmatchilar tomonidan topilgan 
xatolarni tuzatishlari, shuningdek, korxonadagi hisob tizimiga taalluqli qarorlar qabul qilishi va 
ruxsat etishi mumkin. Nazorat o’rnatish boshqaruv nazoratining muhim vositasi va butun ichki 


nazorat tizimi faoliyat ko’rsatishining sharti hisoblanadi.
Tomonlar o’rtasida kelishilgan dastur bajaradigan ishlar (xizmatlar) hajmi va qiymatini 
aniqlashda asos bo’lib, quyidagi shakldagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi: 

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish