7-MAVZU. AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA FIRIBGARLIKNI ANIQLASH
REJA:
1.
Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi
2.Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi
3.Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklar
4.Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning munosabati
Tayanch so’z va iboralar
: firibgarlik, xato, jiddiy va jiddiy bo’lmagan xatolar, mas’ul yoki
moddiy javobgar shaxslar, o’zlashtirishlar, o’g’irlik va kamomadlar, hujjatlarni soxtalashtirish,
firibgarlikni yashirish, chalg’itishlar, auditorlik riski va muhimlik darajasi.
1. Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi
Firibgarlik bu qalloblikni qo’llash bilan bog’liq oldindan bilib amalga oshirilgan harakatdir.
Firibgarlik moliyaviy hisobotini jiddiy o’zgartirib yuboradi. Noto’g’ri o’zgartirishning ikki turi
auditorlik xulosada firibgarlik sifatida ko’rib chiqiladi: a) aktivlarni noqonuniy o’zlashtirishni
noto’g’ri ko’rsatish natijasida yuzaga kelgan firibgarlik; b) moliyaviy hisobot tuzilayotganda
firibgarlik natijasida yuzaga kelgan noto’g’ri ko’rsatishlar. Firibgarlikni xatodan farqlalab turuvchi
jzihatlarini ataylab chalqashtrish. Auditorlar odatda o’z mijozlari kitoblarida moliyaviy xatolar
topishadi, ammo bu xatolar ataylab qilingan xatolar qatoriga kirmaydi.
Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirib olish natijasida yuzaga kelgan noto’g’ri ko’rsatishlar.
Tashkilot aktivlarini aybdor tomonidan ug’irlansa yoki noto’g’ri ishlatilsa aktivlarni noqonuniy
o’zlashtirish yuzaga keladi. Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirib olish
firibgarlikning asosiy
ko’rinishidir. Bunday firibgarlik kichik biznes korxonalariga nisbatan qo’llaniladi va odatda
ayibdorlar korxona xodimlari tarkibiga mansub bo’ladi. Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish turli
usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu firibgarlikka tushgan pullarni o’zlashtirib olish,
aktivlarni o’g’irlash kiradi. Bundan tashqari olinmagan tovar va xizmatlar uchun kompaniyani
to’lashga majbur qilish firibgarlikning bir ko’rinishidir. Odatda aktivlarni noqonuniy o’zlashtiirish
quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin.
-
Pul o’g’irliklarni qoplash uchun naqd pul olishga imkon bo’lish va hisoblar bilan noto’g’ri
ishlash imkoniga ega bo’lish;
-
Sohta kompaniyalar orqali naqd pullar to’lovini boshqarish;
-
Firibgarlikni yashirish maqsadida zaxiralar va boshqa aktivlarni o’g’irlash va
moliyaviy
hisobotlarni o’z manfaatida ishlatish. Noto’g’ri ko’rsatishlarning yuzaga kelishi, moliyaviy
hisobotni ataylab noto’g’ri ko’rsatish
Moliyaviy natijalarni ataylab o’zgartirish, tashkilotning moliyaviy ahvolini sohtalashtirish
moliyaviy hisobotning ataylab o’zgartirib ko’rsatishga kiradi.“The Great Salad Oil Swindle of
1963” ni auditorlik tekshirish moliyaviy aktivlarni ataylab noto’g’ri ko’rsatishga misol bo’la oladi.
Mazkur firibragalik ijrochisi aktsiyalar kotirovkasining o’sishi orqali o’zining mutonasib ravishda
boyiligini ortirishga intilgan. Ba’zida jinoyatchi shaxsiy manfaatin ko’zlamay, korxonani
inqirozdan qutqarish yoki boshqa salbiy moliyaviy natijalardan qutulish maqsadida moliyaviy
hisbotni ataylab o’zgartiradi. Moliyaviy hisobotning ataylab o’zgartrishning
uchta keng tarqalgan
uch usuli quydagilarni o’z ichiga oladi:
1. Hisob yozuvlari yoki xujjatlarni manipulyatsiya qilish, sohtalashtrish yoki o’zgartirish.
Berni Medoff Ponzi chizmasi.
Oldingi investorlar depozitlaridan olingan daromadni to’lash
uchun hozirgi investorlar depozitlari ishlatilganda Ponzi chizmasi yuzaga keladi. Bunda xech
qanday real investitsiyalar qilinmaydi. Agar oldingi investorlarga tegishli mablag’larni to’lash
uchun yangi investorlar qo’shilmasa yoki ularning depozitlari juda oz bo’lsa Ponzi chizmasi buzilib
ketadi. Ponzi chizmasi ikkita asosiy tamoyillarga asoslangan: ishonch va ochko’zlik. Potentsial
mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatish ishonch asosini tashkil qiladi. Ponzi chizmalarida
firibgarlikni amalga oshirgan kishi quyidagi holatlarda ishonchni qo’lga kiritadi: a) boshqalarning
bevosita haratkatlari, b) professional yoki boshqa ko’shilib kelishlar; v) o’zining
boshqalarga
qilingan ishoralari. Ochko’zlik investrlarga xos bo’lishi mumkin. Chunki ular odatda oddiy
foydadan ko’proq foyda oishga intilishadi. Shuning uchun ular o’z me’yoriy vazifalarini
bajarmaganda iishonch yo’qoladi. Medofffning chizmasida ishonch va ochko’zlik keng o’rin olgan.
2009 yil mart oyida Medoff 11 federal okrugida jinoyatda ayiblandi. Ayib shundan iborat ediki, u
farovonlik boshqaruv biznesni yirik Ponzi chizmasiga aylantirib, minglab investorlardan milliard
dollarni umarib oldi. Medoffninng gapicha, u Ponzi chizmasini 1990 yillarning boshida boshlagan.
Biroq tergovchilarning fikricha, firibgarlik 1909 yillarning boshida rivojlana boshlangan.
Uning
investitsion operatsiyalari xech qachon haqoniy bo’lmagan. Mijozlarning hisobida mavjud
bo’lmagan summa, shu jumladan olingan foyda deyarli 65 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2009 yil 29
iyun kuni Medoff 150 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Doff qonuniy brokerlik firmani boshqarib, ishonchga kirib oldi. U o’tgan davrda
NASDAKda raislik qilgan. U ko’p marta CNBCda chiqib, qimmatli qog’ozxlar industriyasi
to’g’risida gapirgan. Medoff investitsiyalarni rag’batlantirish maqsadida
investitsion hamjamiyat
bilan o’rnatgan aloqalaridan samarali foydalandi. U o’z kompaniyasiga investitsiya qilish g’oyasini
eng qo’lay imtiyozlar stifatida sotgan.
Medoff o’zining kitobidagi bitimlar chizmasini keltirgan. U o’z kitobini tekshirtirish
uchchun CPA firmani yodlaydi. Biroq bu firma faqat bir xodimdan iborat bo’lgan. CPA biror bir
vaqtda Medoff ofisiga kelganligi va biror bir marta jiddiy audit o’tkazganligi haqida xech qanday
dalillar mavjud emas. Biroq investorlar xech qachon bunday auditorlik hisobotlarni talab qilmagan.
Bu ularning ochko’zligi bilan ham izohlanishi mumkin. Investorlar o’zlarining omadli shaxs
ekanligiga ishonch qilib, investitsiyalardan ko’p daromad oishga o’rganib qolishgan edilar. Shuning
uchun uldar Medoffga ishonib, undan tashqi audit to’g’risida xech qandayq xujjat talab qilmas
edilar.
Bu narsa isbotlanmagan bo’lsa ham, Medoff taslim bo’lib, barcha ayiblarini o’z bo’yiniga
olmoqchi bo’lgan. Chunki investorlardan biri rus mafiyasi bilan bog’liq bo’lgan. Medoff o’z
farzandlari va o’zining hayotidan havfsiragan edi. Medoff bugungi
kunda federal kamoqxonasida
bir umrga jazoni o’tamoqda. Uning bir o’g’li firibgarlik fosh qilingandan so’ng o’z hayotiga kasd
qildi. Firibgarlik jarayonida PCAOB Medoffning xedj-fondi PCAOBda ro’yxatdan o’tgan
auditorlar firmalari tomonidan tekshirilishini talab qilmagan. Bedoffning firibgaroligidan so’ng
Kongress PCAOBga ro’yxatdan o’tgan SEC- brokerlar va dilerlarni tekshirishga ruxsat bergan.
1. Ahamiyatli bo’lgan voqelik, operatsiyalar va boshqa ahamiyatli bo’lgan holatlarni
noto’g’ri ko’rsatish.
2. Buxgalterlar tomoyillarini ataylab noto’g’ri qo’llash.
Do'stlaringiz bilan baham: