O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


AUDITI  Takrorlash uchun savollar



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/362
Sana06.06.2022
Hajmi6,62 Mb.
#641680
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   362
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

AUDITI 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Moliyaviy natijalarni audit qilishda foydalaniladigan asosiy me’yoriy hujjatlarni keltiring? 
2.
Xarajatlarni audit qilish qanday tashkil etiladi? 
3.
Ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga kirtiladigan 
xarajatlarni to’g’ri aniqlashni qanday tekshiriladi? 
4.
Operatsion daromadlar va xarajatlarni shakllantirishni to’g’ri tekshirish qanday amalga 
oshiriladi? 
5.
Realitsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni tartibini tekshirish qanday amalga 
oshiriladi? 
6.
Korxonalar faoliyati moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydaning ishlatilishi qanday 
tekshiriladi? 
7.
Xarajatlar, Tushumilar va realizatsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni audit qilishda 
qaysi hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi? 
8.
Korxonada ishlaydigan xodimning ukasi yoki singlisining ta’lim olishi uchun oliy o’quv 
yurtiga o’tkazilgan mablag’lar xodimning daromadi hisoblanib, ularga soliq solinadimi? 
9.
Korxona o’zining xodimi uchun sanatoriy-kurortda davolanishga yo’llanmalar xarid qiladi 
yoki ularning ambulatoriyada davolanishlariga haq to’laydi. Ushbu summalar uning daromadi 
hisoblanadimi, ularga daromad solig’i va yagona ijtimoiy to’lov hisoblab yozilishi kerakmi? 
10.
Korxona o’z mahsulotini xodimlariga tannarxidan past baholarda sotishi mumkinmi?
11.
9000, 9600 "Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlar" va "Moliyaviy 
faoliyat bo’yicha xarajatlar" schyotlarining analitik hisobini tekshirish tartibini qanday amalga 
oshiriladi? 
12.
Xususiy firma umumiy ovqatlanish bilan shug’ullanadi (oshxona). Jamoa oila a’zolaridan 
iborat. 2011 yilda unga yaqin yo’l ta’mirlanishi sababli tushum faqat soliqlarni to’lashga etdi. 
Xodimlarning ish haqi bo’yicha qarz hosil bo’ldi. Ular ushbu qarzni firma foydasiga qoldirishga 
rozilar. Qanday qilib provodkalarni o’tkazish va jismoniy shaxslarning daromadlarini soliq 
hisobotida aks ettirish kerak? 
13.
Sud qarori bilan undirilgan (shartnoma shartlarining buzilgani uchun) va korxona (YAST 
to’lovchisi) hisobraqamiga kelib tushgan jarima tarzidagi pul mablag’lari (850,0 mln so’m) biz 
uchun realizatsiya hisoblanadimi yoki daromadmi? Ular buxgalteriya yozuvlarida qanday 
ifodalanadi?
14.
Xususiy korxona soliqlar va to’lovlar to’langanidan keyin qolgan foydani tasarruf qilishi, 
o’z xohishiga qarab hisob-kitob raqamida bo’lgan mablag’larni o’zi va uchinchi shaxslar (masalan, 
qarindoshlari) uchun avtomobil, uy-joy xarid qilishgan yo’naltirishi mumkinmi? Buni hadya qilish 
deb hisoblasa bo’ladimi? Ushbu operatsiyalarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i 
solinadimi? Qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi va ular qaerga taqdim etiladi? Agar korxona QQS 
to’lovchi bo’lsa, buni buxgalteriya provodkalarida qanday aks ettirish kerak?
 
15.
Korxonamiz YAST to’lovchisi hisoblanib, 2011 yilda balansdagi asosiy vositalarni (bino, 
dastgoh va boshqalar) jismoniy shaxslarga ijara shartnomasi asosida ijaraga berganmiz. Operativ 
ijaraga berilgan mulklar bo’yicha operatsiyalar korxonamiz hisobotida qay tarzda aks ettiriladi? 
16.
Korxona qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy quruvchi 
jismoniy shaxslar olgan ipoteka kreditlari uchun to’lovlarni "Qishloq qurilish bank" ATBga 
ularning ish haqidan yo’naltirsa, ushbu summalardan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga 
sug’urta badali (4,5%), yagona ijtimoiy to’lov (25%) va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig’i ushlab qolinishi kerakmi? 
17.
Xodim o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shaganda unga ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanishi 
shartmi yoki to’lanmasa ham bo’ladimi va bu qaysi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi? 
18.
Korxonada bir necha yil ishlagan xodim yillik mehnat ta’tillaridan foydalanmagan holda 
ishdan bo’shab ketib, ma’lum bir vaqtdan keyin yana ishga qabul qilinsa, ilgarigi foydalanilmay 


 
qolgan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya talab qilishga haqlimi va buni korxona to’lab 
berishi lozimmi? 
19.
Vakillik xarajatlari me’yorlashtiriladimi, ular uchun qanday me’yor belgilangan? 
Masala. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini 25 
645,4 ming so‘mga 100 foizli oldindan to‘lov sharti bilan sotgan. Ushbu sotilgan mahsulotning 
tannarxi 27 535,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Yuqoridagi muomalalar korxona buxgalteri 
tomonidan quyidagicha buxgalteriyada hisobga olingan: 

T/r 
Xo‘jalik operatsiyasi
mazmuni 
So‘mma, 
ming so‘mda 
Schotlar
Korresponden- 
siyasi 
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar 
Debet 
Kredit 

Mahsulot uchun oldindan to‘lov 
kelib tushdi 
25 645,4 
6310 
5110 
Hisobraqamdan 
ko‘chirma 

Sotilgan mahsulotning haqiqiy 
narxi hisobdan chiqarildi 
27 535,6 
2810 
9110 
Yukxati, hisobvaraq-
faktura 

Mahsulot sotilishidan tushgan 
daromad aks ettiriladi 
25 645,4 
9010 
4010 
Buxgalteriya hisob-
kitob-ma’lumotnomasi 

Avans to‘lovini hisobga olinishi 
aks ettiriladi 
25 645,4 
4010 
6310 
Olingan bo‘naklar 
hisobining qaydnomasi 

Realizatsiya bo‘yicha moliyaviy 
natija aks ettiriladi (9110 va 9010 
schotlarining yopilishi) 
27 535,6 
25 645,4 
9110 
9910 
9910 
9010 
Olingan bo‘naklar 
hisobining qaydnomasi 

YAST hisoblandi 
1 376,78 
6410 
9820 
Buxgalteriya hisob-
kitobi 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib 
auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. “ALSCOM” kompaniyasida 2012 - yil bo‘yicha quyidagi moliyaviy natija 
aniqlangan. Kompaniyaning soliqqa tortilgunga qadar foydasi 2500 000$ ni tashkil etgan. 
Buxgalteriya hisoboti bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori 100 000$, soliq hisoboti 
bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori esa 120 000$ ni tashkil etadi. Kompaniya bank 
kreditidan foydalanganligi uchun, bankka 50 000$ miqdorida foiz to‘lovlarini to‘lagan. Markaziy 
bank tomonidan o‘rnatilgan foiz stavkasi bo‘yicha foiz xarajatlari 40 000$ ni tashkil etadi Soliq 
stavkasi 10% Kompaniya 2008 - yil uchun budjetga 25 000$ daromad solig‘i to‘lagan . 
Talab qilinadi:
1.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini 
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
2.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim 
Masala. OAJ umumbelgilangan tartibdagi soliq to‘lovchi hisoblanadi. Jamiyat tarkibida mustaqil 
balansga va alohida hisobraqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanuvchi 8 ta sho‘ba korxona 
mavjud. Auditorlik tekshiruvi jarayonida mijoz-korxona tomonidan auditorlarga quyidagi masalalar 
bo‘yicha amaliy maslahatlar berish talab etildi. 
Shu’ba korxonalar yil yakuni bo‘yicha jamiyatga topshirgan balanslari yig‘ilgan holda 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida olingan sof foyda taqsimlanadi. Sof foydaning dividend 
uchun yo‘naltirilgan qismi aksiyadorlarga (yuridik va jismoniy shaxslarga ) egalik qilayotgan 
aksiyasiga qarab taqsimlanadi, taqsimlangan dividend uchun dividend solig‘i kim tomonidan, 
qanday tartibda to‘lanadi? 


 Quyidagi qayd etilgan ko‘rsatkichlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning (2-son 
shaklning) qaysi satrlarida aks ettiriladi:
a) jamiyatni saqlash uchun sho’ba korxonalaridan kelib tushgan to‘lovlar (daromadlar); 
b) sho’ba korxonalarimiz tomonidan bizning hisobraqamga o‘tkazilgan dividendlar;
v) sho’ba korxonalarimiz tomonidan korxonamiz hisobiga o‘tkazib berilgan to‘lovlar hisobidan 
amalga oshiriladigan korxonani boshqarish va boshqa maqsadlardagi xarajatlar.
Talab qilinadi:
1.
Auditorlar tomonidan OAJ buxgalterlariga yuqoridagi masalalar bo‘yicha qanday amaliy 
tavsiyalar yoki maslahat-tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim? 
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
Masala. Chakana savdo korxonasi 10 to‘plamdagi oshxona servizini har bir to‘plam uchun 
750 ming so‘m narx bo‘yicha sotdi. Bir to‘plam servizning xarid qiymati - 650 ming so‘mni tashkil 
qilgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar buxgalteriya hisobida 
quyidagi tartibda aks ettirilgan: 
T/r 
Xo‘jalik operatsiyalari- 
ning mazmuni 
So‘mma, 
ming so‘m 
Hisobvaraqlar 
korrespondensiyasi 
Yozuvlarni 
tasdiqlovchi 
hujjatlar
 
Debet 
Kredit 
1. 
Sotilgan servizlarning tan-
narxi hisobdan chiqarildi 
6 500 
9220 
2820 
Kassa 
kirim 
orderi, 
buxgalteriya 
hisob-
kitobi 
2. 
Servizlarni 
sotishdan 
olingan daromad aks ettirildi 
6 500 
5110 
9120 
Kassa kirim orderi 
3. 
Sotilgan servizlar bo‘yicha 
savdo ustamasi hisobdan 
chiqarildi 
2 000 
2880 
9220 
Buxgalteriya 
ma’lumotnoma-hisob-
kitobi 

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish