tovarlarni tayyorlash va tashib keltirish xarajatlari muomala sarflari
tarkibida (9411 saqlash va tashish xarajatlari schyoti) «Transport
xarajatlari» moddasi bo’yicha;
ombordagi tovarlar qoldigiga to’g’ri keladigan muomala sarflarining
summasi transport xarajatlarining o’rtacha foizi bo’yicha
9. Xarajatlarni va muomala sarflarini hisobga olish uslubi:
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini shakllantiradigan xarajatlarni
hisobga olish (2010, 2310, 2510) balans schyotlarida amalga oshiriladi.
to’liq bo’lmagan ishlab chiqarish tannarxi.
10. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash va hisobdan o’chirish
tartibi.
11. Kelgusi davr xarajatlarini hisobdan o’chirish tartibi:
bir tekisda;
mahsulot hajmiga mutanosib ravishda.
12. Boshqaruv va tijorat sarflarini tan olish tartibi:
hisobot yilida ular to’liq tan olinadi.
sotilgan va sotilmagan tovarlar (mahsulotlar) o’rtasida taqsimlanadi.
13. Kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun rezervlar yaratish tartibi.
14. Foydani taqsimlash va ishlatishni hisobga olish variantlari:
korxona maxsus maqsadlar uchun mo’ljallangan fondlar tashkil
qilmaydi.
sof foyda fondlarga taqsimlanadi.
Debitor va kreditor qarzlarni hisobdan o’chirish tartibi:
III. Hisob siyosatining soliqqa tortishga doir jihatlari.
1. Korxonada daromadni tan olish tartibi:
pul mablag’larining korxona hisob-kitob schyotiga yoki kassasiga
kelish me’yoriga qarab (kassa usuli)
haqiqatan mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va xaridorlarga hisob-
kitob hujjatlarini taqdim qilish me’yoriga qarab (hisoblash usuli)
2. Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)ga tortiladigan tovarlarni sotishda
ishlatiladigan moddiy resurslar bo’yicha QQSni alohida hisobga olish
tartibi.
3. QQSni hisoblash uchun xarajatlarni alohida (ajratib) hisobga olish
tartibi
IV. Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish) bilan tanishish
tartibi:
Bunday tartibda test sinovi o’tkazish auditorga eng avvalo, hisob siyosatining qaysi jihatlari
to’liq yoritilmagan-ligi va qamrab olinmaganligi to’g’risida xulosa qilishga yordam beradi.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobining u yoki bu usullarini mustaqil ishlab
chiqadigan bo’lsa, u holda auditor ularning buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlarda
belgilangan qoida va talablarga mos kelishini tek-shirishi lozim.
Hisob siyosatida ko’rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari xo’jalik yurituvchi
sub’ektning barcha tarkibiy bo’linmalarida qo’llaniladi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobi va
hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi hisob siyosati to’g’risidagi axborotlarga
ham bir xilda taalluqli bo’lishi lozim. Buxgalteriya hisobotiga berilgan tushuntirishlarning
korxonadagi haqiqatan foydalanilayotgan buxgalteriya hisobini yuritish usullariga nomuvofiqligi
aniqlanganida auditorlik hisobotining xotima qismida maxsus izohlar berilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: